O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 223.11 Kb. Pdf ko'rish
|
adabiyot darsdarida korgazmalilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar: prof. S. Matjonov f.f.d., N. Murodova
- Taqrizchi: p.f.n. X.Qurbonova.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI SUYUNOV HUSNIDDIN pedagogika fanlari nomzodi Mavzu: Adabiyot darslarida ko`rgazmalilik.
Taqrizchilar: prof. S. Matjonov f.f.d., N. Murodova p.f.n., X. Qurbonova Navoiy – 2014 Mavzu: Adabiyot darsdarida ko`rgazmalilik. Reja: 1. Adabiyot darslarida ko`rgazmalilikning vazifalari. 2. Ko`rgazma turlari. 3. Ko`rgazmali qurollardan darsda foydalanish metodikasi. 4. Ko`rgazmalilik bilan bog`liq savol va topshiriqlar.
Kirish Ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda maktab adabiy ta’limining imkoniyatlari katga bo`lganligi uchun ham istiqlolga erishilgan kundan boshlab asosiy e’tibor uning samara beradigan usullarini ishga solishga qaratildi. I. A. Karimov o`zbek xalqi bilan jahondagi boshqa xalqlarning ma’naviy-madaniy qadriyatlari o`rtasidagi uyg`unlik, ularni bir-biriga zid ko`yish mumkin emasligi haqida gapirib, shunday degan edi: "Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o`rganib, o`z zaminimizga tatbiq etish lozim. Shu bilan birga milliy o`ziga xosligimizni, asrlar sinovidan o`tgan an’analarimizni, hamisha iymon-e’tiqod bilan yashash kabi hayotiy tamoyillarimshni ham saqlab, yuksaltirib borishimiz zarur". Jahon fani
va madaniyati taraqqiyotiga mislsiz
hissa qo`shgan bobokalonlarimizning ma’naviy merosini mustaqil O`zbekistonning kelajagi bo`lmish o`quvchi yoshlarga adabiyot mashg`ulotlarda singdirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu ishni amalga oshirish ko`proq adabiyotning zimmasiga tushadi. Shuning uchun ham " adabiyot o`qitishning bosh maqsadi sog`lom, e’tiqoddi, o`zga insonning tuyg`ularini anglaydigan, o`tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan etuk, o`z xatti-harakatlariga mas’ul bo`la oladigan komil insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishdan iboratdir",— deb aloxida ta’kidlanadi. "Umumiy o`rta ta’limning "Adabiyot" o`quv dasturi"da. Komil shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ota-bobolarimizning ulkan madaniy-ma’rifiy meroslari insonning o`zligini anglashi, o`z-o`zini tarbiyalashini taqoza etadi.
Asrlar davomida millatimizning faxri bo`lgan shoir va yozuvchilarimizning asarlari axloq-odob, ta’lim-tarbiya sohasidagi beqiyos meroslarini targ`ib qilishda ko`rgazmalilikdan samarali foydalanish bugun amalga oshirilishi zarur bo`lgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bashariyat axloqiy tafakkur xazinasiga ulkan hissa ko`shgan bu adiblarimiz asarlarini o`rganib, ulardan o`quvchilar ma’naviyatini shakllantirish va takomillashtirishda unumli foydalanish zarur. Chunki yozuvchi asarlarida mehr-oqibat, axloq-odob, halollik, poklik, do`stlik, ota-ona va farzandlarning burch hamda huquqlari o`z ifodasini topgan. Bu insoniy tuyg`ular yosh avlod qalbiga etarli darajada singdirilgan taqdirdagina uning ma’naviy kamolotini ta’minlash mumkin. O`quvchilarda bunday e’tiqodni yuzaga keltirish uchun esa "Adabiyot" darslarida hamda sinfdan tashqari, mustaqil o`qish va to`garak mashg`ulotlarida yozuvchi hayoti va ijodini ko`rgazmalilik asosida o`rgatish katta samara beradi.
Adabiyot darslarida ko`rgazmalilikning vazifalari, turlari va foydalanish metodikasi. Badiiy adabiyot borliqni jonli manzaralarni, obrazlar orqali aks ettiradi. Tabiatiga ko`ra adabiyotning o`zi borliqning ko`rgazmali tasviridan iborat. Ammo adabiyot darslarida san’atning boshqa turlari: Texnika vositalaridan kompyuter, videoproektor, kino, televideniya, musiqa, tasviriy san’at ham yordamga kelishi mumkin. Bular adabiyot darslariga qo`shimcha axborot manbasi bo`lib xizmat qiladi, o`quvchilarda estetik tuyg`ularning shakllaniishi va rivojiga imkon beradi. Shuningdek, adib yaratgan obrazlarning o`quvchi ongida yanada puxtaroq muhrlanishiga yordam beradi. Hozirgi paytda turli kinoapparatlar, televizor, epidiaskop, kompyutep va.b. har bir maktabda ham , har bir xonadonda ham deyarli mavjud. Bularnnng hisobiga ko`rgazmali qurollar doirasi yanada kengayadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki ko`rgazmalilikdan darsda va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish bir-biridan o`z xarakteriga ko`ra jiddiy farq qiladi hamda boshqa-boshqa maqsadlarni ko`zda tutadi. To`garak ishlarda, fakultativ mashg`ulotlarda olib boorish mumkin. O`qituvchi masalan, o`quvchilarning san’atining muayyan turi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish yoki
o`quvchilarni biror tasviriy san’at, musiqa asari, tele yoki kino film bilan tanishtirish vazifasini qo`yishi mumkin. Bu albatta o`quvchilarning adabiy asarlarni o`zlashtirishga muayyan darajada ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Adabiyotning boshqa san’at turlari bilan o`zaro ta’siri bir xil bo`lmasa-da, o`quvchilarning kino, teatr, musiqa, tasviriy san’at haqidagi tajribalari ularning adabiy jihatdan kamolotlarida jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Darsda esa ko`rgazmalilik o`quvchilarning aksari o`zlashtirishiga yordam bera oladigan darajadagina qo`llanishi mumkin. Aks holda u birinchi rejaga chiqib, asosiy mavzu orqa rejada qolishi mumkin. Adabiyot darslaridagi ko`rgazmalilikning bosh vazifasi o`quvchilarga adabiy asarni idrok etishda ko`maklashish, yozuvchi ijodini to`laroq tasavvur etishga yordamlashish adabiy-nazariy tushunchalarni egallashga qo`shimcha imkon yaratish, o`quvchilar nutqini o`stirishni ta’minlashdan, bir so`z bilan aytganda adabiyot o`qituvchisi oldida turgan barcha vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iborat. Bu xususiyat har bir aniq holatda turli xususiyatlarga ega bo`lishi mumkin. Ko`rgazmalilikdan foydalangandagina darslarda shartli
ravishda o`quvchining passiv yoki faol ishtiroki haqida gapirish mumkin. Agar ko`rgazmali qurol o`quvchi faolligini ijobiy ta’sir ko`rsatmasa undan foydalanmagan ma’qul. Gap o`tmish adabiyoti, yohud chet el hayoti bilan bog`liq asarlar ustida boradigan bo`lsa, ko`rgazmalilikning ahamiyati yanada ortadi. Zero o`quvchi xira tasavvur qilgan yoki mutlaqo tasavvurga ega bo`lmagan voqea va hodisalar haqida ko`rgazmalilik tufayli yorqinroq va aniqroq bilim va tasavvurlarga ega bo`ladi. Unday paytda o`qituvchining izohi kamlik qiladi. Ana shu ko`rgazmalilik to`ldiradi. Ko`rgazmalilik o`qituvchi nigohida ham mavjud. Garchi bunday holatlarda o`quvchida passivlik sezilsa-da, ammo bu ko`rgazmalilikning rolini mutlaqo pasaytirmaydi. Ammo shunisi muhimki, ko`rgazmalilik vositasida o`quvchi faol muloqotga, suhbatga, faol fikrlash darajasiga yetsin. Ko`rgazmalilik adabiy jarayon, hodisa yoki obrazning muayyan qirralarini ochishga yordam bersagina shunday bo`ladi. Bir asarga turli rassomlar chizgan suratlar vositasida o`quvchi faolligini ta’minlash mumkin. Bunday ishlar qahramonlar xarakterini chuqurroq anglashda, asarda tilga olingan davr hodisalarini yorqinroq tasavvur qilishda yordam beradi. Masalan, Alisher Navoiy "Xamsa" sini o`tishda dostonlarga ishlangan qadimiy miniatyuralar hamda hozirgi zamon rassomlari asarlaridan foydalanish mumkin. Ular asosida, masalan "Layli va Majnun» yoki "Farhod va Shirin " dostonini syujet yo`nalishi, qahramonlar xarakteridagi murakkabligini o`quvchilar yorqinroq tasavvur etishi mumkin. O`quvchilar bilim faoliyatini oshirish va faollashtirishda ularni o`zlarini ko`rgazmali qurollar yasashga jalb etish ham samarali bo`ladi. Xususan she’riy
vaznlarni belgilashda, adabiy tur va janrlarni ajratishda o`quvchilarning o`zini ham bunga jalb etish mumkin. Bu o`quvchilardagi muayyan bilimlarni mustahkamlashda ham qo`l keladi. Demak, ko`rgazmalilikning vazifalari nihoyatda xilma-xil bo`lishi mumkin. Hozirgi paytda ko`rgazmalilikning turlari nihoyatda xilma-xildir: illyustrativ-badiiy hamda grafik (chizma) materiallar, gramofon yozuvi va radioeshittirishlar, kinofilm va o`quv filmlar, televizion darslar, slaydlar v.h. Ularning har biri ko`rish, eshitish, sintetik shakldosh ko`rgazmalilikka tegishli bo`lishi mumkin. Ayniqsa ko`rish bilan bog`liq bo`lgan ko`rgazmalilikning ahamiyati kattadir. Bunga yozuvchi va shoirlarning portretlari, asarlarga illyustrastiyalar, yozuvchi (adib) hayoti va ijodiga aloqador bo`lgan joylar fotografiyasi, yoki yozuvchiinng hayoti bilan bog`liq fotosuratlar, v.b. kirishi mumkin. Har holda eng kamida darslik va darslik majmualardagii rasm namunalari shu vazifani bajarishi mumkin. Ishda albatta hajmi qo`shimcha texnik vositalardan foydalalish ham qulaylik tug`diradi. Otkritka ko`rinishidagi rasmlardan tarqatma material sifatida foylalanish mumkin. Uning qulayligi shundaki, bu holda har bir o`quvchining qobiliyati va imkoniyatini ham nazarda tutish mumkin bo`ladi. Yozuvchi hayoti va ijodini o`rganishga doir albomlarda tasviriy san’at asarlaridan namunalargina emas, yozuvchining o`zi va zamondoshlari aytgan fikrlar, xatlardan namunalar bo`lishi mumkin. Tasviriy va hujjatli materialning bir xildagi birlashuvi albomlardan darsda ham, sinfdan tashqari ishlarda ham, yakka mashg`ulotlarda ham foydalanish imkonini beradi. Diafilm va diapozitivlar ham asosan va shunga yaqin pedagogik vazifalarni bajaradi. Har xil jadval va sxemalar ham o`quvchilar bilimini mustahkamlash bilan birga ularning adabiy-estetik rivojlanishlarida omil bo`lishi shubhasizdir. Tinglash bilan aloqador ko`rgazmalilik ham alohida mavqega ega. Asarni,
xususan she’riy asarlarni to`liq tushunish va hazm qilish uchun adib yaratgan tovushni obrazlarni eshitish, his qilish va baholash ham nihoyatda beqiyos ahamiyatga molik. Oybek, H.Olimjon, E.Vohidov, A.Oripovlarning tovushlari yozilgan disklar, A.Navoiy, Bobur, Ogahiy, Muqimiy, Furqat she’rlari bilan aytiladigan ko`shiqlar plastinka va disklar butun o`rgatuvchilarimiz ko`p qiyinchiliksiz topishi mumkin bo`lgan va amaliyotga ko`p qo`llaydigan manbalardir. Musiqa va badiiy-ifodali o`qish adabiyot o`qitish jarayonida o`qituvchilar faolligini oshirishda katta ijobiy rol o`ynaydi. Disklarning adabiyot darslaridagi zaruriyati ba’zan nihoyatda ochiq seziladi. Masalan, quyi sinflarda ertak va dostonlarni, xalq qo`shiqlarini faqat eshitish emas, balki xalq baxshilari, laparchilari, qo`shiqchilarining ijrosini kuzatish ham maroqli va ta’sirliroq bo`ladi. Ammo ko`rgazmalilikning asosiy narsa emas, balki "ikkinchi darajasi" material ekanligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Gap shundaki, har qanday sifatli va zamonaviy texnik vositalar ham bevosita muloqot nuqtai nazaridan o`qituvchi nutqining o`rniga teng kelolmaydi. O`qituvchi o`zi matnni o`qishida istagan vaqtda uni o`ziga, tegishli zaruriy izoh va tushuntirishlar berishi, o`quvchilardan so`rashi mumkin. Bugina emas o`qituvchi va o`quvchilarning ifodali
o`qishi mutlaqo boshqacha samara beradiki, buni aktyor yoki profissional ijrochi tomonidan amalga oshirilgan harakat natijasida erishishi mumkin emas.
Aktyor ijrosi ko`pgina ustunliklarga ega, ammo u o`qituvchi va o`quvchi o`qishini siqib qo`yadigan yoki chegaralaydigan bo`lsa, buning oqibatida o`quvchining ijodiy-ijrochilik qobiliyati susayib ketishi mumkin.
Demak, har qanday ko`rgazmalilikda bo`lgani singari, eshitish bilan bog`liq ko`rgazmalilikda ham o`qituvchi tegishli pedagogik va metodik talab va me’yorlarga amal qilishi shartdir. Ko`rgazmalilikning sintetik vositalari. Kompyuter, kino va televideniyaning imkoniyatlari nihoyatda katta. Uni maxsus izohlashga zarurat yo`q. Unda ham ko`rish ham eshitishi ko`rgazmaliligi
mavjudki, ular obrazlarning makon va zamonda qayta gavdalantirishi bilan adabiy voqealikning asl holiga ancha yaqin manzarali yarata oladi. Shuning uchun ham ulardan o`quv maqsadlarida foydalanish imkonlari ham kelajagi ham katta. Ammo ulardan foydalanishning murakkabliklari ham kam emas. Xususan, teleko`rsatuvlar muddati va davomiyligi tabiiyki o`qituvchiga mutlaqo bog`liq emas. Til va kino senariylar orasida yozuvchi tarjimai holi (A.Qodiriy, Cho`lpon, Uyg`un. ) bilan bog`liqliklari, ekranlashtirilgan asarlar («O`tgan kunlar», «Temir xotin») v.b. mavjud. Tabiiyki ularning ko`pi bir necha qismlardan iborat. O`qituvchi ularning hammasidan emas, balki, bevosita dars maqsadi va vazifasiga bog`liq qismlargagina foydalangani maqsadga muvofiq bo`ladi. Adiblar yashagan joylar bilan bog`liq (A.Yassaviy, A.Navoiy, Boburni) kinoekskursiyalardan ham shu xilda foydalanish o`rinli bo`ladi. Ularning ayrimlaridan sinfdan tashquri ishlarda foydalanish ham samarali bo`ladi. Hozirgi paytda doimo yangilanib turidigan teledarslar ham qo`shimcha imkoniyat sifatida nazarda tutilishi mumkin. Adabiyot o`qituvchisi ko`rgazmalilikning qaysi turidan va qanday holatda, shuningdek, qay miqdorda foydalanishini o`zi belgilab olishi shart. U darslar tizimi, yoki bir darsning muayyan qismi bo`lishi mumkin. Garchi metodik adabiyotlarda ko`rgazmalilikdan yakunlovchi darslarda mahoratli o`qituvchi undan istalgan dars tipi va darsning istagan qismida foydalanishi mumkin.
Masalan, Navoiy lirikasini o`tishdan oldin sinfga "Kelmadi" yoki "Guluzor" qo`shiqlarini disk orqali tinglash sinfda Navoiy poeziyasi ruhini hosil qilishda muhim o`rin tutishi mumkin. Asarni o`rganishning yakunlovchi bosqichida qiyosiy yo`nalishdagi topshiriqlardan berish ko`proq tarqalgan. Zero, bu usul asar mohiyatini obrazlar xarakterini, so`z san’atini o`ziga xos xususiyatlarini yorqinroq va chuqurroq anglashda eng sermahsul hisoblanadi. Shunga ko`ra Ma’murjon Uzoqov ishtirokida «Ayrilmasun» qo`shig`ini eshitish Furqat ijodiga xos bo`lgan ayriliq, Furqat, hijron motivlarining ehtirosli talqining imkon beradi. Agar ko`rgazmalilikning didaktik funksiyasi oldindan puxta o`ylab, ko`rilmasa, dars samaradorligi bir qadar susayishi, ayrim holatlarda esa unga mutlaqo salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Abdulla Qodiriyning «O`tgan kunlar» asarini o`rganishda ko`pincha shu nomdagi filmlardan foydalaniladi. Bunda film faqat illiyustratsiya vazifasini ado etadi. U o`quvchilardan faol aqliy faoliyatini talab qilmaydi, darsdagi faollik pasayadi. Bugina emas, badiiy-adabiy obraznnng kinoobraz bilan bir xil baholanishi kabi xavf ham paydo bo`lishi mumkin. Biroq bu xavfni bartaraf qilish imkoni ham bor. Buning uchun kinoobraz bilan badiiy tasvirni qiyoslashga undash kifoya qiladi. Jumladan, Otabekning iztirob chekish lavhasinn kino va kitobda kuzatish orqali kinodan ifoda vositalari bilan adabiyotdagi tasvir vositalarini qiyoslash orqali so`z
Asarni to`laroq idrok etish adabiyotga yaqin bo`lgan san’at asarlaridan foydalanishdan oldin o`quvchilar dastlab asar haqida elementar bo`lsa-da tasavvurga ega bo`lishi lozim. Adabiyot darslaridagi ko`rgazmalilik oxirgi maqsad emas, balki vositadir. Shunga ko`ra o`quvchi filmni yoki rasmni ko`rib, kuy yoki qo`shiqni tinglab bo`lganidan keyin unga shunday savollar berilishi lozimki, bu topshiriq va savollar o`quvchini badiiy asar ichiga olib kirishga, badiiy obraz yoki tasvir mohiyatini chuqurroq anglashga, so`zning ta’sir kuchini yaqqolroq his etishga yordam bersin. Yana bir muhim holat shundaki ko`rgazmali qurollarni yaratishga o`quvchilarning o`zlarini jalb etish ham muhimdir. Bunda faqat nusxa ko`chirish emas, balki jiddiy ijodiy mehnatni talab qiladigan ko`rgazmalar yasash o`quvchining umumiy badiiy estetik tayyorgarligiga ham jiddiy ijobiy ta’sir ko`rsatadi. X u l o s a
Yangilangan pedagogik tafakkur va adabiy ta’limning ilmiy-nazariy asoslarining o`zbek olimlari tomonidan maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida o`rganilishi natijasida adabiy ta’limning yangi yo`nalishdagi ravnaqi ta’minlandi. Yozuvchi tarjimai holi, hayoti va ijodini o`rgatish jarayoniga ko`rgazmalilikdan samarali foydalanish, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etilsa, estetik tahlil usullari tatbiq etilsa, ijodkor yaratgan badiiy olamning o`ziga xosliklarini o`quvchilar to`laroq o`rganishlariga erishish mumkinligi o`z isbotini topdi. Demak, yozuvchi tarjimai holi hayoti va ijodini o`rgatishda pedagogik va innovastion texnologiyalardan foydalanish muammosining ilmiy-nazariy va metodik asoslarini adabiy ta’lim ravnaqini ta’minlagan ilg`or pedagogik qarashlar, estetik tamoyillar hamda fan yutuqlari tayin etadi. O`quvchida ijodkor nuqtai nazari haqida aniq tasavvur va fikr hosil qilish uchun jonli ko`rgazma va asar tahlilida uning markazidagi g`oyaga, yaratilgan badiiy umumlashmaga alohida e’tibor qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Adabiy ta’limining yetakchi maqsadlaridan birini o`quvchi ma’naviyatini yuksaltirish, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etganligi uchun ham ijodkor hayoti haqidagi ma’lumotlarni o`rgatish vositasida yoshlarda yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib toptirish; ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta’sirida o`quvchilarning ilmga, san’at va adabiyotga mehrini o`stirish; muayyan ijodkor asarlarini o`rganish orqali uning qalb haroratini, tuyg`ulari va ruhiyatini his qilishga o`rgatish vositasida o`quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishga erishiladi, degan xulosaga keldim. O`quvchilarni kitob o`qishga qiziqtirishda ko`rgazmali qurollar muhim didaktik vosita sanaladi. Yozuvchi hayoti va ijodiy faoliyati haqqida o`qituvchi-o`quvchilarda keng tasavvur hosil kilish, shu orqali ularni milliy ma’naviyat, milliy istiqlol g`oyalari ruhida tarbiyalash ishlarida oldindan puxta tuzib olingan sstenariy asosidagi darsdan, maktabdan tashkari tashkil etiladigan tadbirlar, xususan, adabiy kecha, sayohatlar, ko`rgazmalar muhim o`rin tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.
I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch. Toshkent. “Ma’naviyat” 2008 yil.173 b.
2.
I.A Karimov.Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.– T.: Sharq nashriyot – matbaa konsterni.1998. 63-bet.
3. I.A Karimov.Barkamol avlod orzusi.– T.: Sharq nashriyot – matbaa konsterni.1999. 85-bet. 4. Alijonova M. Navoiy ijodi bo`yicha sinov darsi. Til va adabiyot ta’limi jurnali. 2002. № 1. –B. 18- 19. 5. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun darslik. T.: «Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi. 2000. –591 b. 6. Husanboeva Q. Adabiyot-ma’naviyat va muvtaqil fikr shakllantirish omili. T.: “Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi” nash. 2009 yil 365 bet. 7. Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o`qitish metodlari. –T.: O`qituvchi. 1990. -228b. 8. Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O`qituvchi. 2002. -490 b. 9. Boyboboev T. O`quvchilarda badiiy ijod
ko`nikmalarini shakllantirishning ba’zi usullari. Til va adabiyot ta’limi, 1994. №1. -B. 24-27. 10. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o`qituvchisining psixologiyasi. –T.: O`zbekiston. 1999. –30 b. 11. Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o`qitish metodikasi. –T.: O`qituvchi. 1992. –333 b. 12. Yo`ldoshev Q. Adabiyot o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari. –T.: O`qituvchi. 1996. –152 b. 13. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –-T.: Yangi asr avlodi. 2001. –154 b 14. Mirqosimova M. Badiiy tahlil usullari. T.: RO`MM. 1993. –37 b. 15. Mirzahmedov A. Adabiyotdan bahs darslarini o`tkazish. Til va adabiyot ta’limi. 1992. №3. –B. 22-25. 16. Niyazmetova T. Adabiyot darslaridan mustaqil ishlar. –T.:
O`qituvchi. 1984. -64 b. 17. G`ulomova N. O`quvchilarning badiiy adabiyotga bo`lgan qiziqishlarini orttirish. Til va adabiyoti ta’limi. 1992. №1. –B. 21-24. 19.Karimov B. Qodiriy qadri. T., 2004.
20. Normatov U. «O`tgan kunlar» hayrati.T., 1998. O`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi p.f.n Suyunov Husniddinning « Adabiyot darsdarida ko`rgazmalilik » mavzusidagi ma’ruza matniga TAQRIZ
« Adabiyot darsdarida ko`rgazmalilikni tashkil etish metodikasi » har jihatdan o`rganilishi lozim bo`lgan dolzarb mavzulardan biridir. Adabiyotdan o`quvchilar badiiy asar tahlili, yozuvchi badiiy mahorati, obrazlilik masalalariga ko`rgazmalilikni tashkil etish orqali amalga oshirish kerakligini asoslab beradi.
O`quvchida ijodkor nuqtai nazari haqida aniq tasavvur va fikr hosil qilish uchun jonli ko`rgazma va asar tahlilida uning markazidagi g`oyaga, yaratilgan badiiy umumlashmaga alohida e’tibor qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Adabiy ta’limining yetakchi maqsadlaridan birini o`quvchi ma’naviyatini yuksaltirish, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etganligi uchun ham ijodkor hayoti haqidagi ma’lumotlarni o`rgatish vositasida yoshlarda yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib toptirish; ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta’sirida o`quvchilarning ilmga, san’at va adabiyotga mehrini o`stirish; muayyan ijodkor asarlarini o`rganish orqali uning qalb haroratini, tuyg`ulari va ruhiyatini his qilishga o`rgatish vositasida o`quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishga erishiladi, degan xulosaga keldim. O`quvchilarni kitob o`qishga qiziqtirishda ko`rgazmali qurollar muhim didaktik vosita sanaladi. Yozuvchi hayoti va ijodiy faoliyati haqqida o`qituvchi-o`quvchilarda keng tasavvur hosil kilish, shu orqali ularni milliy ma’naviyat, milliy istiqlol g`oyalari ruhida tarbiyalash ishlarida oldindan puxta tuzib olingan sstenariy asosidagi darsdan, maktabdan tashkari tashkil etiladigan tadbirlar, xususan, adabiy kecha, sayohatlar, ko`rgazmalar muhim o`rin tutadi. Mazkur ma’ruza matni adabiy ta’limdagi o`qitish samaradorligini oshirishga hamda didaktik va metodik talablarga javob beradi. Adabiyot darsdarida ko`rgazmalilikdan foydalanish metodikasi bo`yicha munosib ish deb hisoblayman.
Taqrizchi: p.f.n. X.Qurbonova.
Download 223.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling