O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Nurota tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli


O’quvchilarni matematik savodxonligini baholash tizimi


Download 0.98 Mb.
bet5/8
Sana15.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1093679
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Meodika.Matematika o\'qitish samaradorligi

O’quvchilarni matematik savodxonligini baholash tizimi
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
PIRLS – boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash;
TIMSS – 4- va 8-sinf o’quvchilarining tabiiy-ilmiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʼqituvchilarning ish sharoitlarini oʼrganish;
PISA – 15 yoshli oʼquvchilarning oʼqish, matematika va tabiiy yoʼnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
Ushbu loyihalar oʼquvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash koʼnikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qoʼllay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu koʼnikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi. Hozirgi kunga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi oʼrtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling