O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet43/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Kamqonlik
Kamqonlik – tanada temir moddasining yetishmasligi natijasida paydo bo‘ladigan xastalik hisoblanadi. Temir moddasi inson organizmining har bir xujayrasida mavjud bo‘lib, u organizm bo‘ylab kislorod tashib yurishda juda muhim rol o‘ynaydi.
Bolalarda, ayniqsa qizlarda temirga bo‘lgan ehtiyoj erkaklarga nisbatan 3-5 marta yuqori bo‘ladi, shuning uchun kamqonlik bilan ko‘proq ayollar va qiz bolalar kasallanishadi.
Kamqonlikdan aziyat chekadigan bolalar odatda, jismoniy va aqliy rivojlanish borasida o‘z tengqurlaridan orqada qoladilar, ular tez-tez xastalanib, toliqib turishlari, dars tayyorlashni istamasliklari mumkin.
Temir tanqisligi 2-10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aqliy rivojlanishni pasaytiradi. Shuning uchun qizlar temir moddasi va folat kislotalari bilan boyitilgan undan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilishlari nihoyatda muhimdir.
Odam qanday qilib kamqonlik bilan kasallanadi?

  • tanaga yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan temir moddasi tushmasa;

  • tanaga tushgan temir moddasi ayrim ichak kasalliklari tufayli yaxshi so‘rilmasa;

  • tez o‘sayotgan o‘smirlarda (12-17 yoshlar);

  • hayz ko‘rish vaqtida 7-8 kundan ko‘p qon ketishi;

  • o‘sma-saraton yoki oshqozon-ichak yarasi kasalligi sababli ko‘p qon yo‘qotishi;

  • organizmda gijjalar mavjudligi.

Kamqonlik juda kam hollarda odamning nobud bo‘lishiga olib keladi, biroq bu kasallik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Temir moddasi, deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘ladi, ammo choy, shakar, sut, yog‘larda bu modda bo‘lmaydi. Choy organizmda hayvon mahsulotlari tarkibidagi temir moddasining 40 foizi, o‘simliklar tarkibidagi esa 70-100 foiz so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun choyni 30-60 daqiqadan so‘ng ichish tavsiya etiladi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa umuman choyni iste’mol qilish man etiladi. Shuni yodda tutish kerakki, ovqat yeganda choy ichilsa hamma ko‘rilgan choralarning foydasi bo‘lmaydi. Choy o‘rnini sharbat, kompot, qaynatilgan suv yoki ma’danli suv bosishi mumkin.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling