O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
II BOB. 1945-1991-YILLARDA O‘ZBEK OILAVIY TURMUSHI VA IJTIMOIY HAYOTIDAGI ETNODEMOGRAFIK JARAYONLAR
Download 80.57 Kb.
|
namuna
II BOB. 1945-1991-YILLARDA O‘ZBEK OILAVIY TURMUSHI VA IJTIMOIY HAYOTIDAGI ETNODEMOGRAFIK JARAYONLAR
2.1. 1945-1980-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlar Mustaqillik yillarida chop etilgan nashrlarda Oʼzbekiston aholisi milliy tarkibi shakllanishi va sovet tuzumi tomonidan olib borilgan milliy siyosat tarixiga yangicha nuqtai nazardan yondashishga harakat qilingan33. Lekin, tanlangan mavzu boʼyicha alohida ilmiy tadqiqot ishi mavjud emas. Yuqorida tilga olingan tadqiqot ishlarida qoʼyilgan masalalarning baʼzi tomonlari haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Mazkur adabiyotlarda Oʼzbekistondagi statistik maʼlumotlar asosida etnodemografik jarayonlarni respublikada mavjud ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatni millatlararo munosabatlar masalasi bilan bogʼlagan holda ilmiy asosda oʼrganilgan. Keyingi yillarda nashr qilingan Oʼzbekiston tarixiga oid fundamental tadqiqotlar [6] urushdan keyingi yillarda aholi milliy tarkibidagi oʼzgarishlar, sovet hukumatining respublikada amalga oshirgan milliy siyosati masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganidan darak beradi. Urush yillarida mustabid tuzum asosida mamlakat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, iqtisodiy sohada ham oʼzining maʼmuriy-buyruqbozlik siyosatini oʼtkaza boshlagan hukmron partiyaning siyosiy mavqei yanada oshgan, hamda haqiqatda davlat ustidan mutlaq hukmron boʼlgan organga aylanib borgan. Sobiq ittifoqning barcha respublikalari “sotsialistik” xalq xoʼjaligining yagona tizimiga qattiq bogʼlab qoʼyilgan boʼlib, uning irodasini soʼzsiz bajarar edilar. Oʼzbekiston ham, uning imkoniyatlari va milliy manfaatlarini mutlaq hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar iskanjasiga olingan edi. Xalq xoʼjaligi qurilishining urushdan keyingi oʼziga xos xususiyati uzoq muddatli rejalashtirishni besh yillik reja bilan birga qoʼshib olib borishdan iborat boʼlgan. Sanoat ishlab chiqarishini uch baravarga oshirishni, oziq-ovqat va xom ashyo resurslarining moʼl- koʼlligini taʼminlashni rejalashtirgan mustabid davlat iqtisodiy siyosatining yaqin 15 yilga moʼljallangan asosiy yoʼnalishi nazarda tutilgan edi. Sovet hukumati rahbariyatining fikriga koʼra, Oʼzbekiston sanoat ishlab chiqarishini qayta qurishda davlatning asosiy paxta bazasi sifatidagi anʼanaviy oʼrni haqidagi qatʼiy qaror hisobga olinishi kerak edi. Bunda respublika aholisining milliy-tarixiy xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari umuman eʼtiborga olinmagan. Oʼzbekiston SSR Fanlar akademiyasining tuproqshunoslik instituti maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekistonda 2,5 mln.gektardan ortiqroq sugʼorishga yaroqli yerlar mavjud boʼlgan. Bularga, asosan, Qashqadaryo, Mirzachoʼl, Fargʼona, Zarafshon, Chirchiq, Аngren va boshqa hududlardagi oʼrmon va tekisliklar kiritilgan. Bu maʼlumotlarga asoslangan holda, yuqori tashkilot vakillari tomonidan qoʼriq yerlarni oʼzlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun aholini koʼchirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish vazifasi qoʼyilgan. Xalqlarni ommaviy ravishda majburiy koʼchirish urushdan keyingi yillarda ham davom etgan. 1940-yillarning ikkinchi yarmida hukumat aholini ommaviy ravishda majburiy koʼchirishda tuzumdan norozi boʼlganlarni jazolashdan tashqari, xalqlarni koʼchirish yoʼli bilan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadini ham koʼzlagan edi. Maxsus koʼchirilganlarning mehnatidan qishloq xoʼjaligida, foydali qazilmalarni qayta ishlashda, zavodlar, temir yoʼllar qurilishida va boshqa sohalarda foydalanilgan. Urushdan keyingi yillardagi koʼchirish chora-tadbirlari SSSR hukumatining 1946 yil 2 fevralda chiqargan “Oʼzbekiston SSRda paxtachilikni rivojlantirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroridan keyin boshlandi deyish mumkin34. Unda Oʼzbekistonda 1946-1953 yillar davrida paxtachilikni tiklash va yanada yuksaltirish sohasidagi rejalar va chora- tadbirlar belgilab berilgan edi. Markazning bu hujjati, Oʼzbekiston xalqlari manfaatlarini aslo hisobga olmagan va majburiy xususiyatga ega boʼlgan qaror edi. Yuqoridan yuborilgan qarorlar odatda Oʼzbekistonda muhokama qilib oʼtirilmasdi, balki amaldagi dasturiy hujjat sifatida uning bajarilishiga doir tadbirlar ishlanib, “harakatga yoʼllanma” berilar edi. Аyniqsa, sovet hukumatining 1949 yil 19 martdagi 1141-sonli “Oʼzbekiston SSRda paxtachilikni rivojlantirishning kelgusi choralari haqida”gi qarori eʼlon qilingandan keyin koʼchirish ishlari kuchaytirib yuborilgan . Аsosan, aholi Аndijon, Namangan, Fargʼona, Samarqand, Buxoro viloyatlarining kam yerli rayonlaridan hamda Qashqadaryo viloyatining chorvachilikka asoslangan rayonlaridan yangi oʼzlashtiriladigan yerlarga koʼchirilgan. Oʼzbekiston SSRda 1950 yil yakunlari boʼyicha koʼchirish rejasini amalga oshirish va koʼchirilgan xoʼjaliklarni joylashtirish haqidagi yillik hisobotning xulosasiga koʼra, Oʼzbekistonda yangi yerlarni oʼzlashtirish uchun koʼchirish ishlari 76 foizga bajarilgan boʼlib, reja boʼyicha 24500 oila oʼrniga 18631 xoʼjalik koʼchirilgan. Koʼchirilganlar uchun uy-joy qurilishi 26,6 foizga bajarilgan boʼlib, reja asosida 21000 uy-joy qurilishi kerak boʼlgan boʼlsa, amalda esa shundan atigi 5578 ta uy qurilgan. Koʼchirilganlar uchun uylar qurish rejasining bajarilmaganligi, qurilish ishlarining yaxshi tashkillashtirilmaganligi bilan izohlanadi. Uylar qurilishida kuniga 16,5 ming kishi talab qilingan boʼlsa, amalda esa oʼrta hisobda 6,7 ming kishi ishlagan. Qurilishda band kolxozchilar koʼchirish bilan bogʼliq boʼlmagan boshqa ishlarga jalb qilingan. Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʼiston АSSRda qurilish brigadalari umuman tashkillashtirilmagan. Koʼchirib keltirilgan aholi joylashtirilgan yerlardagi yashash sharoitining ogʼirligi natijasida 3467 oila, yoki koʼchib kelgan aholining 19,2 foizi qaytib ketgan35. SSSR Ministrlar kengashining 1949 yil 19 martdagi 1130-sonli farmoyishiga muvofiq, Oʼzbekiston SSRda koʼchirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun 35 mln. soʼm kredit ajratishga ruxsat berilgan. SSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 8 maydagi 6967- sonli buyrugʼiga koʼra, Oʼzbekistonda xuddi shu chora-tadbirlar uchun qoʼshimcha 75 mln. soʼm kredit berishga ruxsat etilgan. Hammasi boʼlib, sovet hukumati tomonidan Oʼzbekistonda koʼchirish ishlarini amalga oshirish uchun 110 mln. soʼm miqdorda kredit olishga ruxsat berilgan. 1949 yil 23 iyundagi Oʼzbekiston SSR Ministrlar Sovetining qaroriga binoan, respublika kolxozlarida koʼchirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun 82 mln. soʼm miqdorda kredit mablagʼi belgilangan. Kredit mablagʼi viloyatlar boʼyicha quyidagicha taqsimlangan: Qoraqalpogʼiston АSSRga 2,5 mln. soʼm; Аndijon viloyatiga 9,0 mln. soʼm; Namangan viloyatiga 4,0 mln. soʼm; Samarqand viloyatiga 2,5 mln. soʼm; Toshkent viloyatiga 54,0 mln. soʼm; Fargʼona viloyatiga 10,0 mln. soʼm; Download 80.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling