Informatika kursining asosiy maqsadi – o‘sib kelayotgan avlodni
kompyuter yordamida mustaqil fikrlashga, tasovurini rivojlantirishga va
o‘zining ijodiy rejalarini hayotda tadbiq etishga o’rgatish.
5-SINF (17soat)
(Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun)
Kompyuter bilan tanishuv(16 soat)
Mazmun. Kompyuter honasi uchun Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya –
gigiyena talablari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterning
ba’zi qo’shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang’ich saboqlari.
Sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi sifatida.
Kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter
qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga
yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari bilan tanishish.
Maqsad. O’quvchilarga kompyuter haqida ma’lumot berish. Klaviatura va
sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Sichqoncha bilan ishlash jarayonida
Windows muhitiga ilk qadam qo’yish: Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish,
siljitish, o’lchamlarini o’zgartirish…) bajarish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter
qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga
yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini
shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |