O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
infarmatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- M. Mahkamov
- A.Abduqodirov
- INFORMATIKA FANINING O’QUV DASTURI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
5-9 SINFLAR UCHUN O’QUV DASTURI
TOSHKENT - 2008
2
Tuzuvchilar:
Respublika ta’lim markazi, ta’lim jarayonini axbo- rotlashtirish bo’limi boshlig’i, fizika – matematika fanlari nomzodi M. Mahkamov Respublika ta’lim markazi, ta’lim jarayonini axbo- rotlashtirish bo’limi
Toshkent shahar 274-maktab informatika o‘qituvchisi, fizika – matematika fanlari nomzodi
“ISTE’DOD” jamg‘armasi, Masofadan o‘qitish markazi direktori, pedagogika fanlari doktori
Davlat mulk qo’mitasi, iqtisod fanlari nomzodi T. Azlarov Toshkent Islom Universiteti, pedagogika fanlari nomzodi
Xalq ta‘limi vazirligi, ta’lim jarayoniga axborot-kommuni- katsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi
3
INFORMATIKA FANINING O’QUV DASTURI
Uqtirish xati Respublikamizda, yosh avlodning o’z faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani yechishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki jaroyonni informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo‘lish har bir yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, o’rta maktab informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir. O’qitish shakli va usuli yosh o’quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyati- ni rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o’quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg’un ko’rinishda berishdir. Informatika fanining yoshlik darajasidagi dolzarblik jihatlari quyidagilarda akslanadi:
1. O’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash jarayonida fikrlash tartibotlarini, jumladan mantiqiy va abstrakt fikrlashni shakllantirish. 2. Kompyuterdan o’quv vositasi sifatida foydalanishni ta’minlash maqsadida, uning yordamida axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish. 3. Kompyuterdan foydalanish ko‘nikmasini shakillantirish o‘quvchilarda uni o‘rganilayotgan jarayonda hisoblash, tasvirlash, tahrirlash ishlarini ba- jarishda vosita sifatida qo‘llash tajribasiga ega bo’ladilar. 4. Yoshlarda hisoblash texnikasiga nisbatan uning samarali vosita sifatidagi ijobiy munosabatlarni shakllantiradi. 5. Yoshlarda turli o‘quv kurslarida olayotgan axborot va ma’lumotlarni kom- pleks ravishda o‘rganish hamda ularning uzviyligini ta’minlash ko‘nikmasini shakillantiradi.
Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, 4 bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo’lib hizmat qiladi. O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqodchiga aylanishadi. Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga o’rganadilar.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling