O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati uzun tumani 18-umumiy


Download 162.64 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi162.64 Kb.
#1062832
1   2
Bog'liq
dars ishlanma Subhiddin

Mo‘ljallan-gan vaqt

1

Tashkiliy qism

1 minut

2

O‘tilgan mavzuni takrorlash, baholash ishlari

6 minut

3

Yangi mavzu bayoni

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash va o‘zlashtirishni tekshirish

8 minut

5

Darsda mustaqil ish bajarish

8 minut

6

Darsni yakunlash va baholarni e’lon qilish

1 minut

7

Uyga vazifa berish

1 minut


Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism
O’qituvchining darsni tashkil qilishdan oldin sinfning sanitariya ahvoliga e’tibori, sinfni darsga to‘laqonli tayyorgarligini ko‘rish, mavzu uchun o‘quv-ko'rgazma qurollarning tayyorligini aniqlash.
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash, baholash ishlari
1) O‘quvchilarga “Ikki parallel to'g'ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar” mavzusii yuzasidan savollar berish:
1. Ikki parallel to'g'ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan almashinuvchi burchaklar haqidagi teoremani ayting.
2. Ikki parallel to'g'ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan mos burchaklar haqidagi teoremani ayting.
3. Ikki parallel to'g'ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan bir tomonli burchaklar yig'indisi haqidagi teoremani ayting.
2) Yu vazifasini tekshirish va baholash.
3. Yangi mavzu bayoni
1. Faollashtiruvchi mashq. Rasmda tasvirlangan uchburchaklar ichki burchaklarinini transportir yordamida o'lchang va ularning yig'indisini hisoblang. Natijalar asosida jadvalni to'ldiring.(3 minut)
2. Bir varaq qog'ozga ixtiyoriy uchburchak chizing. Uning burchaklarini qirqib olib yonma-yon qo'ying. Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin? (2 minut)
Endi geometriyaning eng muhim teoremalaridan biri-uchburchak ichki burchaklarining yig'indisi haqidagi teorema va uning isbotini o'rganamiz.
Teorema . Uchburchak ichki burchaklarining yig'indisi 180º ga teng.
ΔABC: Isbot.Uchburchakning A uchidan BC tomonga parallel a t.chiziq o'tkazamiz:


<4+<2+<5=180º, chunki bu burchaklar umumiy uchga ega va yoyiq burchakni tashkil qiladi.
<4=<1, chunki bu burchaklar a va BC parallel t. chiziqlarni AB kesuvchi bilan kesganda hosil bo'lgan almashinuvchi burchaklardir.
<5=<3, chunki bu burchaklar a va BC parallel t. chiziqlarni AC kesuvchi bilan kesganda hosil bo'lgan almashinuvchi burchaklardir.
Yuqoridagi bu 3 ta tenglikdan:
<1+<2+<3=180º, ya'ni


4. Yangi mavzuni mustahkamlash va o'zlashtirishni tekshirish
1) Yangi mavzuni mustahkamlash darslikda yechib ko’rsatilgan masalalar asosida amalga oshiriladi. 1-masala o’qituvchi tomonidan doskada yechiladi va batafsil izoh beriladi. 2-masala o’qituvchi nazorati ostida biror o’quvchi tomonadan yechiladi.
2) Darslikdagi 2- va 3-masalalar og’zaki bajariladi.
5. Darsda mustaqil ish bajarish
1) O‘tilgan mavzuni o‘quvchilar yanada yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun o’quvchilar 3 ta guruhga ajratilib ularga mustaqil ish sifatida darslikdan mustaqil ishlash uchun 1-guruhga 4-masala, 2-guruhga 5-masala, 3-guruhga 6-masala beriladi. Masalalarni yechishga 5 minut vaqt beriladi. So’ng har guruhdan bir o’quvchi 1 masala yechimini doskada yechib ko’rsatadi.(1 minut)
2) Har guruhga 5 tadan test savollari beriladi. Test savollariga javob berish uchun 2 minut vaqt beriladi.
3) Topshiriqlarning bajarilishi tekshirilib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ko'rsatilib, ularni takrorlamaslik yuzasidan tegishli ko'rsatmalar beriladi.

6. Darsni yakunlash va baholarni e’lon qilish
a) Mavzu o‘zlashtirilganligiga ishonch hosil qilish
b) Yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilarni ma’naviy rag‘-batlantirish
c) Baholash, dars samaradorligini aniqlash

7. Uyga vazifa
1) O‘tilganlarni takrorlash
2) 8-masala (darslikdan).
Download 162.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling