O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet48/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Savollar
1. Boshlang‘ich sinflarning o`quv rejasida tabiatshunoslik qanday o`rinni egallaydi?
2. Davlat ta'lim standartining “Boshlang‘ich ta'lim” yo`nalishi qanday qismlardan iborat?
3. Davlat ta'lim standarti “Boshlang‘ich ta'lim”ining “tabiat ta'lim sohasi”da qaysi mavzular yoritilgan?
Nazorat uchun testlar:
1. Xarita nima?
A) Yer sharining kichraytirilgan tasviri, ya’ni modeli.
B) Yer sharining o`z o`qi atrofida aylanishi.
C) Yer yuzi yoki ayrim qismlarining kichraytirilgan tasviridir.*
D) Ufq tomonlarini aniqlash uchun qo`llaniladigan asbob.
2. Globus nima?
A) Yer sharining kichraytirilgan tasviri, ya’ni modeli. *
B) Yer sharining o`z o`qi atrofida aylanishi.
C) Yer yuzi yoki ayrim qismlarining kichraytirilgan tasviridir.
D) Ufq tomonlarini aniqlash uchun qo`llaniladigan asbob.
3. Sirdaryoning uzunligi necha km?
A) 2540 B) 3019* C) 2504 D) 3091


11-MAVZU. O`rta osiyo allomalarining tabiatshunoslik o`qitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qo`shgan hissalari.


Reja:
1. O`rta Osiyo mutafakkirlarining ilg‘or g‘oyalari.
2. Buyuk Osiyo mutafakkirlar( Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur).

Ma'lumki, tabiatshunoslik fanining rivojlanishi o`zining uzoq o`tmishiga ega. Botanika va zoologiyadan bilimga ega bo`lmay turib, o`simlikshunoslik va chorvachilikni, tuproqshunoslikni bilmasdan agrotexnikani ratsional rivojlantirish mumkin emas. Tabiatshunoslik fanini tobora rivojlanishida hozirgi zamon biologiya fanlarining o`rni beqiyosdir.


Inson g‘or va chaylalarda yashab, o`zining kundalik ehtiyojlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlab, tirikchilik qilib yurgan davrlardayoq tabiiyot (ya'ni tabiat) fanining ilk kurtaklari vujudga kelgan va har xil ifodali tasvirlarga ega bo`lgan. Davrlar o`tishi bilan bunday ifodali tasvirlar shakllanib ov manzaralari, ovlanadigan hayvonlar va o`simliklar shakllari har xil toshlarga o`yib yozilgan va mulk sifatida avlodlardan-avlodlarga meros qilib qoldirilgan.
Jamiyat rivojlangan sari turmushni yengillashtirish omillari ham vujudga kela boshlagan.
Mana shunday omillardan biri yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish va iste'molbop o`simliklar urug‘ini ko`paytirish bo`lib, ular inson yashaydigan manzilgohlarda doimo topilavermaganligi va ob-havo, iqlim sharoiti salbiy ta'sir etganligi tufayli vujudga kelgan. Bu esa o`z navbatida chorvachilik, hunarmandchilik va ibtidoiy san'at nishonalarini vujudga keltirgan.
Inson hayot kechirishining zaruriy omili bo`lib hunarmandchilik yuzaga kela boshlagan dastlabki davrlarda tosh, yog‘ochlar bilan hayvonlar ovlangan, tirikchilik qilingan, ularning mahsulotlaridan zarur buyumlar yasagan, bu o`z navbatida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga olib kelgan.
Shunday qilib, miloddan ming yillar avval dastlabki yozuvlar tarzida oromiy yozuvi, so`ng sug‘d, baqtriya va urxun-yenasoy yozuvlari vujudga keldi. Keyinchalik yozuvlar muttasil o`zgarib, takomillashib bordi. Shu bilan birga tabiat, borliq, o`simlik va hayvonot dunyosi haqidagi kuzatishlar kengaya va chuqurlasha bordi, tabiiyot fanlari, u o`rganayotgan jarayonlar hamda hodisalar haqidagi tushunchalar ham takomillashdi.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishdagi tushuncha va ta'limotlar Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning asarlarida o`z ifodasini topgan. Bu mutafakkirlarning asarlari astro-nomiya, matematika, geologiya, mantiq, grammatika, musiqa, metrologiya, topografiya, harbiy fanlar, axloq, siyosat bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik, ov san'ati, tibbiyot va tabiiyot kabi fanlarning rivojlanishiga ilmiy asos bo`ldi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling