O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


O`rta Osiyo mutafakkirlarining ilg‘or g‘oyalari


Download 1.08 Mb.
bet49/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

O`rta Osiyo mutafakkirlarining ilg‘or g‘oyalari. Uyg‘onish davridagi tabiiyot ilmining, shuningdek, Garbiy Yevropadagi tabiiyot ilmining yutuqlari umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun asos bo`ldi. Tabiatning evolutsion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga o`sib borish, o`zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari, tabiiy va sun'iy tanlash masalalari O`rta Osiyo olimlari tomonidan g‘arbiy Yevropa olimlaridan 800 - 900 yillar oldin asoslanib berilganligi fikrimizning dalilidir.
O`rta Osiyoda yashab o`z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga barakali hissa qo`shgan olimlar Ibn Sinoning ustozi tabiatshunos Abu Abdullo Natiliy (X - XI asr), botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815 - 896), Xotam Roziy, Abu Bakr ar- Roziy, Naabulisiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalardir.
I.A.Karimov ular haqida shunday degan edilar: “Yurtimizni azaldan daholar yurti deb, haqli ravishda hamisha faxrlanib kelamiz. Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi buyuk allomalarimiz o`zlarining yorqin iste'dodlari bilan butun jahonga dong taratganlar, bularni biz kelajak avlod ongiga singdirib borishimiz kerak”.
Dong‘i dunyoni tutgan mutafakkirlarimizning insonni o`rab turgan tabiat bilan aloqalari haqidagi qarashlari bilan qisqacha tanishib o`tamiz.
AL XORAZMIY. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy jahon matematika fanining asoschilaridan bo`lgan O`rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi.
Al Xorazmiy IX asr boshlarida Bag‘dodda O`rta Osiyolik olimlar Al Ahmad Ibn Kasir al-Farg‘oniy, Abbos ibn Javhariy bilan “Ma'mun akademiyasi” (Bayt ul hikmat)ni boshqara boshlaydi.
Bag‘dod xalifasi Ma'mun al-Xorazmiyga “Yer va Osmon xaritasi”ni tuzish ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar 84 yil davomida tadqiqot ishlarini olib borishdi. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umumlashtirib “Yerning tasviri” nomli asarini yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun dunyo, qifalar, okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko`llar, o`rmonu barcha mamlakatlar, o`lkalar, u yerdagi hayvonot va o`simliklar dunyosi, boshqa tabiiy xom-ashyolar, aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari, zichligi haqidagi ma'lumotlarni o`z ichiga olgan.
Mashhur o`zbek matematigi Muso al-Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani va “Algoritm” sohasining “otasi” hisoblanadi. “Algebra” “A1 jabr” asaridan, “Algoritm” esa uning nomi al-Xorazmiydan olingan.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling