Namatakning dorivor xususiyatlari va tarqalish mintaqalari


Download 22.54 Kb.
bet1/2
Sana12.11.2023
Hajmi22.54 Kb.
#1768879
  1   2
Bog'liq
NAMATAKNING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA TARQALISH MINTAQALARI


NAMATAKNING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA TARQALISH MINTAQALARI
Xudayberganova Maftuna Alisher qizi
Suyunova Komila Sanjar qizi
Abdujalilova Madina Abduvali qizi
Toshkent davlat agrar universiteti
Annotatsiya. Ushbu maqolada dorivor o’simlik bo’lmish namatakning shifobaxsh xususiyatlari tavsiflangan. Qolaversa, namatakning tarqalish areali haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’z va iboralar: dorivor o’simliklar, farmakologik xossalar, shipovnik, rosa, ra’nodoshlar oilasi,qizilcha, terlama,karotin, flavonidlar.
Абстрактный. В данной статье описаны целебные свойства лекарственного растения наматак. Кроме того, также предоставлена ​​информация об ареале распространения наматака.
Ключевые слова и фразы: лекарственные растения, фармакологические свойства, шиповник, роза, семейство рододендронов, кизилча, пот, каротин, флавоноиды.
Abstract. This article describes the healing properties of the medicinal plant namatak. In addition, information about the distribution area of ​​namatak is also provided.
Key words and phrases: medicinal plants, pharmacological properties, rosehip, rosa, family of rhododendrons, kizilcha, sweat, carotene, flavonoids.
Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turlari borligi aniqlangan. Shundan 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi.
Shunday dorivor o'simliklardan biri bu -Na’matak shipovnik-Rosa Namatak-ra’nodoshlar oilasiga mansub.Na’matak guli, mevasi, urug‘i, bargi va ildizi xalq tabobatida qadimdan beri keng qo‘llanib kelinyapti. Mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar xalq tabobatida o‘pka sili, qizilcha, terlama (tif), o‘t qopchasining yallig‘lanishi, me’da-ichak, buyrak qovuq kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Zamonaviy tibbiyotda na’matak mevasidan damlama, ekstarkt va ho‘l mevasidan sharbat hamda hapdori va xolosis kabi dorivor vositalar tayyorlanadi. Mazkur dorilar avitaminoz xastaligi va aterosklerozni davolashda o‘t haydash maqsadida ishlatiladi. Karotolin preparati bitmaydigan yaralar, dermatitlar, qo‘tir, qichima, ekzema, psoriaz kabi teri kasalliklarini davolashda qo‘l keladi. Na’matak barcha turlari mevasidan vitaminli va polivitaminli yig‘ma choylar, oziq-ovqat sanoatida esa vitaminga boy aralashma, konfetlar va qandolat mahsulotlari tayyorlanadi.
Na`matak mevalari tarkibida juda ko’p miqdorda vitamin C (4-8 %, ba`zan 18%gacha boradi), P, K, B guruh karotin bilan bir qatorda flavonoidlar, qand, organik kislotalar (olma kislotasi 1,8-2% gacha, limon kislotasi 2% atrofida), pectin va oshlovchi moddalar, likopin va riboksantin, shuningdek, kaliy, temir, marganes, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari bor.
Meva urug’larida vitamin E mavjud. Na`matak mevalari xalq tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinmoqda. Uning mevalaridan tayyorlangan damlama o’pka sili, jigar, o’t qopchasining yalig’lanishi, ichak, buyrak, qovuq kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Shuningdek na`matakning mevasi asosida tayyorlangan qaynatma qon to’xtatuvchi, isitma tshuruvchi omil sifatida iste`mol qilinadi. Na`matakning faqatgina gul va mevalarigina shifobaxsh bo’lib qolmasdan, balki uning barglari asosida tayyorlangan qaynatma me`da og’riqlariga nafli hisoblanadi. Bu ne’mat shunchalik foydali, shifobaxsh va zarur ne’matki, uning bitta o‘zi butun boshli dorixona o‘rnini bosishi mumkin. O‘tmishdagi va hozirdagi xalq tabiblari kitoblarida na’matakning o‘nlab shifobaxsh xususiyatlarini keltirib o‘tishgan.
Na’matak tarkibida inson salomatligi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan S, V-2, R, E, K darmondorilari mavjud. Shuningdek, u karotin, qand, yog‘, organik kislotalar, flavonoidlar, pektin, ma’danli tuzlar va boshqa moddalarga nihoyatda boy. Mevasida ma’danli tuzlardan kaliy, temir, marganets, fosfor, kaltsiy, magniy bor.Ulug‘ olim va tabib Abu Ali ibn Sino ta’rificha, na’matakning barcha turi tozalovchi va suyultiruvchi xususiyatiga ega. U quloqdagi qurtlarni o‘ldiradi, quloq shang‘illashi va g‘uvillashiga, tish og‘rig‘iga foyda qiladi. Yovvoyi xili peshonaga chaplansa, bosh og‘rig‘ini bosadi. Uning barcha turlari burun teshiklaridagi tiqilmalarni ochadi. U tomoqdagi va bodomsimon bezlardagi shishlarga ham foydalidir.Uning mevasi tanaga quvvat bag‘ishlaydi, modda almashinuvini yaxshilaydi, yong‘oqchalari esa buyrak va siydik yo‘li kasalliklarini davolashda siydik haydash uchun ishlatiladi. O‘simlik ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatma xalq orasida me’da va jigar kasalliklariga, kukuni esa yaralarga davo sifatida qo‘llanadi.
Na’matak mevasining qaynatmasi, ya’ni sharbati xalq tabobatida juda ko‘p kasalliklarni davolashda tavsiya etiladi. Sharbat olish uchun uning mevasidan 10-15 tasini olib yuvib tashlanadi va sirli idishda o‘n daqiqagacha qaynatiladi va tindirib iste’mol qilinadi. Na’matak damlamasi tayyorlash uchun esa yarim litrli termosga to‘rt-beshta na’matak mevasidan solib, ustiga qaynagan suv quyasiz va bir kecha qoldirib, keyin ertalab suzib olasiz. Damlama ovqatdan yigirma daqiqa oldin kuniga uch mahaldan ichiladi. Mazkur damlama butun tanaga quvvat beradi, uning chidamliligini oshiradi, yo‘talni ketkazadi, hazm yo‘llari yallig‘lanishini davolaydi, jigar og‘rig‘idan xalos qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shamollaganida u bilan bir necha bor g‘arg‘ara qilib tashlansa, foydasi tegadi.
Zamonaviy tibbiyotda na’matak mevasidan damlama, ekstarkt va ho‘l mevasidan sharbat hamda hapdori va xolosis kabi dorivor vositalar tayyorlanadi. Mazkur dorilar avitaminoz xastaligi va aterosklerozni davolashda o‘t haydash maqsadida ishlatiladi. Karotolin preparati bitmaydigan yaralar, dermatitlar, qo‘tir, qichima, ekzema, psoriaz kabi teri kasalliklarini davolashda qo‘l keladi. Na’matak barcha turlari mevasidan vitaminli va polivitaminli yig‘ma choylar, oziq-ovqat sanoatida esa vitaminga boy aralashma, konfetlar va qandolat mahsulotlari tayyorlanadi.
Itburun yoki naʼmatak asosan Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining quyi va o‘rta tog‘ tizmalarida daryo va soylarning qirg‘oqlarida, bog‘larda, yong‘oqzor va archazorlarda uchraydi.



Download 22.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling