O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet60/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Jonli tabiat burchagi. Tabiatda davomli (uzoq vaqt davom etadigan) kuzatish va tajribalar o`tkazish uchun jonli tabiat burchagi tashkil qilinishi kerak, u yerda hayvon va o`simliklarni saqlash va zaruratga qarab ulardan tabiatshunoslikni o`rganishda foydalanish mumkin. Burchak o`quvchilarning darsdan va sinfdan tashqari ishlari uchun baza hisoblanadi. Bu yerda ular yilning istagan vaqtida ish olib borishlari mumkin.
Ekskursiyalar jonli tabiat burchagini tashkil qilishning boshlanishi bo`lishi mumkin. Suv havzasidagi hayot bilan tanisha turib, o`quvchilar molyuska, ninachi qurtlari, har xil qo`ng‘izlar, peskar (tanga baliq), shuningdek, suv o`simliklarining barchasi akvarium, shisha bonkalar yoki boshqa yaroqli idishlarga joylashtiriladi. Bog‘ va polizlarda ko`pincha meva, rezavor meva hamda sabzavot o`simliklari zararkunandalarining g‘umbak va qurtlari uchraydi. Ekskursiya vaqtida ularni yig‘ib, jonli tabiat burchagida ular ustida hasharotlar taraqqiyotining butun siklini tekshirib borish va qurtning harakatsiz g‘umbakka aylanishini, g‘umbakdan kapalak chiqishini kuzatishni tashkil qilish mumkin. Jonli tabiat burchagiga keltiriladigan tirik obyektlar alohida daftarda hayvon yoki o`simlikning keltirish vaqti (kuni), kimdan qabul qilinganligi, hayvonning nomi va holati ko`rsatilib qayd etib borilishi kerak.
Jonli tabiat burchagi uchun xona. Jonli tabiat burchagi uchun xona ajratilgani ma'qul. Bunga imkoniyat bo`lmaganda burchak o`simlik va hayvonlari tabiatshunoslik xonasi yoki sinfga joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug‘ bo`lishi kerak, deraza ro`parasiga qo`yilgan har xil tagliklar ham suv hayvonlari hamda suv o`simliklari bo`lgan akvariumlarni qo`yish uchun qulay bo`lishi lozim.
Agar jonli burchak alohida xonada bo`lsa, unda qushlarni ham saqlash mumkin. Barcha qush qafaslariga tozalash oson bo`lishi uchun harakatlanadigan taglik va oziq uchun harakatlanadigan yashik o`rnatiladi. Maktab tabiat burchagida jo`r, sa'va, to`ti, chittak kabi qushlarni saqlash ma'qul. Qafaslar devor yoki derazalarga ilib qo`yiladi, ularni shamol o`tib turadigan joyga qo`ymaslik kerak, bunday joy qushlar uchun halokatlidir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling