O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana18.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1707594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
6-sinf-oquvchilari-uchun-qoidalar-va-masalalar-toplami



 
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi 
 
Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini 
 qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish instituti 
 
 
 
6-sinf o’quvchlari uchun 
 qoidalar va masalalar to’plami 
 
 
 
 
Tuzuvchi: J.A.Elmurodov 
 
 
 
Toshkent 2016 
 



Son va raqam tushunchasi. Natural sonlar. 
Matematikada noldan to’qqizgacha bo’lgan belgilardan foydalaniladi. Ya’ni 
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 lardir. Bu belgilarga raqamlar diyiladi. Sonlar esa raqamlardan 
xosil bo’ladi.
Masalan. 1) 93 soni 9 va 3 raqamidan xosil bo’ladi. 
2) 275 soni 2, 3 va 5 raqamlaridan xosil bo’ladi. 
 
Agar son nechta raqamdan tuzulgan bo’lsa, u shuncha xonali son diyiladi.
Masalan. 56 soni ikki xonali, 268 soni uch xonali, 35689 soni besh xonali sonlardir. 
 
Sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar diyiladi. 
Natural sonlar 1 dan boshlanadi. Demak, eng kichik natural son bir. Eng katta natural 
son mavjud emas. Chunki eng katta deb olgan natural songa birni qo’shsak undan katta 
son xosil bo’ladi. Natural sonlar N harfi bilan belgilanadi.
 
Xona birliklari va sinflari. 
Berilgan sondagi har bir son aniq bir xona va sinfga ega bo’ladi. Berilgan 
sondagi chapdan o’nga qarab har bir raqam bitta xona birligini, har uchta raqam esa 
sinif nomini bildiradi.
Masalan. 23456789 xona birliklari va sinflariga ajrating. 
9 raqami shu sonda nechta bir borligini bildirgani uchun birlar xonasi, 8 raqami shu 
sonda nechta o’n borligini bildirgani uchun o’nlar xonasi, 7 raqami shu sonda nechta 
yuz borligini bildirgani uchun yuzlar xonasi diyiladi vahokazo.
789 soni berilgan sonda nechta bir borligini bildirgani uchun birlar sinfi, 456 soni 
berilgan sonda nechta ming borligini bildirgani uchun minglar sinfi, 23 soni esa 
berilgan sonda nechta million borligini bildirgani uchun millionlar sinfi diyiladi.
Bu fikrlardan foydalanib sonni xona birliklari bo’yicha yoyish mumkin. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling