O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi Shayxontohur tumani Xalq ta’limi bo’limiga


Download 3.83 Mb.
bet1/2
Sana06.10.2023
Hajmi3.83 Mb.
#1693517
  1   2
Bog'liq
SHIRIN dars ishlanma 2023




O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi
Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi
Shayxontohur tumani Xalq ta’limi bo’limiga
qarashli 169-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Foziljonov Muhammadqodirning 9-sinflar uchun adabiyot fanidan “Shirin obrazi. Unda ayollarga xos ma’naviy fazilatlar’’ mavzusida yozgan bir soatlik






Fan: adabiyot
Sinf: 9
Mavzu: Shirin obrazi. Unda ayollarga xos ma’naviy fazilatlar
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: Shirin obrazining ma’nan yetuk sharq ayoli sifatidagi qirralarini talqin va tadqiq etish;
b)tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarda komil insonga xos axloqiy-ma`naviy sifatlarni shakllantirish;
d)mustaqil, erkin ijodiy fikrlashni rivojlantirish.
Darsning metodi: Interfaol usul (“Aqliy hujum”), global ta`lim, guruhlarda ishlash, “Ochiq jurnal”
Darsning jihozi: Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni tarkibiga kiruvchi “Farhod va Shirin” dostoni, Natar Mallayev “O`zbek adabiyoti tarixi”, Vohid Zohidov “Ulug` shoir ijodining qalbi”, Navoiy ijodiga xos monografiya, Navoiy g`azallari yozilgan disk, texnik vosita, kompyuter, slaydlar.
Darsning tarkibiy qismlari:
I. Darsning tashkiliy qismi: salomlashuv, she’riy daqiqa, adabiyot so’ziga qisqacha ta’rif, “Besh tashabbus” haqida bahs
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1.”Ochiq jurnal”
2. Guruhlar taqdimoti
3. Bahs-munozara


O`qituvchi kirish so`zi:
Aziz o`quvchilar, bugungi darsimiz adabiyot. Keling, darsimizni “Xursandman” mashqidan boshlasak. Siz ham bir-biringiz bilan bugungi kunda, xuddi mana shu soatda, yuz ko`rishib turganingizdan xursandchilik sifatida dil izhoringizni bildirib qo`ying. Shoir aytganidek:
Hayotning har lahzazi go`zal,
Umrning har dami g`animat.
Endi asosiy darsimizga o`tamiz.
Jahonki, muqaddas neni ko`ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
Shu buyuk o`g`lingni ardoqlab dildan
Xalqim, ta`zim etsang arzigay tamom
Uning nomi bilan birga bitilgan,
Dunyo daftariga o`zbek degan nom!

Download 3.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling