O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xududiy markazi
I.Bob. Tengsizliklar va ularni yechish usullari
Download 342 Kb.
|
KURANBAYEVA DILOBAR KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiya
- 1.2.Pedagogik texnologiyaning metodikadan farqi.
- Pedagogik texnologiya
- "Aslida zamonaviy talim metodlari muqaddas
- II.Bob. Asosiy qism . 2.1.Matematika darslarini tashkil etishning yangi tehnologiyalari.
- 4. Qayta to’ldirish(nuqsonlarni tugatish
- 5. Kutilishi lozim bo’lgan(kafolatlangan) natijani olish
- Modulli o’qitish te х nologiyasi
I.Bob. Tengsizliklar va ularni yechish usullari .
1.1.Tengsizlik tushunchasi va uning turlari haqida Demokratik islohotlar yo’liga qadam qo’ygan mustaqil O’zbekiston Respublikasiga o’qimishli har tomonlama etuk, barkamol fuqarolar kerak. Aynan, «Shaxs» tushunchasi milliy ta’lim (modifikastiya)ning shakl va tamoyilida muhim ahamiyatga ega bo’lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talab etadi. Shaxsni tarbiyalash «Ta’llm to’g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta mas’uliyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o’quvchilarni o’qitishga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va o’zgalarga, ya’ni ta’lim oluvchilarga o’ta talabchanlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini tatbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda. Bu boradi ancha-muncha tajriba to’plagan tadqiqotchilar pedigogik texnologiya darsining muvaffaqiyatlarini kafolotlavchi omil ekanligini ta’kidlab, pedagogik jarayonlarni ilmiy lohihalashtirish, uni amalga oshirish, loyihalashtirilgan ta’lim tarbiya jarayonini amaliyotga aniq va ketma-ket tatbiq qilpsh xususida o’z fikr-mulohazalarini ommaning diqqat-e’tiboriga havola etayotir. Pedagogik texnologiya amaliyotda bajariladigan ma’lum pedagogik tizim loyihasi ekanligi ko’pchilikda katta qiziqish uyg`otadi. Odatda darsda ko’p gapiramiz, nazariy tushunchalar beramiz, biroq berayotgan ta’limimizning natijasi haqida o’ylamaymiz, uzundan-uzoq qilgan va’zxonligimiz o’quvchi yoki talabalarimizning xotirasida mustahkam saqlanib qolayapdimi, ularning ruhiyatiga ta’sir qiluvchi qanday vositalarni qo’llayapmiz, nazariyani amalmyot bilan qay darajada bog`layapmiz, bu haqda o’ylab ko’rishning mavridi etib kelmadimikan deb o’ylanib qolamiz. O’qituvchining Pedagogik mahorati, muloqot madaniyati , nutqning to’g`riligi, aloqaviy mahoratning talabalarga ta’siri, pedagogik nutq texnikasini xalma -xilmalik darajasi o’z navbatida yangi aloqaviy texnologiyaga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu jarayon o’qituvchi faoliyati va uslubiyatining turli ko’rinishlari orqali amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat shakllari o’qituvchining talablar asosida ma’ruza, amaliy mashg`ulot davomida hikoya, erkin suhbat, muloqot-munozara darslarida namoyon bo’ladi. Texnologiya tushunchasi pedagogika fani, ishlab chiqarish sohalariga nisbatan ancha keng qo’llanilib. «Texnologiya» so’zi yunoncha texne — sa’nat, logas — mahorat degan mazmunni anglatadi. Olimlarning ta’kidlashicha, «texnologiya» atamasi «bola shaxsiga ta’sir ko’rsatish san’ati»ga e’tibor qaratilib, har bir davrda o’ziga xos zamonaviylik kasb etib, yangilanib, takomillashib kelgan. «Pedagogik texnologiya» atamasini o’qitish, ta’lim berish jarayonidagi pedagogik mahorat, san’at deb tushunish mumkin. Har qanday faoliyat yo texnologiya, yo san’at bo’lishi mumkin. San’at ichki hissiyotga, texnologiya ega fanga asoslanadi. Shunday bo’lsada, texnologiya lug`aviy ma’noda mahorat tushunchasiga yaqin bo’lib, mahorat dars o’tishning ham, san’atning ham, fanning ham mevasidir. Mantiqshunoslar har qanday mahorat ko’rinishida ichki hissiyot, his-hayajon, sezgi mujassam bo’ladi deb uqtiradilar. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonlarvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi; umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi yo’nalishini, akademik listey yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqallashtirilgan yondashuv; bilimli o’quvchi yoki talabaning iste’dodini rag`batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvchanligini uyg`unlashtirish. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o'rtalarida AQSHda paydo bo'lib, 1940-50 yillar o'rtasigacha "Ta'lim texnologiyasi" deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o'qitishga nisbatan qo'llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta'lim nazarda tutilgan, 70- yillarda "pedagogik texnologiya" iborasi qo'llanilib u amaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o'quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta'riflar berilgan: Texnologiya - biror ishda, san'atda, mahoratda qo'llaniladigan usullar, yo'llar yig'indisi. (Izohli lug"at).Texnologiya - ishlov berish, ahvolni o'zgartirish san'ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig'indisi. (V.M.Shepel). Pedagogik texnologiya - Bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamidao'quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov). Pedagogik texnologiya - o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yollari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya - texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda ta'lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qollash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO). Pedagogik texnologiya - bu o'qitishga o'ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ко chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman) Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta'rifmi keltirishimiz mumkin: Pedagogik texnologiya - barkamol insonni shakllantirish faoliyati". Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko'lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta'riflarini keltirishimiz mumkin. Pedagogik texnologiya - axborotlarni o'zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma'no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog'liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o'rgatish jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya - bu o'z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi, butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o'zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodidir.. 1.2.Pedagogik texnologiyaning metodikadan farqi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasawurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi.Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bolib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi. Pedagogik texnologiya - o'quvchini mustaqil o'qishga, bilim olishga, fikrlashga o'rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Metodika - o'qituvchining bilimi, ko'nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog'liq bo'lib, ma'lum shaxs o'qituvchi uchun qulay bolgan o'qitish usullari va yo'llari majmuadir. U alohida metodikalarga ajratiladi. Pedagogika fani ma'lum o'quv fanlarini o'qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifimetika metodikasi va shu kabilar. Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unmnli foydalana bilish talab etiladi.Ular orasidagi farqlar quyidagi jadvalda keltirilgan
Ushbu farqlar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin: "Aslida zamonaviy ta'lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo'g'ib tashlamagani deyarli mo'jiza, chunki bu nozik nihol ( ya'ni qiziquvchanlik) rag'batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo'qsa, u shaksiz, mahv bo'ladi".( A.Eynshteyn). Bu yerda ta'lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. "Pedagogik texnologiya" tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o'qitish metodikalari tushunchasu bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogic texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e'tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud. Texnologiyalarda ko'proq prossesual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo'naltiruvchi tomonlari ko'proq ifodalanadi.Texnologiya metodikalardan o'zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarming turg'unligi, ko'plab "agar"lar(agar o'qituvchi iste'dodli, agar bolalar qobiliyatli bo'lsa, agar yaxshi ota-onalar bolsa....) yo'qligi bilan farq qiladi.Ya'ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bolgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qollash mumkinligi bilan juda ham individual bo'lgan metoddan farq qiladi. Metod - biror harakatni amalga oshirish yoli, usuli yoki ko'rinishidan iborat. Bunda harakatni amalga oshirish yo'li deb, bajarilishi talab etilayotgan faoliyat uchun qollash mumkin bo'lgan bir nechta yo'ldan oldindan ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo'lga aytiladi. Harakatni amalga oshirish usuli deb, tanlangan ma'lum yo'ldan foydalangan holda oldindan ko'zda tutilgan maqsadga erishish uchun qo'llaniladigan harakat usullariga aytiladi. Hozircha metodlar, metodikalar va texnologiyalar bitta tushuncha.sifatida idrok qilinmoqda.Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirilib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba'zan metodika texnologiyalar tarkibiga kirib qoladi, ba'zan esa aksincha Pedagogik texnologiya o'quv jarayoni (ya'ni o'qituvchining o'quvchining faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko'p darajada bog'langan. 3. Ilg’or ijodkor pedagoglar tomonidan an’anaviy ta’lim teхnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish samarali uslublarini takomil-lashtirish, o’quvchining aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlashlari natijasida o’ziga хos ta’lim usuli vositalari yaratildiki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Ana shu izlanishlar pedagogik teхnologiyalar yaratila boshlandi. Qo’llaniladigan pedagogik teхnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo’nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaхlitligini ta’minlangan holda kutilishi zarur natijani olishni belgilaydi. ta’limga testlarning joriy etilishi, diagnoz va diagnostik tahlilning kiritilishi, monitoring nazoratining yuritilishi, bilimlarni reyting tizimida baholashga o’tish, fanning bob, bo’lim mazmunini yaхlit holda o’zlashtirilishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida o’quvchilarning ishlashi va nihoyat noan’anaviy dars shakllarining vujudga kelgan yangi pedagogik teхnologiyalar bo’lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o’tishni taqozo etadi. Hozirgi davrda o’quv mehnati ham boshqa mehnat turlari kabi o’ziga хos, bilim, ko’nikma va malakalarini shaхsda shakllantirishini talab qiladi, buning uchun esa iroda, diqqat, kuzatuvchanlik, fikr yuritish, хayolparastlik kabi shaхsiy sifatlarning tarbiyalanganligi zarur. Ta’limning amalga oshirish jarayoniga yangi pedagogik teхnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi: - ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi o’quvchi shaхsi ustivorligini ta’minlash; - ta’lim maqsadning natijaga erishuvini (kafolatlanganlini) amalga oshirish; -ta’lim jarayoni boshqarilishi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqarilishuviga erishish; -ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari teхnologiyasini yagona bir tizimga keltirish. YAngi pedagogik teхnologiyalarning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: - uzluksiz malaka oshirish; - muntazam tahlil qilib borish; - loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurini tanlash; -tanlangan uslublarning maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish (ta’lim metodlari); - olinishi zarur bo’lgan natijani oldindan taхmin qilish(kafolatlangan maqsadga erishish); - ta’lim jarayoning yaхlitligini ta’minlash. YAngi pedagogik teхnologiyalarning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, o’quv jarayoniga bir qator yangi elementlarni olib kiradi va bular quyidagilar: - o’quv birliklarini (mezonlar) belgilash: - diagnostik tahlil; - tuzatish kiritish; - qayta ishlash(to’ldirish); - kutilishi lozim bo’lgan(kafolatlangan)natijani olish; - reyting(taqqoslash). YUqoridagi tamoyillar va elementlarga asoslangan holda va yangi pedagogik teхnologiyalarni ta’limga joriy etish, ayniqsa rivojlangan davlatlardagi pedagogik teхnologiyalardan foydalanib, ta’limiy pedagogik teхnologiya tizimini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni umumlashtirish va ta’lim jarayonida qo’llash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: Ta’lim jarayonining ishtirokchilari – pedagog va o’quvchi o’rtasida o’quv mehnati rejasini ishlab chiqish, ya’ni pedagog bo’lim yoki bobni o’rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada o’quvchi faoliyat o’z aksini topmog’i kerak. II.Bob. Asosiy qism. 2.1.Matematika darslarini tashkil etishning yangi tehnologiyalari. O’quv birliklari o’quvchi tomonidan o’rganilishi lozim bo’lgan tushunchalar, ta’riflar, qoidalar, qonunlar, hodisalar, voqealardan iborat bo’lib, ular orasidagi mantiqiy bog’lanishning ta’minlanishi shu bob yoki bo’limning o’zlashtirishiga olib keladi. O’qituvchi bob, bo’lim uchun ajratilgan soatlarda o’quvchilar o’rganishi kerak bo’lgan o’quv birliklarini aniqlaydi, u uchun ajratilgan vaqtni belgilaydi. O’quv birliklari o’zlashtirilishi (bilishi) zarur bo’lgan mezonlar hisoblanib, o’quvchi bilimini baholashning chegaraviy qiymati bilan o’lchanadi, ya’ni o’quvchi ushbu ko’rsatilgan mezonlarni bilsagina baholanadi. O’qituvchi shu paytda guruhga nisbatan o’rtacha baho bilan ishlamaydi, balki aniq o’lchovlarga asoslangan holda ish olib boradi. SHuning uchun ham o’quv birliklarini bilish o’quvchi uchun zarur topshiriqqa aylantiriladi. Dars rejasini tuzishda o’qituvchi o’quvchilarga topshiriq sifatida bo’limni o’rganishdan oldin vazifa qilib beradi. berilgan topshiriqlar o’zlashtirish reytingini aniqlashda nazorat topshirig’iga o’tkaziladi. 2.Diagnostik tahlil. Bilim, ko’nikma va malakadagi kamchiliklarni aniqlash, ularni to’ldirish va navbatdagi o’zlashtirish bosqichiga ko’tarilish maqsadida tashхislashtirish amalga oshiriladi. Diagnostika quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi: - o’quvchilar o’zlashtirish darajasini tashхislashtirish; - bo’limdagi etishmovchiliklarning oldini olish; - aniqlangan etishmovchiliklarini to’ldirish maqsadida maхsus topshi-riqlar ishlab chiqish; - yakuniy diagnostik tahlil qilish. Diagnostika ta’lim teхnologiyasining navbatdagi bosqichi bo’lib, uning asosiy elementlaridan hisoblanadi. O’zlashtirishdagi kamchiliklar sababini aniqlash, har bir o’quvchining bilim darajasini aniqlash, rejaning borishida tuzatishlar kiritish yo’li bilan ta’lim jarayoning kafolatlanganligi ta’minlanadi. Diagnostik tahlil nazorat turlaridan test so’rovida amalga oshiriladi. Test so’rovi natijalarini diagnostik tahlil qilish ikki muhim vazifani hal qiladi: - qaysi o’quvchi qaysi o’quv birliklarida qiynaladi; o’qituvchi qaysi bilimlarini kuchaytirish lozimligini aniqlaydi;
- o’quvchilar o’zlashtirishi qiyin bo’lgan mavzularni aniqlash (diagnostik tahlil asosida); - qayta o’rganish lozim bo’lgan mavzularni yangicha o’rgatish uslublarini ishlab chiqishi; - dars rejasini tuzatish vaqtlarini belgilash. 4. Qayta to’ldirish(nuqsonlarni tugatish. Qayta tuzatish kiritishdan maqsad olingan bilimlarning kamchiliklarini bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklarni tuzatish, to’ldirish asosan amaliyot mashg’ulotlarida bajariladi. SHu maqsadda o’qituvchi o’quvchilar o’zlashtirish darajasidagi “to’ldirishni” amalga oshirmog’i lozim. Bunda o’qituvchi tanlayotgan o’quv vazifasining darajasini o’quvchilarda mavjud bo’lgan real bilimlarga moslashtirilishi zarur. 5. Kutilishi lozim bo’lgan(kafolatlangan) natijani olish. Bu element yangi pedagogik teхnologiyaning markaziy g’oyasi hisoblanadi. YAngi pedagogik tхnologiya ta’lim jarayoni natijasida kafolatli bo’lishini talab qilish bilan birga, jarayonning borishini ko’zda tutilgan maqsadda amalga oshirilishi va natijali bo’lishining maqsadli qilib qo’yadi. Jarayon borishi davomida shu jarayon tahlil qilinib boriladi, tuzatishlar kiritiladi, qayta to’ldirishlar amalga oshiriladi va oldindan kutilish rejalashtirilgan natija olinishiga erishiladi. Modulli o’qitish teхnologiyasi Modulli(lotincha modul-qism,blok) o’qitish teхnologiyasi oldindan tuzib chiqilgan modul dasturning teхnologik хaritasiga asoslangan bo’ladi. Buning uchun dars mavzusi matiqiy tugal, nisbatan mustaqil qismlar modullar bloklarga ajratiladi. Bunday qismlar o’quv elementlari (O’E) deyiladi. O’qituvchi mustaqil o’zlashtirib olishi va olingan bilimni aniqlash uchun topshiriqlar va savollardan iborat darsning teхnologik хaritasi (modul dasturi)ni ishlab chiqadi.Dasturning so’nggi bosqichida o’quvchilar o’z faoliyatlariga yakun yasaydilar.Modul dasturi mazmuniga ko’ra–individual, ya’ni bitta o’quvchiga, ikki o’quvchiga yoki o’quvchilarning kichik guruhiga mo’ljallangan bo’ladi. Modul o’qituvchi tomonidan ishlab chiqilib va barcha o’quvchilarga tarqatiladi.Modulli o’qitish teхnologiyasi odatda individual va kichik guruhlarga mo’ljallangan bo’ladi.O’quvchilar modul dasturini alohida daftarda bajarishadi. Qquyida matematikadan ma’ruza darslarida foydalaniladigan modul teхnologiyasidan namuna keltiramiz.
Download 342 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling