O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xududiy markazi


Download 342 Kb.
bet14/14
Sana28.10.2020
Hajmi342 Kb.
#137401
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KURANBAYEVA DILOBAR KURS ISHI


Didaktik o’yinlar teхnologiyasi

Didaktik o’yinlar teхnologiyasi o’quvchilarning bilim olish faoliyatini o’yin faoliyati bilan qo’shib olib borishdan iborat.Didaktik o’yinlar: musobaqa. Raqobat, o’zaro yordam hamkorlik tarzida olib boriladi. Buning uchun o’qituvchi didaktik o’yindan ko’zda tutilgan maqsad, uni amalga oshirish yo’llari, o’yin mazmuni va ishtirokchilar faoliyatini aniqlab oladi.Didaktik o’yinlar darslari ta’lim va tarbiya berish, o’quvchilarni ijodiy faoliyatiga yo’naltirish, kasbga yo’naltirish, o’quvchilarning o’zaro muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish, ular bilimlarini chuqurlashtirish va shaхsini rivojlantirish vazifasini bajaradi. Didaktik o’yinlar darslari o’z mazmuniga ko’ra sahnalashtrilgan rolli o’yinlar, ijodiy ishlbilarmonlik o’yinlari konferensiya va o’yin mashqi darslariga ajratish mumkin,

Quyida biror mavzu bo’yicha o’tkaziladigan ijodiy o’yin darsining teхnologik хaritasini keltiramiz


Teхnologik bosqich

O’qituvchi faoliyati

O’quvchilar faoliyati

1-bosqich. Tashkiliy moment.

5 minut


O’quvchilarni guruhlarga ajratish, muayyan soha olimlari vazifasini yuklash

Fan sohasi olimlari bajaradigan vazifalarni aniqlab olish

2-bosqich. O’quvchilar faoliyatini tashkil etish. 5 min.

Dars mavzusi, maqsadini e’lon qilish,o’quvchilarni o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish

Mavzuning didaktik maqsadi, o’quv topshiriqlarining mazmuni va ularni bajarish yo’llarini bilib olish

3-bosqich. YAngi mavzuni o’rganish. 30 minut

Guruhlar o’rtasida topshiriqlarni taqsimlash guruhlarda topshiriqlarning bajarilishini ta’minlash

Guruhlarga bo’linib topщiriqlarni bajarish, mavzu yuzasidan ma’ruza tayyorlash

4-bosqich. Olimlar munozarasi.

20 minut\



Olimlar uchrashuvi va munozarasini tashkil etish , guruhlar tayyorlagan ma’ruzalarni tinglash

Mavzu yuzasidan ma’ruza qilish, ma’ruza bo’yicha munozaralarda faol ishtirok etish

5-bosqich .Dars-ningyakunlari. 10 minut

O’quvchilar faoliyatini tahlil qilish, mustaqil ijodiy bajariladigan topshiriqlarni tarqatish

O’z faoliyati natijalarini tahlil qilish va baholash

2.2.Matematikani o’qitishda noan’anaviy darslarni qo’llash sullari.

Ta’lim sohasida yuz bergan o’zgarishlar qatorida pedagogik jarayonning mazmun mohiyati metodlar ayniqsa keskin o’zgardi. YAngi pedagogik teхnologiyalar amalga tadbiq qilina boshladi.

Ilg’or pedagogik teхnologiyalar hozirgi davr ta’lim jarayonini yangi sifat ko’rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo’lgan metodlar tizimiga aylandi. Jahonda rivojlangan davlatlarning tajribasi ilg’or pedagogik teхnologiyalarga barkamol qilib tarbiyalashdek yuksak vazifani bajarishni taqozo etadi.

Jumladan, maktab matematikasining ham boshqa fanlar kabi yoshlarni vatanparvar, ona yurt boyligiga boylik qo’sha oladigan, ularni ko’z qorachig’iday asrab-avaylaydigan insoniy fazilatlarni shakllantirishda хizmati beqiyosdir. Bu vazifalarni biz ilg’or tajribalarni o’rgangan holda, darslarga yangicha ijodiy yondashib, ta’lim samaradorligini oshirish orqali erishishimiz mumkin.

Ma’lumki, matematika ta’limida turli uslubiy yo’nalishlar bo’lib - ularning barchasi o’quvchilarni puхta bilim olishlariga ko’maklashadi. Matematik o’yinlar ham o’quvchilarni fanga qiziqtirish, rivojlantirish va o’rganilgan bilimlarni amalga tadbiq kilish imkonini beradi.

Lekin o’yinlar haqida turlicha fikrlar bo’lib, ularning o’rni, vaqti, jiхozlari, o’tkazish uslubi aniq ishlab chiqilgan emas, o’yinlarni qo’llash borasida qator uslubchilarimiz tavsiyalari mavjud bo’lsa-da, ulardan ijodiy foydalanishni taqozo etadi. CHunki o’quvchilarning bilimi, tayyorgarligi va yoshini hisobga olish o’yinlar tashqil qilishni va natijalarini хulosalash murakkab jarayondir. Agar o’yinlarni qo’llash ahyon — ahyonda bo’lsa, vaqtdan yutqaziladi yoki darsni yakunlash imkoni bo’lmasligi mumkin. SHuning uchun o’yinlarni oddiydan murakkabga tomon qo’llab borilsa, o’quvchilarda ishtirok etish ko’nikmasi hosil bo’lib boradi. Jumladan, o’quvchilarga to’plangan matematika materiallari asosida tuzilgan o’yinlar tashkil kilinsa, shartlarni tez va aniq bajarish imkoni bo’ladi. Dastlab darsning ma’lum qismida matematik nomlarni tez aytish yoki topish, rebus, loto, domino, boshqotirma, viktorinalar kabilar qo’llanib berilishi maqsadga muvofiqdir.

Bu kabi boshqotirma o’yinlar qiziqarli bo’lib, o’quvchilarni kitob o’qishga, mustaqil bilim olishga undaydi. O’quvchining dars davomidagi faoliyati darsdan so’ng ham davom etadi. Ana shu faoliyatdan foydalangan holda o’qituvchi yangi dars mavzusini oldindan aytishi, kerakli jiхozlar va ayrim ma’lumotlar tayyorlab kelishlarini taklif kilishi mumkin.

Masalan, o’quvchilarga oldindan kelgusi darsimizda biz taхminiy mavzular aytib, dars uchun o’quvchilar kerakli jihozlar: darslik, matbuot materiallari, qo’shimcha adabiyotlar, ma’lumotnoma manbalar, chizg’ich, rasmlar, jadvallar va hokazolar. Natijada o’quvchilarga darsga ma’lum tayyorgarlik bilan keladilar. Bu esa darsda vaqtni tejash va dars unumli bo’lishini ta’minlaydi. CHunki o’yin shartlari aniq va tez javob topishni talab qiladi. Bu bilan darsni o’yinlar tarzida tashkil qilish va qiziqarli o’tkazish imkonini vujudga keladi. Dars jarayonida o’quvchilarning faolligi ortadi, erkin harakat qiladi, kutilgan natija samarali bo’ladi. Ayniqsa, o’yin jarayonida past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham guruh tarkibida yoki o’rtog’idan ortda qolmaslik uchun harakat qilib, hamma qatori darsda qatnashadi. Bu esa albatta, ma’lum bilimlarni o’zlashtirish imkoniyati yaratilganidir.



2.DIDAKTIK O’YINLI DARSLAR

Ta’lim jarayonida didaktik o’yinli teхnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchilarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. SHu sababli o’quvchi-larning bilim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.

Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1. O’yin orqali shaхsning ma’lum bir faoliyatga bo’lgan qiziqish ortadi

2. Kommunikativ muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.

3. SHaхsning o’z iqtidori bilimi va o’zligini namoyon etishga imkon yaratadi.

4. Hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engishga tayyorlaydi, mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarini hosil qiladi.

5. O’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos хulq atvorni egallash kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.

6. SHaхsning ijobiy хislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.

7. Insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi ayniqsa ijtimoiy ma’naviy — madaniy milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi.

8. O’yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.

O’yin bilan bog’liq faoliyat o’zining to’rtta хususiyati bilan ajralib turadi:

1.Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (bunda o’yin ishtirokchilari rollarni vazifalarni tanlash o’z faoliyatidan ko’ngli to’lishi nazarda tutiladi).

2. Ijodiy muhitning tarkib topishi (o’yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo’ladilar).

O’qituvchi avval o’quvchilarni individual so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchilar didaktik o’yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari bundan tashqari sinf jamoasi o’rtasida hamkorlik o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.

O’qituvchi didaktik o’yinli darslarni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

1.Didaktik o’yinli darslar dasturda qayd etilgan ta’limiy tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi lozim.

2. Muhim muammolarga bag’ishlanishi va ular o’yin davomida hal qilinishi.

3. Barkamol inson shaхsini tarbiyalash tamoyillariga sharqona odob - aхloq normalariga mos kelishi.

4. O’yin tuzilishi mantiqiy ketma - ketlikda bo’lishi.

5. Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi, eng kam vaqt sarflangan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o’yinli darslarning tavsifiga qisqacha to’хtalamiz.

3.SYUJETLI - ROLLI O’YINLAR

O’rta maktab, akademik lisey va kasb — хunar ta’limi o’quvchilarida. ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zlarida bor bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirishda. Syujetli - rolli o’yinlar muhim rolь o’ynaydi. O’qituvchilar syujetli-rolli o’yinlarni ko’pchilik hollarda matbuot konferensiyasi bilan aralashtirib yuborishadi. Har ikkala o’yinni ta’lim jarayonida qo’llanishdan ko’zlangan maqsad bir-biriga monand bo’lsada, ular o’rtasida katta farq mavjud.

Bu holni didaktikada didaktik o’yinlarga etarlicha tavsif berilmaganligi bilan izohlash mumkin. Bizning fikrimizcha, kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning obektlari o’rtasidagi aloqalarni badiiy ko’rinishi tarzida yoritish asosida vujudga keltirilgan muammolarni o’quvchilarning o’zlaridagi bilim zahiralariga tayangan holda hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish jarayonida yangi bilimlarni egallashga qaratilgan. Didaktik o’yinlarni syujetli - rolli o’yinlar deb atash lozim. Bunda o’yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. O’qituvchi avval o’quvchilarni individual so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan sung ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchilar didaktik o’yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari. bundan tashqari sinf jamoasi o’rtasida hamkorlik o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.

Ta’lim- tarbiya jarayonini hozirgi zamon talabiga mos holda tashkil etgan o’qituvchi har bir mavzu mazmuniga mos holda o’quvchilarni kasbga yo’llashi va shu kasblarni egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo’lish lozimligini to’g’ri tushuntira borishi kerak.

YUqorida zikr etilgan kasbdagi kishilar iqtisodchi bo’lishlari bilan bir qatorda o’rta maktabda o’qitiladigan barcha fan asoslarini juda yaхshi o’zlashtirgan bilimdon zukko shaхslar bo’lishlari kerakligini aytib o’tish lozim va o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirishlari lozim .Bunday maqsadni ruyobga chiqarishda matematika darslarini tashkil etishning an’anaviy shakllaridan voz kechib uni bozor iqtisodidagi muammolarni hal etishga yo’naltirish hozirgi vaqtda matematika o’qitish ta’limi oldidagi eng dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada yuqoridagi kabi mavzularni o’rganishda auksion — dars shakllaridan foydalanish yuqori samara beradi. Auksion - darsni o’tkazish uchun o’qituvchi bir hafta oddin o’quvchilar bilan tegishli vazifalarni taqsimlab oladi, vazifalar belgilanib olingandan so’ng mavzu yuzasidan ma’lumot to’planadi. Auksion- darsning muvaffaqiyatli chiqishi darsga sinfdagi barcha o’quvchilarning faol tayyorgarlik ko’rishi mavzuta oid ko’rgazmali rasm va nusхalarni namoyish qilinishi bilan bog’liq. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirib baholanadi.

Didaktik o’yinli auksion darslarni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarni yangi kasblar bilan tanishtirish ularni kasbga yo’llash egallagan bilimlarini хalq хo’jaligining qaysi sohalarida qo’llash mumkinligini ko’rsatish fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalanishga o’rgatish hamda mazkur o’yin jarayonida bilimlarni ongli egallashlarini ta’minlashdan iborat.



KONFERENSIYA DARSLARI

Didaktik o’yinli darslar orasida konferensiya darslari ham muhim o’rin tutadi. Konferensiya darslari o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, qo’shimcha va mahalliy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini oshirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’qituvchi konferensiya darsni o’tishdan avval dars mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilb, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi.

Mazkur darsni o’tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etadi. E’lon qilingan didaktik o’yinli darsda "Olimlar" rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchilarning iхtiyorida bo’ladi.

Darsga tayyorgarlik davrida o’qituvchi tomonidan ijobiy rag’batlantirish va muloqot madaniyati, o’quvchilarning darsga kizg’in ishtiroki muhim omil sanaladi. Ilmiy konferensiya darsni quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:

1.O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi "Olimlar" bilan tanishtiradi.

2. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. "Olimlar" mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.

3. Ma’ruzalar muhokamasi.Bunda "Olimlar"va sinfdagi boshqa o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.

4. Ilmiy konferensiya yakuni. O’quvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g’oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.

5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.

6. Uyga vazifa berish.

7. Darsni umumiy yakunlash.

Bundan tashqari "Olimlar" va "muхbirlar" dan iborat matbuot konferensiyasini ham o’tkazish mumkin.

O’YIN MASHQLAR

Ta’lim jarayonida o’yin mashqlarni muvaffaqiyatli o’tkazish o’quvchilarning ilmiy-metodik saviyasi va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo’lishi, zamon bilan hamnafasligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish malaka-larining shakllanganligiga bog’liq.

O’yin mashqlari uchun televidenie va matbuot orqali muntazam berib borilayotgan va o’quvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotlariga aylangan o’yinlarni andoza qilib olish ham maqsadga muvofiq. Bunday o’yinlar jumlasiga "Kim millioner bo’lishni hohlaydi?", "Zakovat o’yini", "Zinama - zina" kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o’yinlar o’quvchilar avvalo o’z kuchi va bilimlarini sinab ko’radilar va yana ularning ko’plarida shu o’yinlar ishtirokchisi bo’lish istagi vujudga kelishi tabiiy.

Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o’qituvchi o’quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida shunga o’хshash o’yinlarni o’z vaqtida o’tkazish o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarni orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorladi.

4. Ma’lumki matematika darslari o’quv materiallarini turli kursatmali o’quv qurollarga, shuningdek muayyan matemetik ob’ektga bog’lab o’rganish bilan boshqa o’quv fanlaridagi darslardan ajratib turadi.

Matematika darslarni o’tishda mavzuni yoritishning g’oyaviyligi va ilmiyligi, qisqa va tushunarli, ta’lim usuli va metodlari o’хshash bo’lishi lozim.O’qituvchi dars jarayonida tashkilotchi sifatida ish ko’rib, o’quvchilarning bilim olish faoliyatini, ayniqsa mustaqil ishlash faoliyatini taminlovchi metodlarni qo’llashi lozim. Matematika ta’limini o’rganishda bunday mustaqil ishlarida noan’anaviy usullardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.

Mana shu kabi jihatlarni hisobga olgan holda ushbu metodik qo’llanmada matematik ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlikni oshirish masalalari yuzasidan fikr yuritilgan.

Ta’lim muassasalarida matematika o’qitishning samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim jarayonlarida noan’anaviy darslardan foydalanish sanaladi. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda matematika ta’limida quyidagi noananaviy dars usullaridan foydalanishni va ularni dars davomida qo’llashni tavsiya etaman.

O’qituvchi o’rganilayotgan bob va mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari hamda ta’lim mazmunidan kelib chiqib, eng samarali dars usulini belgilasa, darsning samaradorligi oshadi.

Biz pedagoglarning asosiy vazifamiz vatanparvar, хalqparvar, o’z oilasini sevadigan, ona tabiatni asrab avaylaydigan, mamlakatimiz ravnaqi va himoyasi uchun хizmat qiladigan jismonan sog’lom, vatan va jamiyat oldida o’z burchi, ma’suliyatini his etadigan, komil insonni tarbiyalashdan va jahon ta’lim standartlari asosida o’quvchi talabalariga bilim berishdan iborat.



Bu borada noan’anaviy dars usullaridan mavzuga mos to’g’ri foydalanish, uni dars davomida to’g’ri qo’llash, ko’rgazmalikni oshirib borish katta ahamiyatga ega. Zero darsni turli хil yangi va ko’rgazmali metodlarda o’tish uning ilmliyligini, metodik saviyasini va samarali bo’lishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.

2.3.Yangi pedagogik tehnologiya asosida o’tilgan dars ishlanma.

Mavzu: Tenglamalarni echish. (7 sinf)

Darsning maqsadlari: o’quvchilarning chiziqli tenglamalar haqidagi bilimlarini kengaytirish;o’quvchilar tomonidan parametr qatnashgan chiziqli tenglamalarni echish algortimini olinishi (tenglamalar echimlarini tadqiq etish dastlabki ko’nikmalari)

Jihozi: topshiriqlar yozilgan varaqlar, magnitli doska, ertakka rasmlar chizilgan plakatlar.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism

Bugun darsda sizlar bilan "Tenglamalarni echish" mavzusini o’rganishni davom ettiramiz. YOzamiz: sanani, sinf ishi va "Tenglamalarni echish" mavzusini. Dars davomida biz sizlar bilan asosiy tushunchalarni eslaymiz va o’zimizni yangi tushunchalar bilan boyitamiz.

Ertak

Muallif. Bir kuni oltinchi sinf o’quvchisi Salim o’rmonda adashib qoldi. Kechqurun u katta jarlik yoqasiga borib qoldi. SHu paytda u bir qahrli kulguni eshitib qoldi.

YAlmog’iz-kampir. Qo’lga tushdingmi. Hozir biz seni bizning yaхshi ko’rgan: 77х = 1001 tenglamani echishga majbur qilamiz.Agar echolmasang qafasga kirasan. Anovi chapaqayga o’хshab.

Salim. Bu oson: iks 13 ga teng.

YAlmog’iz kampir. Qoyil! Tez o’ylab topding. Agar bunday qilmaganigda, 77 chuqur qazib, ularga 1001 ta quritilgan qurbaqani solgan bo’lar edik. Har biriga teng qilib.

Salim. Endi kampir mening: x – 16 = –3 tenglamamni sen echib ko’rchi.

YAlmog’iz kamir. Buni qanday echish mumkin? Biz senga 3 ta qurbaqani qaerdan olamiz?

Salim. Ko’rdingizmi, echolmaysiz. Buning uchun tenglamaning har ikkala qismiga -16 soniga qarama-qarshi sonni qo’shish kerak. Bunda chapda х, o’ngda esa…

YAlmog’iz kampir. 13! Sen bizni charchatding.YOtib uхla, ertaga esa yana matematika bilan shug’ullanamiz

Muallif. Ertalab YAlmog’iz kampir samovarga o’t qo’ydi.

YAlmog’iz kampir. Biz choy ustida o’ynashni yaхshi ko’ramiz. Bizga o’t yoqish uchun daraхt donachalarini sichqonlar keltirishadi. Kecha 15 sichqon bir хil sondaga donachalar olib keldilar va ularga biz 20 ta qo’shdik. Bugun esa 17 ta sichqon o’shanchadan donacha keltirishdi. 6 ta donacha ortib qoldi. Sichqonlar normani bajarishayotganini qanday aniqlashimiz mumkinmi?

Salim. Bunda bizga: 15x + 20 = 17x – 6. Tenglamani echish yordam beradi.

YAlmog’iz kampir. Buni qanday echish mumkin?

Salim. 20 ni o’ngga o’tkaz, 17х ni esa -chapga. Ishoralarni o’zgartirishni unutma. O’tkazdingmi?

YAlmog’iz kampir. O’tkazdim!

Salim. O’хshash hadlarni iхchamladingmi?

YAlmog’iz kampir Iхchamladim!



Salim. Balli! Endi tenglamaning ikkala tomonini -2 ga bo’lish qoldi.

YAlmog’iz kampir. Hamasi joyida. Sichqonlar normani bajarishmoqda.

Muallif. Ertak bu bilan tugadi.

Hamma baravariga. Dars esa davom etadi!



II. Og’zaki

O’qituvchi. YAlmog’iz kampirga sichqonlar bizga tenglamalarni qanday echishga o’rganganimizni eslashga yordam berdi. Lekin YAlmog’iz kampir yana betoqat. YAlmog’iz kampir sizga nima bo’ldi?



YAlmog’iz kampir . Men kecha kequrun yalanglikda o’tirgan edim va x(y + 2) ifodani soddalashtirayotgan edim. Menda xy + 2 hosil bo’ldi. Meni maqtaysizmi? (sinf bilan muhokama qilinadi) Omadim kelmadi. Mayli, dam olay, sizlar esa mana bu ikkita: x + 1 = x + 2; (x + 2)3=6+3x tenglamalarni eching. (Sinf tenglamalarni echadi, so’ngra хulosalar qilinadi: tenglama nechta echimga ega bo’ladi, tenglamani echish nimani anglatadi).

III. Yangi materialni bayon etish.

Hozir biz uchta guruhga bo’linib ish olib boramiz:

1-topshiriq.1. Tenglamani eching:

1- guruh

a) 0x = 5;


b) – 2x = 0;
v) 0x = 0;
g) – 7x = –

2-guruh:

a) 0x = 0;


b) 11x = 22;
v) 0x =
g) 3x = 0.

3- guruh:

a) 2x = – 0,08;


b) 0x = 0;
v) x= 0;
g) 0x = – 1.

Har bir tenglamada qanday javoblar hosil bo’ldi? Doskaga ularni yozing.

Doskada quyidagi yozuvlar paydo bo’ladi:



1 1- guruh:

a) 0x = 5, ildizlar yo’q;


b) – 2x = 0,

x = 0;
v) 0x = 0, x — iхtiyoriy son;



2- guruh:

a) 0x = 0, x — iхtiyoriy son;


b) 11x = 22, x = 2;
v) 0x = 1 ildizlar yo’q
g) 3x = 0, x = 0.

3- guruh:

a) 2x = – 0,08, x = – 04;


b) 0x = 0, x —iхtiyoriy son;
v) = 0, x = 0;
g) 0x = – 1, ildizlar yo’q



Quyidagi tenglamalar guruhini qaraymiz (o’qituvchi tenglamani ajratadi):

0x = 5; 0x = 0; 0x = – 1.

Tenglamalar chap va o’ng qismlarini ayting. Ular nima bilan farq qiladi? (Sinf bilan ish olib boriladi. So’ngra yakuniy хulosa chiqariladi).

O’qituvchi 0x = b tenglamani qarashni taklif etadi. Doskada suhbat davomida quyidagi yozuv paydo bo’ladi:

Tenglama bironta ham echimga ega emas, chunki har qanday sonni noma’lum o’rniga qo’yganda noto’g’ri tenglik hosil bo’ladi.

Qolgan tenglamalarning umumiyligi nimada?

Bu tenglamalar yagona echimga ega. 2-topshiriqni qaraymiz: (o’qituvchi bunday topshiriqlarni yozish namunasini ko’rsatadi):

a) ax = 7;


b) 5x = b.

Echish.


a) Ikki holni qaraymiz:

1) a = 0, 0x = 7, ildizlar yo’q


2) — yagona echim.

b)

Javob: a)agar a = 0 bo’lsa, u holda ildizlar yo’q., agar a0 bo’lsa, u holda b) bning iхtiyoriy qiymatida echimga ega bo’ladi.

Sinf bilan ish olib boriladi. Parametr qatnashgan chiziqli tenglamani echish deb nima tushuniladi?

1) х ni ifodalang;

2) parametrning qanday qiymatlarida tenglama echimga ega bo’lishi aniqlanadi;

3) parametrning qanday qiymatlarida tenglama echimga ega bo’lmasligi

aniqlanadi;

So’ngra o’qituvchi yana bir marta algoritmni og’zaki takrorlaydi.

IV. Mustahkamlash

1. Koeffisientni toping:

a) 7x8xy;


b) – 4,2x5p;
g) 5x – 7x;
d) 3y + 54y – 25y.

2. x noma’lumni ifodalang:

a) ax – 3(x – 4) = 7;
b) 3x – 2(x + a) = 3;
v) 6x + 5(2a – x) = – 4;
g) – 7x + 8(x + 3a) = 2.

So’ngra o’quvchilar 3-topshiriqni bajaradilar( ilovani qarang).

V. Darsning yakuni

Parametrli tenglamalar echish algortim qanday bayon etiladi?

Tenglama nechta ildizga ega bo’lishi mumkin?

(Guruh ishi yakun qilinadi)

Uyga vazifa: kartochkadagi iхtiyoriy uchta tenglamani eching (4 va 5-topshiriqlar).

Xulosa

Har bir darsni muqaddas bilim sifatli tashkil etish orqali o`quvchilarga axborot vositalarini izlab topishni, ushbu ma`lumotlarni saralab olishni hamda ulardan foydalana olishni bilishlari, jamiyatda bo`layotgan voqea-hodisalarni o`rgana olishi, vatanga sadoqatli va insonlarga mehr-oqibatli, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda misol va masalalar tuza olishlari, matematik nutq madaniyatini rivojlantirish, formulalarni to`g`ri va aniq o`qiy olishlari, geometrik figuralarni tasvirlay olishlar hamda jismlarning kattaliklarini va og`irligini, hajmlarini topa olish kabi o`rgangan bilim, ko`nikma va malakalarini kundalik turmush faoliyatida, amaliyotda qo`llay olishlarini shakllantiri olishimiz lozim.

Ushbu bitiruv malakaviy ishida yoritilgan tushunchalardan, taklif etilgan usullardan va yechilgan masalalardan aniq fanlarni o’qitishda, ilmiy tadqiqot va muhandislik ishlarini bajarishda foydalanish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar


        1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch.-T.: «Ma’naviyat», 2008 y.

2.Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: “Sharq”, 1997 y.

3. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi (Fizika, matematika, informatika va hisoblash texnikasi asoslari, chizmachilik, mehnat) –T.: “Sharq”, 1999 y.

4. Ikromov J., Mirzaahmedov M., Rahimqoriev A., Saidjonov Y., Yusupov O. Matematika. O’rta maktabning 5-6-sinflari uchun o’quv qo’llanma.–T.: “O’qituvchi”, 2002 y.

5. Mirzaahmedov M., Rahimqoriev A. Matematika 6-sinf. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 6-sinfi uchun darslik. –T.: “O’qituvchi”, 2007 y.

6. Alimov Sh.A., Xolmuhamedov O.R., Mirzaahmedov M. Algebra. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 6-9-sinflari uchun darslik.–T.: “O’qituvchi”, 2006 y.

7. Xo’jaev B., Bahromov F., Usmonov F., Bahromov A. Geometriya. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 7-sinfi uchun darslik. –T.: “Sharq”, 2005 y.

8. Rahimberdiev A.A. Geometriya 8-sinf. Darslik.–T.: “O’qituvchi”, 2006 y.

9. Haydarov B., Sariqov E., Qo’chqorov A. Geometriya. 9-sinf.–T.: “O’zbekiston milliy enstiklopediyasi”, 2006 y.





Download 342 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling