O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 393.5 Kb.
bet28/43
Sana02.02.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1147437
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
chekma

Kommunikativ tolerantlik - shaxsning boshqa shaxslarga nisbatan munosabati tavsifi bo'lib, ya'ni ularning o'zaro munosabatida tomonlarning xatti-harakatlari, xarakter sifatlari va ruxiy holatlarini tushuna bilishlik.
Konflikt - (lot. sonflictus – to’qnashuv o’zganing fikri va dunyoqarashiga nisbatan keskin ravishda ifodalangan to’qnashuv) tomonlar, fikrlar, ko’rinishlar to’qnashuvi.
O’ZINGNI O’RGAN. SIZ - SARDORMISIZ?

(Asosiy shart - savollarga haqqoniy javob berish kerak)



  1. Agar Siz bilan muammoni yechish ustida ishlayotgan kishining fikri Siznikidan kuchliroq bo’lsa, o’zingizni qanday tutasiz?

a) Xayajonlanasiz.
b) Xijolat chekasiz.
v) Qiziqasiz.

  1. Siz yangi g’oyani amaliy tatbiq etish bo’yicha tuzilgan ishchi guruhda ishlayapsiz. Boshqalarnikiga nisbatan o’z g’oyangizni qanday baholaysiz?

a) Sizniki yomonroq.
b) Yaxshiroq.
v) Sizniki yomon emas, lekin yaxshi ham emas.

  1. Boshqalarga biron zarur gapni aytmoqchisiz. Boshqalar Sizni:

a) Eshitmaydilar.
b) Eshitadilar, ammo tushunmaydilar.
v) Eshitishmaydilar va tushunishmaydilar.

  1. Bir ish bilan uzoq mashg’ul bo’ldingiz. Sizni hech kim maqtamadi, payqamadi. Nima qilasiz?

a) Xafa bo'lib tashlab qo’yasiz.
b) Boshqa ish topasiz.
v) Oxiriga yetkazasiz.

  1. Sizni oddiy ishtirokchi sifatida, biron bir g’oyani amaliy tatbiq etishni muhokama qilishda qatnashish uchun taklif qilishdi. Siz nima qilasiz?

a) Ahamiyat bermaysiz, chunki o’zingizni sardor sifatida bilasiz va noqulay sezasiz.
b) Agar rahbar etib tayinlashmasa, qatnashmaysiz.
v) Bir marta oddiy ishtirokchi bo'lib qatnashishga qarshi emassiz.

  1. Qilayotgan ishingizni amalga oshirolmasangiz, nima yuz beradi?

a) To'xtatasiz, chunki ishonmaysiz.
b) To'xtatasiz, chunki sizni boshqalar tushunmaydilar.
v) Xatog’ingizni tuzatishga kirishasiz.

  1. Guruh bilan biron mas'uliyatli ishga kirishsangiz, ishni qanday olib borasiz?

a) Ishni katta qismini boshqalarga berasiz.
b) To'g'ri qilinganligiga ishonch xosil qilish uchun o'zingiz qilasiz.
v) Ishga qiziqishi va malakasiga qarab bo'lib berasiz.

  1. Tayyorgarligi bilan ajralib turadigan odam bilan ishlayapsiz.

a) Noqulaylik sezasiz.
b) O'zingizni undan pastroq sezasiz.
v) O’zingizni undan ustunroq sezasiz.

  1. Tez-tez tanqid qilib turishsa... Siz:

a) O'zingizdan xafa bo’lasiz.
b) Jahlingiz chiqadi.
v) Ishni to'g'rilashga harakat qilasiz.

  1. Qilayotgan ishingizga halal berishsa va ishingiz ko’ngildagidek chiqmasa?

a) Aybdorni qidirasiz.
b) Boshqalarni ayblaysiz
v) Ishni to’g’rilash yo’llarini izlaysiz.
«a», «b», «v» javoblar miqdorini hisoblang.

Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling