3.O`zbekiston Respublikasining jahon xo`jaligi iqtisodiyotiga kirib borish muammolari.
Boshqa mamlakatlar qatori O`zbekiston ham xorijiy investitsiyalarga:
Iqtisodiy va texnik jarayonni jadallashtirish;
Ishlab chiqarish apparatini yangilash va modernizatsiyalash;
Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va ilgor usullarini egallash;
Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda bu mablag`larga javob beruvchi kadrlarni tayyorlash omillari sifatida qaraydi;
O`zbekistonning muommoli xususiyatlari birinchi navbatda quyidagilarda ifodalanadi:
O`zbekiston barcha strategik yo`llar tutashuvchi mintakada joylashgan bo`lishiga qaramay, bevosita dengizga chikuvchi yo`llarining yo`qligi, kommunikatsiya tizimlarining yetarlicha rivojlanmaganligi;
Ishlab chiqarish tuzilmalarining eskirganligi;
Sobiq ittifoq davrida O`zbekiston sanoatining faqat bir tomonlama rivojlanganligi;
Qishloq xo`jaligining past rivojlanganligi;
Bozor iqtisodiyoti asosida butun xalq xo`jaligi kompleksini qayta qurish uchun yirik hajmdagi kapital kuyilmalar talab etiladi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki xorijiy investitsiyalarning ularni qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodidagi hajmi investitsion iqlimga bog`liq.
Bu iklim ko`p jihatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatning va tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari valyuta, moliya - kredit va soliq tizimining rivojlanishi darajasi bojxona tartibi bilan belgilanadi. Investorlarning u yoki bu mamlakat iqtisodiga sarmoya qo`yishga tayyorligini, unda mavjud bo`lgan investitsion iklimga ko`p jihatdan bog`liqdir.
Investitsion iqlim - bu yakuniy hisobda kapital qo`yilmalarning tavakkalchilik darajasi va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini belgilab beruvchi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, maishiy va boshqa omillarning umumiyligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |