O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Moliya tizimi. Soliqlar va ularning vazifasi


Download 0.92 Mb.
bet81/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

3.Moliya tizimi. Soliqlar va ularning vazifasi.

Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini o`z ichiga oladi.


Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo`li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug`urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug`urta fondini o`z ichiga oladi. Undan tashqari moliya pul muomalasi, bank-kredit tizimini ham o`z ichiga oladi. Davlat pul mablag`larining asosiy markazlashgan fondi bo`lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo`g`ini bo`lib xizmat qiladi. Moliya munosabatlari unsurlarining bir-birini taqozo etishi, o`zaro bog`lanishi va yaxshiligi moliya tizimini yuzaga keltiradi. Bu tizim bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyatdagi moliya munosabatlarining majmuasi moliya tizimi deb ataladi. Moliya tizimiga har xil yondashish mumkin. Agar moliya tizimiga takror ishlab chiqarish jihatidan karasak, u mikromoliya va makromoliyadan iboratligini ko`ramiz. Ma'lumki, mikromoliya ayrim xo`jalik sub'ektlari korxona, firma, kompaniya, shuningdek, oila doirasidagi moliya aloqalaridir. Mikromoliya munosabatlari ikki yo`nalishda boradi. Birinchisi- ichki moliyaviy aloqalar, bunda hosil bo`lgan moliya (pul) resurslari jamoa doirasida taqsimlanib, ishlatiladi. Ikkinchisi - tashqi moliyaviy aloqalar. Bunda pul mablag`lari xususidagi munosabatlar boshqalar bilan, ya'ni banklar, birjalar, mahalliy hokimiyat, markaziy davlat hokimiyati, aniqrog`i ularning moliyaviy idoralari bilan yuz beradi.
Mazkur moliya resurslari quyidagi manbalardan yuzaga keladi: amortizatsiya ajratmasi, olingan foyda, ishchi xizmatchilar beradigan ulush puli (agar korxona sotib olinsa), korxona aktsiyasi va obligatsiyasini sotishdan kelgan va qarzga olingan pul mablag`lari, ko`rilgan zararni qoplash uchun olinadigan sug`urta to`lovi, korxona o`zgalardan sotib olgan aktsiya, obligatsiyalardan tegadigan daromad, davlat moliyaviy yordam sifatida beradigan subsidiyalar va h.k.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaga tashqaridan resurslar jalb etishda qimmatbaho qog`ozlar - aktsiya va obligatsiyalar chiqarib, ularni boshqalarga sotish qo`l keladi. Aktsiya va obligatsiya chiqaruvchi korxona, firma emitent deb ataladi. Aktsiya korxonaga qo`yilgan kapitalda uni sotib olganlarning hissasi borligini tasdiqlovchi va foydaning bir qismini shu hissaga qarab divident shaklida olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog`ozdir.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling