O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Ish haqi- ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy maxsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir


Download 0.92 Mb.
bet105/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Ish haqi- ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy maxsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ishchi kuchi uchun qanday shaklda va qancha summada ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi.
Nominal ish haqi- bu ma'lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqidir.
Real ish haqi-bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo`lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir, ya'ni real ish haqi -bu nominal ish haqining «sotib olish layoqati» dir.O`z-o`zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar bahosiga bog`liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo`lganda, nominal ish haqiga to`g`ri mutanosibdir va iste'mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
Ya'ni: Bunda:Vr-real ish haqi ;
Vn- nominal ish haqi
R-iste'mol buyumlari va xizmatlar narxi Nominal ish haqi-ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste'moli va farovonlik darajasini xarakterlaydi.
Ishlab chiqarishning texnik asoslaridagi, ishchilar mehnatining mazmunidagi, ularga bilim berish va kasb korlikka o`rgatish borasidagi o`zgarishlar ish haqi shaklini va tizimlarini ham o`zgartirib turadi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.
Vaqtbay ish haqi-xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga qarab to`lanadigan ish haqidir. M: injener-texnik xodimlar, sozlovchilar, elektromonterlar va boshqalar.
Ishbay ish haqi-ishchining ishlab chiqargan maxsulot miqdori yoki bajargan ishning miqdoriga qarab belgilanadigan ish haqidir. Maxsulot birligi uchun rastsenka (to`lov), ta'rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi.
Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko`rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay progressiv haq to`lashda ishchining belgilab qo`yilgan norma doirasida ishlab chiqargan maxsulotiga uning birligi uchun belgilangan rastsenka bo`yicha ish haqi beriladi. Normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq bo`yicha pul to`lanadi.
Respublikamizda tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to`lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o`sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1 razryad) hamda barcha razryadlar ular o`rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling