O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Aholi daromadlari, uning turlari va shakllanish manbalari


Download 0.92 Mb.
bet102/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

2.Aholi daromadlari, uning turlari va shakllanish manbalari.

Aholi daromadlari-aholining ma'lum vaqt oralig`ida pul va natura shaklda olgan daromadlari miqdoridir.


Aholi iste'mol darajasi to`g`ridan - to`g`ri ularning daromadlari darajasiga bog`liq bo`ladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shakllaridagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, divident, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jaligi maxsulotlari, xunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.
Daromadlar o`z egasi ixtiyoriga kelib tushish shakli jihatidan ham turlicha bo`ladi. Pul daromadidan tashqari natura daromadi va imtiyoz shaklidagi daromad mavjud. Natura daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste'mollari uchun ishlab chiqargan maxsulotlaridan iborat bo`ladi.
Dehqon (fermer) xo`jaligida maxsulotning bir qismi bozorga tushmagan holda, shu yerning o`zida iste'mol etiladi.Bu natural daromad, ayniqsa tomorqa xo`jaligiga xos. Masalan, tomorqa soxibi asosiy ishlagan joyidan pul shaklida yiliga 12 ming sum daromad olsa, uy xo`jaligidan ham 3 ming so`mlik pul daromadi oladi. Shuningdek moddiy shaklda 1500 kg har xil maxsulotni ham iste'mol etadi, uni pulga chaqsak, 2 ming so`m bo`ladi. Bepul meditsina xizmatidan baxramand bo`lish, bepul bilim olish yoki kasb o`rganish ham natura-xizmat shaklidagi daromad.
Ma'lum toifa aholi kvartira haqi, kommunal xizmat va transport haqi bo`yicha imtiyozga ega. Bu imtiyozli daromaddir. Aytilgan xizmatlarning haqikiy narxi bilan imtiyozli narxi o`rtasidagi farqni muayyan aholi guruhlari naqd pul shaklida olmaydi, lekin arzonlashtirilgan xizmatlardan foydalanib daromad ko`radi.
Jamiyat a'zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog`ligini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta'sir ko`rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste'molchilik bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, daromad, ixtiyorida bo`lgan daromad va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling