O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


O`zbekiston Respublikasining jahon xo`jaligi iqtisodiyotiga kirib borish muammolari


Download 0.92 Mb.
bet111/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

3.O`zbekiston Respublikasining jahon xo`jaligi iqtisodiyotiga kirib borish muammolari.
Boshqa mamlakatlar qatori O`zbekiston ham xorijiy investitsiyalarga:

  • Iqtisodiy va texnik jarayonni jadallashtirish;

  • Ishlab chiqarish apparatini yangilash va modernizatsiyalash;

  • Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va ilgor usullarini egallash;

  • Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda bu mablag`larga javob beruvchi kadrlarni tayyorlash omillari sifatida qaraydi;

O`zbekistonning muommoli xususiyatlari birinchi navbatda quyidagilarda ifodalanadi:

O`zbekiston barcha strategik yo`llar tutashuvchi mintakada joylashgan bo`lishiga qaramay, bevosita dengizga chikuvchi yo`llarining yo`qligi, kommunikatsiya tizimlarining yetarlicha rivojlanmaganligi;



  • Ishlab chiqarish tuzilmalarining eskirganligi;

  • Sobiq ittifoq davrida O`zbekiston sanoatining faqat bir tomonlama rivojlanganligi;

  • Qishloq xo`jaligining past rivojlanganligi;

Bozor iqtisodiyoti asosida butun xalq xo`jaligi kompleksini qayta qurish uchun yirik hajmdagi kapital kuyilmalar talab etiladi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki xorijiy investitsiyalarning ularni qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodidagi hajmi investitsion iqlimga bog`liq.
Bu iklim ko`p jihatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatning va tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari valyuta, moliya - kredit va soliq tizimining rivojlanishi darajasi bojxona tartibi bilan belgilanadi. Investorlarning u yoki bu mamlakat iqtisodiga sarmoya qo`yishga tayyorligini, unda mavjud bo`lgan investitsion iklimga ko`p jihatdan bog`liqdir.
Investitsion iqlim - bu yakuniy hisobda kapital qo`yilmalarning tavakkalchilik darajasi va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini belgilab beruvchi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, maishiy va boshqa omillarning umumiyligidir.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling