O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 0.92 Mb.
bet15/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Mulkchilik munosabatlari - jamiyatdagi boyliklarni o`zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlarning ikki xilini farqlay bilish kerak.
Birinchidan, bu munosabatlar mulkdorning mulk ob'ektiga bo`lgan, ya'ni moddiy ashyoviy buyumlarni o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlardir. Ularni «sub'ekt-ob'ekt» munosabatlari deb atashadi, chunki ular mulk sub'ekti bilan mulk ob'ekti o`rtasidagi munosabatlardir.
Ikkinchidan, bu munosabatlar mulkdorlar orasida mulkka ya'ni mehnat natijalarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlardir.
Mulkning ob'ekti va sub'ekti mavjudligi tufayli mulkdorlar o`rtasida ularning ashyoviy o`zaro aloqalarini aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlar paydo bo`ladi. Bunday munosabatlar «ob'ekt-sub'ekt» munosabatlari deyiladi.
Odamlar o`z ishlab chiqarish faoliyatlarida va kundalik hayotida ko`plab predmetlarni, buyurtmalarni oladilar, o`zlashtiradilar va unga mulkdor sifatida egalik qiladilar, bu ashyoviy munosabatlardir. Bundan tashqari odamlar va odamlar guruhi predmet va narsalarni o`zaro bo`lishish uchun janjallarga kirishadilar, davlat mulkini xususiylashtiradilar va hatto ashyoviy boyliklarni o`g`irlaydilar. Bularning hammasi mulk tufayli mulkdorlar orasidagi munosabatlardir.
Sub'ekt ob'ekt munosabatlari, ya'ni ashyoviy mulkdor bilan mulk ob'ektlari o`rtasidagi munosabatlar haqida birmuncha to`laroq to`xtalamiz.
Qadimgi Rim huquqi bunday munosabatlarning uch turini - egalik qilish, boshqarish va foydalanishni farqlay olgan edi.
Egalik qilish - ob'ektning huquqiy jihatdan muayyan sub'ektga tegishli ekanligini ifodalovchi birinchi boshlangich mulk munosabati shaklidir. Egalik qilish mulkdorning hamma vaqt ham to`la amalga oshirmaydigan, ba'zan qanday amalga oshirishini bilmaydigan, nominal huquqdir.
Ba'zi Turkiston boylari mulkka ega bo`lib, ular haqida noaniq tasavvurga ega bo`lishgan, mulkni boshqarish bilan ish boshqaruvchilar shug`ullangan. Umumxalq mulkiga egalik huquqini moddiy tomondan qanday amalga oshirish mumkinligini hamma odamlar ham bilaveramaydi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling