O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo`lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi
Download 0.92 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo`lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Soliq-bu byudjetga majburiy to`lovlar shakli hisoblanadi. Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va kayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakli va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi) ; ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi) ; iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi); Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o`sishi o`z navbatida soliqlarning o`sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendentsiya bo`lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining usib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi. Aholi sonining o`sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o`zgarmay qolgan taqdirda ham aholining o`sgan qismini ijtimoiy noz - ne'matlar va xizmatlar bilan ta'minlash qo`shimcha mablag`larni zarur qilib qo`yadi. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining ortishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o`sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko`p miqdordagi moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish xavo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo`shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini xal qilishda asosiy rol davlat zimmasiga tushadi. Daromad tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan ijtimoiy sug`urtani rivojlantirish, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy ta'minot, bepul meditsina yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat maxsulotlariga dotatsiyalar davlat uy-joy qurilishi kiradi. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta'minlash xarajatlari hajmining o`sishi. Hozirgi davrda davlatning soliq siyosatini O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi va uning joylardagi muassasalari amalga oshiradi. Respublika xududida amal qiluvchi soliqlar, uning to`lovlari soliq undirishning ob'ektlari, soliq to`lash tartibi, soliq to`lash bo`yicha imtiyozlar, soliq to`lash bilan bog`liq ravishda kelib chiqadigan muammolarni hal qilishning umumiy tartibi O`zbekiston Respublikasining soliq to`g`risidagi qonunlari bilan aniqlanadi. Soliq stavkasini belgilash bir qator printsiplarga asoslanadi. Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (W) deyiladi. 1. Naflilik printsipi har xil kishilardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanish darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. 2. To`lovga layoqatlilik printsipi - soliq miqdori soliq to`lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. 3. Adolatlilik printsipi- daromadlari va xukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo`yicha teng bo`lgan kishilar teng miqdorda soliq to`lashi zarur. Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. Soliq stavkasi va daromadlar o`rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o`sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo`linadi. Agar soliqning o`rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o`sib borsa, progressiv soliq hisoblanadi. Daromadlar o`sib borishi bilan o`rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. Proportsional soliq o`rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga bog`liq bo`lmagan holda o`zgarishsiz qolishini taqozo qiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling