O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Davlat byudjeti va uning tarkibi


Download 0.92 Mb.
bet80/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

2.Davlat byudjeti va uning tarkibi.


Davlat byudjeti - bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy koplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali utadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.

60

Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismlari quyidagicha :




Byudjet daromadlari manbai


Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi.

1.Korxonalar, firmalar foydasidan soliklar.
2.Aktsiz to`lovlari.
3. Bojxona to`lovlari.

1. Iqtisodiyotni moliyalashtirish (infratuzilma ob'ektlari uchun kapital mablag`lari, korxonalarga dotatsiya, qishloq xo`jaligiga subsidiya)lar berish.

4.Davlat zayomlaridan keladigan daromad.
5.Pul emissiyasi keltirgan daromad.

2. Ijtimoiy- madaniy sohaga (sog`liqni saqlash, maorif, sport ijtimoiy nafaqalar, mahalliy hokimiyatlar).

6.Davlat oladigan divident, foiz, ijara haqi.

3. Mudofaa xarajatlari.
4.Ma'muriy boshqaruv xarajatlari.

7.Davlat mulkini sotishdan keladigan daromad.

  1. Ilmiy ishlar va ilmiy texnika dasturlari uchun xarajatlar.

8.Tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushadigan daromad.
9.Soliqsiz daromadlar.
10.Renta to`lovlari.
11.Qo`shilgan qiymat solig`i.
12.Ssuda fondi mablag`lari va boshqa daromadlar.



6.Tashqi siyosatni ta'minlash uchun xarajatlar, diplomatiya shohobcha-lari va tashqi mamlakatlar zayomlar uchun xarajatlar.
7.Davlat qarzi bo`yicha to`lovlar.
8.Maqsadli dasturlar uchun xarajat.
9.Kreditlar va o`zga mamlakatlarga yordam va boshqa xarajatlar.

Davlat byudjeti xarajatlari ishlatilishiga qarab, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ketadigan sarflar, xususan, investitsiya sarflari, ijtimoiy-madaniy sarflar, ya'ni davlatga qarashli ijtimoiy-madaniy xizmat sohalarini, chunonchi, sog`liqni saqlash, ijtimoiy ta'minlash, maorif va madaniyatni pul bilan ta'minlab turish sarflari, davlatni boshqarish xarajatlari yoki har xil toifadagi davlat idoralari xarajatlari, huquqni himoya qilish va harbiy xarajatlarga sarflanadi.


Davlat o`zining byudjet siyosatini ikkita usuldan foydalanib quradi.
Soliqka tortishni idora qilish. Agarda mamlakat iqtisodiyoti inflyatsiyadan zarar ko`rayotgan bo`lsa, u holda davlat pul massasini kamaytirishga harakat qiladi.Buning uchun u soliqlarni oshiradi, firma va aholining muomalaga chiqaradigan pullarini kamaytiradi.
Aksincha, davlat soliq to`lash quvvatini oshirish uchun, ya'ni ishlab chiqarish va iste'molning pasayishini bartaraf etish uchun soliq stavkalarini kamaytirishi mumkin. Bunga javoban firmalar tovar ishlab chiqarishga ko`proq mablag` kuyishadi, aholining iste'mol qilish aktivligi oshadi. Iqtisodiyotda jonlanish paydo bo`ladi.
Byudjet daromadlarining xarajatlarni qoplay olmasligi natijasida byudjet taqchilligi yuzaga keladi. Agar taqchillik hajmi yaratilgan milliy maxsulot qiymatining 2-5% ga teng bo`lib, undan oshib ketmasa, bu iqtisodiyot uchun normal hol hisoblanadi. Daromad va xarajatlarni muvofiqlashtirish orqali takchillik bartaraf etiladi, daromad ko`paytiriladi yoki xarajat kamaytiriladi. Davlat taqchillikni yopish uchun qimmatbaho qog`ozlar - obligatsiyalar chiqaradi va ularni firmalar, banklar va aholiga sotadi.Ushbu qimmatbaho qog`ozlar yordamida ularning egalari davlatdan uzluksiz ravishda foiz ko`rinishida daromad olib turadilar.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling