O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo`llaniladigan uslublar majmuasi mavjud bo`lib, bu pul tizimi deb ataladi


Download 0.92 Mb.
bet89/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo`llaniladigan uslublar majmuasi mavjud bo`lib, bu pul tizimi deb ataladi.
Pul tizimi tarixan shakllangan va qonun asosida mustahkamlangan bo`ladi. Hozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda vujudga kelgan. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingina, ya'ni 1994 yil iyuldan boshlab o`zining milliy pul tizimiga ega bo`ldi.
Pul tizimi asosan quyidagi elementlardan tashkil topgan.

  • pul birligi;

  • baho masshtabi ;

  • pul turlari;

  • emissiya tizimi ;

  • muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi.

Pul birligi- mamlakatdagi to`lov vositasi birligi bo`lib, asosan tovarlar qiymatini o`lchash va muomala vositasi sifatida xizmat qiladi.Masalan:

  • AKShda-dollar ;

  • Buyuk Britaniyada-funt sterling;

  • Gollandiyada- guldin;

  • Hindistonda-rupiy ;

  • Germaniyada- marka;

  • Yaponiyada- ien;

  • Rossiyada- rubl va h.k.

Baho masshtabi - mamlakat pul birligining oltinga tenglashtirilgan qismi. M : 1 AQSh dollari- 0, 88 gramm oltin asosiga, sobiq SSSR rubli esa, 098 gramm oltin asosiga ega edi. Bu tenglashtirish 1976 yil 1 yanvardan bekor qilindi, biroq milliy valyutalarning oltin zahirasi bilan bilvosita bog`liqligi saqlanib qoldi.
Pul turlari :

  • qog`oz pullar (1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000)

  • kredit pullar (Davlat banki biletlari).

  • Tangalar (1, 3, 5, 10, 20, 25, 50)

Emissiya tizimi - bu muomalaga bank biletlari, xazina biletlari, qog`oz pullar va qimmatbaho qog`ozlarni chiqarishdir.
Muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi bo`lib markaziy bank hisoblanadi.
Pul tizimi haqida nazariyalar mavjud bo`lib, pul tizimining tarixan ikki asosiy turi mavjud.

Metall pullar tizimi o`z navbatida ikki turga bulinadi.

  • bimetalizm ;

  • monometalizm ;

Bimetalizm- bu pul tizimida mustaqil unsur bo`lib, bunda ikki metallga: oltin va kumushga qonuniy tartibda umumiy ekvivalent roli biriktirib qo`yiladi.
Monometalizm- bu ham pul tizimida mustaqil unsur bo`lib, bunda bitta metallga barcha tovarlar qiymatini o`zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent roli beriladi.
Tarixan uzoq vaqt davomida bunday umumiy ekvivalent vazifasini oltin bajarib keldi.
Oltin monometalizmi birinchi marta XVIII asrning oxirida Buyuk Britaniyada joriy etilgan edi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling