O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 0.92 Mb.
bet92/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Talab inflyatsiyasi.

Talab inflyatsiyasi nima va u qanday kelib chiqadi degan savol tug`iladi. Buning eng asosiy sababi shuki jami talab mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ko`payib ketadi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari jami o`sib borayotgan talabni qondira olmaydi.

  1. Jami taklifning kamayishidan kelib chiqadigan inflyatsiya.

Ishlab chiqarish xarajatlari va taklifning o`zgarishidan ham inflyatsiya kelib chiqadi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo`lmasa tovarning baholari ko`payib boraveradi. Hatto ish bilan bandlik va yalpi milliy maxsulot ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi ko`payadi.
Inflyatsiya oqibatlari.
Inflyatsiya iqtisodiyotni vayron qilish darajasigacha ta'sir qilishi mumkin.

  • Inflyatsiya sharoitida;

  • Eng avvalo pul birligi qadrsizlanadi;

  • Tovarlardagi narxlar mutanosibligi buziladi;

  • Xaridor va sotuvchilar u yoki bu qarorni aniq qabul qilishga ikkilanadilar;

  • Katta investitsiyalar qilish xavf-xatari oshadi;

  • Tadbirkorlar qisqa muddatli qarorlar va harakatlar bilan cheklanib qolishadi;

  • Shaxsiy jamg`armalar o`z qadrini yo`qotadi;

  • Aktsiyalar, obligatsiyalar, cheklar, veksellar, sertifikatlar, sug`urta polislarining real qiymati pasayadi.

  • Kam ta'minlangan aholi yanada qashshoqlashadi;

Mehnat qilish va tadbirkorlikning rivojlanishiga karaganda ish haqi tezroq qadrsizlanadi;
Xullas, inflyatsiya bozor jarayonini tartibsizlantirib, ham ishlab chiqarishni, ham iste'molni izdan chiqaradi, aholining turmush darajasini keskin pasaytiradi, jamiyatda sotsial tanglikni vujudga keltiradi.
Bundan tashqari inflyatsiya fuqarolarga har xil ta'sir ko`rsatadi: kimdir undan zarar kuradi, kimdir yutadi.
Inflyatsiyadan zarar ko`radiganlar:
Inflyatsiyadan asosan daromadi qat'iy belgilab qo`yilgan fuqarolar, omonatchilar, kreditorlar va tadbirkorlar zarar ko`radi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling