Talab inflyatsiyasi.
Talab inflyatsiyasi nima va u qanday kelib chiqadi degan savol tug`iladi. Buning eng asosiy sababi shuki jami talab mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ko`payib ketadi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari jami o`sib borayotgan talabni qondira olmaydi.
Jami taklifning kamayishidan kelib chiqadigan inflyatsiya.
Ishlab chiqarish xarajatlari va taklifning o`zgarishidan ham inflyatsiya kelib chiqadi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo`lmasa tovarning baholari ko`payib boraveradi. Hatto ish bilan bandlik va yalpi milliy maxsulot ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi ko`payadi.
Inflyatsiya oqibatlari.
Inflyatsiya iqtisodiyotni vayron qilish darajasigacha ta'sir qilishi mumkin.
Inflyatsiya sharoitida;
Eng avvalo pul birligi qadrsizlanadi;
Tovarlardagi narxlar mutanosibligi buziladi;
Xaridor va sotuvchilar u yoki bu qarorni aniq qabul qilishga ikkilanadilar;
Katta investitsiyalar qilish xavf-xatari oshadi;
Tadbirkorlar qisqa muddatli qarorlar va harakatlar bilan cheklanib qolishadi;
Shaxsiy jamg`armalar o`z qadrini yo`qotadi;
Aktsiyalar, obligatsiyalar, cheklar, veksellar, sertifikatlar, sug`urta polislarining real qiymati pasayadi.
Kam ta'minlangan aholi yanada qashshoqlashadi;
Mehnat qilish va tadbirkorlikning rivojlanishiga karaganda ish haqi tezroq qadrsizlanadi;
Xullas, inflyatsiya bozor jarayonini tartibsizlantirib, ham ishlab chiqarishni, ham iste'molni izdan chiqaradi, aholining turmush darajasini keskin pasaytiradi, jamiyatda sotsial tanglikni vujudga keltiradi.
Bundan tashqari inflyatsiya fuqarolarga har xil ta'sir ko`rsatadi: kimdir undan zarar kuradi, kimdir yutadi.
Inflyatsiyadan zarar ko`radiganlar:
Inflyatsiyadan asosan daromadi qat'iy belgilab qo`yilgan fuqarolar, omonatchilar, kreditorlar va tadbirkorlar zarar ko`radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |