O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Daromadi qat'iy belgilab qo`yilgan fuqarolar
Download 0.92 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi siyosatning olib borilishi.
Daromadi qat'iy belgilab qo`yilgan fuqarolar.Inflyatsiya davrida tirikchilik qimmatlashadi. Shu sabali avvalgi turmush darajasini saqlab qolish uchun ko`proq pul topishga to`g`ri keladi. Daromadlarni qancha oshirish zarur? Hech bo`lmaganda inflyatsiya darajasida.
Boshqacha qilib aytganda, agar turmush kechirish 1991 yilda 10% oshsa, 1990 yilda yillik daromadi 20 million so`m bo`lgan odam avvalgi iste'mol darajasini saqlab kolishi uchungina 1991 yilda 22 mln. so`m ishlab topishi kerak bo`ladi. Odamlarning ayrim guruhlari masalan, qarilik pensiyasiga yashayotganlar inflyatsiyaga qarshi turish uchun o`z daromadlarini ko`paytirish imkoniga ega emaslar. Natijada bu toifadagi iste'molchilarning turmush darajasi pasayadi. Aholining bu qismini himoyalash uchun inflyatsiyaga muvofiq ravishda ijtimoiy sug`urta tovarlariga tuzatish kiritiladi. Omonatchilar. Ayrim fuqarolar o`z pullarini aniq belgilangan darajada daromad olishni kafolatlaydigan muddatli hisob varaqalarga yoki qimmatli qog`ozlarga qo`yadilar. Hozirgi daromad darajasi inflyatsiya darajasiga nisbatan past bo`lgani uchun qo`yilgan pullarning xarid qobiliyati pasayadi. Kreditorlar. Pulini qarzga berganlar ham omonatchilarning holiga tushib qolishadi. Agar pul kreditga berilgan davrda inflyatsiya darajasi oshib borsa, qarz yuzasidan kaytarib berilgan pullarning qiymati dastlabki kaytgandagidan ham kam bo`ladi. Tadbirkorlar. Biznes inflyatsiyadan zarar ko`radi, chunki inflyatsiya ketidan ishonchsizlik keladi va u yangi maxsulot bahosini rejalashtirishni menejerlar uchun juda ham murakkab qilib qo`yadi. 4.O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi siyosatning olib borilishi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni uzoq muddatli va qisqa muddatli siyosat bilan qo`shib olib borish kerak. Uzoq muddatli siyosat quyidagilarni o`z ichiga oladi. -Joriy talabni ko`paytirib yuboradigan aholi inflyatsion ko`tish holatiga barham berish vazifasi. Buning uchun hukumat inflyatsiyaga qarshi izchil siyosat olib borib, shu tariqa aholining ishonchini qazonishga harakat qiladi. Ishlab chiqarishni rag`batlantirish, monopoliyaga qarshi chora tadbirlarni o`tkazish, erkinlashtirish va bozorning samarali amal qilishiga qaratilgan boshqa tadbirlarni o`tkazish; - Soliq tizimini takomillashtirish hamda davlatning xarajatlarini kamaytirish hisobiga byudjet tahchilligini qisqartirish choralarini ko`rish; - Pul muomalasi sohasidagi tadbirlar, xususan pul massasi o`sishining yo`l qo`yish mumkin bo`lgan eng yuqori mezonlarini, pul massasi o`sishining har yilgi o`sishining qat'iy limitlarini belgilash; -inflyatsiyani avj oldiruvchi tashqi omillarni betaraflashtirish, xususan hukumat byudjet tahchilligini moliyalash maqsadida chet eldan qisqa muddatli kreditlar va qarzlar olish yo`li bilan iqtisodiyotga inflyatsiyaning ta'sirini kamaytirish, bu kreditlar va qarzlarni korvertatsiyalash hamda shu summaga milliy valyutaning qo`shimcha massasini chiqarish. Inflyatsiyaga qarshi qisqa muddatli siyosat inflyatsiya sur'atlarini vaqtincha pasaytirib turishiga qaratilgan bo`lib, quyidagilarni qamrab oladi. - Jami talab oshmagani holda tovarlar va xizmatlarni qo`shimcha ishlab chiqarishni rag`batlantirish hisobiga, iste'mol tovarlarini ko`plab miqdorda import qilish, korxonalarning katta miqdordagi aktsiyalarni sotish hisobiga jami taklifni kengaytirish. - sug`urtalash va jamg`arishni rag`batlantirish. Inflyatsiyaga qarshi siyosat munosabati bilan inflyatsiyaga qarshi kurashning xarajatlari masalasi keskin bo`lib turadi. Jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan olganda inflyatsiyaga qarshi kurash. Xalq xo`jaligida kattagina zarar ko`rishga, ya'ni ishsizlikning o`sishi va ishlab chiqarishning pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hisob-kitoblarga ko`ra, inflyatsiyani 1 foiz kamaytirish uchun ishsizlik yil davomida o`zining tabiiy darajasidan 2 foiz yuqori bo`lishi kerak, bunda real YaMM potentsial YaMM ga qaraganda 4 foiz kamayadi. Ko`pgina mamlakatlarning xukumatlari nazoratdan chiqib ketgan inflyatsiyani jilovlashga harakat qilib, narxlar va daromadlar siyosati deb atalgan siyosatni amalga oshirdilarki, uning asosiy vazifasi ish haqi o`sishini cheklashdan iborat bo`ladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling