O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi


Download 0.5 Mb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1370173
1   2   3
Bog'liq
o\'qish 2-sinf dars ishlanma

III. Yangi mavzu bayoni.
- Bugun biz Ivan Krilovning “Qarg’a bilan tulki” masala haqida tanishamiz.Masal muallifi va masal janri haqida ma`lumot beriladi.

O’quvchilarga masal animatsiyali lavha orqali taqdim etiladi.
Masal mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilar ketma-ket masalni o’qiydilar.

Masalda uchragan notanish so’zlar yuzasidan lug’at ishi o’tkaziladi.


Lug’at ishi:
jindak – ozgina
qo’noq – qo’nadigan dor
luqmai pok – ovqati halol, peshona teri bilan topilgan ovqat
mazaxo’rak – maza qilib yeyuvchi, yaxshi ko’rib yemoq
Dam olish daqiqasi. O’quvchilar she`rni qo’l harakati bilan bajaradilar.
Paloponman, don bering,
Menga ushoq non bering.
Suyub-suyub erkalab,
Tanamga ham jon bering.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
O’quvchilar “Qarg’a bilan tulki” masalini rollarga bo’lib o’qiydilar.
Yosh aktyor” o’yini o’tkaziladi. O’quvchilar rollarga bo’linib, matn mazmunini sahna ko’rinishida ijro etib beradilar.

Savollar:
1.Tulki nima uchun qarg’ani maqtadi?
2.Qarg’a nima uchun o’ljasini yuqotdi?
Maqol:
Yaxshi do’sting kuldirar,
Yomon do’sting kuydirar.
Topag’on” o’yini
Kuchugimga o’xshaydi,
Lek xilvatda yashaydi.
Ayyorligin qo’ymaydi,
Tovuqni yeb to’ymaydi. (Tulki)

Dalama-dala qidiradi,
Qo’y bilan echki oh uradi. (Bo’ri)

Suvday chopadi,
Manzilga yetadi. (Ot)

O’zi katta,
Dumi kalta. (Tuya)

O’quvchilar klaster usulida masal qahramonlariga ta`rif berishadi.




yovvoyi hayvon qush
m alla ayyor patlari qora sodda


Tulki Qarg’a



mug’ombir laqma
V. Darsga yakun yasash va o’quvchilarni rag’batlantirish.
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiriladi. Faol ishtirok etgan o’quvchilar namuna qilib ko’rsatiladi.
VI. Uyga vazifa berish.
“Qarg’a bilan tulki” masalini ifodali o’qib, so’zlab berish.


FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1.1-sinf O’QISH DARSLIGI
2.O’QITUVCHI UCHUN QO’LLANMA 2-SINF O’QISH
3.Boshlang’ich ta`lim 2015 № 11
4.Internet saytlar
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling