Ozbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish


Download 223.09 Kb.
bet4/5
Sana04.08.2023
Hajmi223.09 Kb.
#1665101
1   2   3   4   5
Bog'liq
49-жамгарма

bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish

  1. Jamg'arma mablag'lari hisobidan o4z ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, lavozim yo'riqnomasida belgilangan vazifalarni tashabbuskorlik bilan sifatli va vijdonan bajarilishidan kelib chiqib, tuman (shahar) xalq ta’limi bo'limi xodimlariga lavozim okladining (bazaviy tarif stavkasining) 100 foizigacha miqdorda ustama haq belgilanadi.

Bunda, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari va metodistlariga ustama haq miqdorlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ushbu lavozimlarning faoliyat samaradorligini baholash mezonlari asosida belgilanadi.

  1. Jamg'arma mablag'lari hisobidan umumta’lim muassasalari direktorlarini moddiy qoMlab-quvvatlash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

    1. Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko'rsatkichlari asosida har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasasi rahbari quyidagi mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorida bir martalik to‘lovlar bilan rag‘batlantiriladi:

o'quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilinganligi va (yoki) ishga joylashganligi uchun - 12 baravar;
o‘quvchilarining 85 - 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilinganligi va (yoki) ishga joylashganligi uchun - 9 baravar;
o‘quvchilarining 80-84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga obqishga qabul qilinganligi va (yoki) ishga joylashganligi uchun - 6 baravar miqdorida.
Bunda:
o‘quvchilaming umumiy sonini hisoblaganda muddatli harbiy xizmatni octayotgan o‘quvchilar hisobga olinmaydi;
umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish koTsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bolgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;
oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar soni, mazkur bandning ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida belgilangan foiz qismining kamida uchdan bir qismini tashkil etishi lozim;
umumta’lim muassasasi tomonidan mazkur bandda qayd etilgan ko‘rsatkichlarni asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda tasdiqlangan holda tegishli tuman (shahar) xalq ta’lim boTimiga taqdim etiladi.
Ushbu natijalar uchun toMovlar umumta’lim muassasalarining Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘langan taqdirda, mazkur Jamg‘arma hisobidan takroran amalga oshirilmaydi.

    1. Umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining 90 foiz va undan yuqori qismi oliy ta’lim muassasasiga har yili 0‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan kvotalar doirasida yoki dunyodagi nufuzli 1000 talikka kiruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingani uchun ushbu umumta’lim muassasasi direktoriga keyingi o'quv yili davomida lavozim okladining (bazaviy tarif stavkasining) 100 foiz miqdorigacha har oylik ustama haq belgilanadi.

    2. Umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari sifat tarkibi koTsatkichlaridan kelib chiqib, o‘quv yili yakuni bo‘yicha umumta’lim muassasasi direktori lavozim (tarif stavka) okladiga nisbatan quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy rag‘batlantiriladi:

umumta’lim muassasasi 100 foiz oliy ma’lumotli o^qituvchilari bilan ta’minlanganda (o‘qituvchilarga bo4gan ehtiyoj mavjud boTmaganda) - 200 foiz;
umumta’lim muassasasida asosiy ish joyi bo’yicha faoliyat koTsatayotgan o‘qituvchilaming kamida 20 foizi oliy va birinchi toifaga ega bo‘lganda - 200 foiz.

    1. Tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda 1,2, 3-o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlariga keyingi o'quv yili davomida lavozim

okladiga (bazaviy tarif stavkasining) nisbatan mos ravishda har oylik 30, 20, 10 foizlik ustamalar belgilanadi.

    1. Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishga qo‘shgan hissasi, shuningdek, o‘z kasbiga sodiqligi hamda boshqaruvchanlik qobiliyatlarini inobatga olib mazkur muassasa direktoriga keyingi o‘quv yili davomida lavozim (bazaviy tarif stavka) okladiga har oylik 50 foizigacha miqdorda ustama haq belgilanadi.

  1. Ta’lim sifati darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim sifatini oshirish uchun ushbu umumta’lim muassasasi direktori lavozimiga boshqa hududlardan jalb qilingan mutaxassislarga tegishli bazaviy stavkalariga maxsus ustamalar belgilanadi (Toshkent shahri bundan mustasno). Bunda:

bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga tegishli bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz;
boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga tegishli bazaviy tarif stavkalariga 200 foiz har oylik maxsus ustamalar toManadi.
Ta’lim sifati darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar direktor lavozimi uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan mutaxassis jalb qilinadi.
Ta’lim sifati darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.
Umumta’lim muassasasi direktori lavozimiga boshqa hududlardan jalb qilingan mutaxassislarga belgilangan mazkur maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim sifati darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

  1. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan toMovlar va qo‘shimcha haq miqdorlari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari qoshida tashkil etiladigan komissiya qarori asosida belgilanadi.

Bunda, komissiya tarkibi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan kamida yetti kishidan iborat toq sonda quyidagicha tasdiqlanadi:
komissiya raisi — tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri;
komissiya a’zolari —tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari, kadrlar bilan ishlash sho‘basi mudiri (yoki mutaxassisi), markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati rahbari-bosh hisobchi, o‘quv jarayonini metodik ta’minlash sho‘basi mudiri (yoki metodisti), ta’lim sifati monitoringi va attestatsiya bo‘limi metodisti, ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sho‘basi mudiri (yoki xodimi), ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyalash sho‘basi mudiri;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo4yicha mutaxassis - komissiyaning mas’ul kotibi hisoblanadi.
Zaruriyatga ko‘ra komissiya tarkibiga qo‘shimcha mutaxassislar jalb etilishi mlmkin.
Komissiya majlislarida komissiya a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirokida maqullanib qabul qilingan qarorlar vakolatli hisoblanadi. Bunda komissiya raisi, tuman (shahar) xalq ta’limi boTimi o‘rinbosari, kadrlar bilan ishlash sho'basi mudiri (yoki mutaxassisi), markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati rahbari - bosh hisobchilar ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Komissiya qarori asosida belgilangan ustamalar tuman (shahar) xalq ta’limi boTimi mudiri tomonidan qabul qilinadigan buyruq asosida toMab beriladi.
Jamg‘arma mablagMari hisobidan tayinlangan ustama va qo‘shimchalar xodimlar tomonidan belgilangan vazifalaming o‘z vaqtida bajarilmasligi, mehnat va tartib intizomiga rioya qilinmaganligi sababli komissiya qaroriga asosan bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo4limi mudiriga har oylik ustama haq miqdori tegishli hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining buyrug‘i asosida tayinlanadi.
Jamg‘arma mablagMari hisobidan belgilangan toTovlar moliya yili uchun amal qiladi hamda olti oyda xodimlarning mehnat samaradorligidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqiladi.
Komissiya raisining tashabbusi yoki komissiya a’zolaridan kamida ikki nafarining taklifiga ko'ra xodimlarni mukofotlash, har oylik ustama haqlarni qayta ko‘rib chiqish hamda xodimning murojaati yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasining tashabbusi bilan moddiy yordam berish haqidagi masalada komissiyaning navbatdan tashqari yigTlishi chaqirilishi mumkin.

  1. Jamg‘arma mablag‘lari (yetarli darajada boTsa) doirasida tuman (shahar) xalq ta’limi boTimi xodimlari va umumta’lim muassasalari direktorlariga hisobot davridagi ish natijalari (ularning umumiy natijalarga qo‘shgan shaxsiy hissasidan kelib chiqib) bo4yicha hamda yubiley va bayram kunlari munosabati bilan mukofotlar belgilanishi mumkin.

Bunda, yil davomida bir xodim (direktor) uchun belgilangan mukofotlar miqdori tegishli lavozim okladining (bazaviy tarif stavkasini) 200 foiz miqdoridan oshib ketmasligi lozim.

  1. Jamg4arma mablagTari (yetarli darajada boTsa) doirasida tuman (shahar) xalq ta’limi boTimi xodimlari va umumta’lim muassasalari direktorlariga quyidagi holatlarda moddiy yordam berilishi mumkin va mazkur toTovlar yil davomida bir xodim (direktor) uchun tegishli lavozim okladining (bazaviy tarif stavkasini) 200 foiz miqdoridan oshib ketmasligi lozim:

xodim (direktor) yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, turmush o4rtog‘i, farzandlari) vafot etganida;
xodim (direktor) yoki uning qarindoshlari (ota-onasi, turmush o4rtog4i, farzandlari) turli xil kassaliklarga chalinganida;
tabiiy ofatlar natijasida xodim (direktor)ning doimiy turar joyi moddiy zarar ko'rganida.


  1. Download 223.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling