Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 61- umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan viloyat semenar bayonnomasi


Download 16.85 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi16.85 Kb.
#163310
Bog'liq
,bayonnoma


Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 61- umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan viloyat semenar bayonnomasi

2020-yil 5-dekabr Keskak qishlog’i

Qatnashdilar : Viloyat Xalq ta’lim boshqarmasi metodisti Z.Annayeva, Ona tili va adabiyot fan metodisti O.Eshquvvatov G`uzor tumanining 79 ta maktab ona tili va adabiyot o`qituvchilari

KUN TARTIBIDA :

1.Semenarni ochib berish uchun kirish so’zi.Ma’ruzachi: Z.Annayeva

2.Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Xolbayeva Shahnozaning “Ona tili va adabiyot fanlarida AKT dan foydalanish”mavzusida o’tkazilgan bir soatlik ochiq dars tahlili

3.O’tkazilgan tadbir tahlili . Ma’ruzachi: O.Eshquvvatov

1.Viloyat XTB metodesti Z.Annayeva so’zga chiqib barchani yaqinlashib kelayotgan Konstitutsiya qabul qilinganligining 28- yilligi bilan tabriklab barchaga sog’lik va omonlik tilab bugungi tadbir ko’tarinki ruhda o’tganligini ta’kidlab o’tdilar.O’quvchilar tadbirda ham ochiq darsda ham juda faol o’qituvchi Sh.Xolbayeva darsni juda yaxshi tashkillashtirgan.Tadbirda o’quvchilar barcha dasturlarni mahorat bilan ijro etishdi.Buning uchun tadbir tashkilotchilariga o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

2.II-masala yuzasidan 64- maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi D.Berdimurodova so’zga chiqib , bugungi tadbir va ochiq dars haqida o’z fikr va mulohazalarini bildirdi.Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Xolbayeva Shahnozaning bir soatlik ochiq darsi interfaol usulda juda yaxshi tashkil qilingan .O’quvchilarning bu fanga qiziqishi juda yaxshi .Darsda turli xil tarqatma lardan foydalanildi.Bugungi bir soatlik ochiq dars va tadbir namunali o’tdi.

8-maktab o’qituvchisi N.Hasanova so’zga chiqib: tadbir va ochiq dars juda namunali tarzda tashkil qilingan.SH.Xolbayeva ochiq darsida barcha imkoniyatlardan foydalandi.Boshqotirmalar, mavzuga oid slaydlardan unumli foydalanib o’quvchilarning diqqatini jalb qila oldi.dars ni men namunali deb topdim.

23-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M.Haydarova so’zga chiqib, o’tkazilgan ochiq dars va viloyat semenar tadbiri haqida o’z fikrlarini bildirdi.Tadbir ajoyib tashkil etildi.Ochiq darsda ham o’quvchilar juda faol ,o’qituvchi o’quvchilarni o’z faniga qiziqtira olgan.Dars interfaol usulda tashkil etilgan. O’quvchilarning nutqi ravon barcha topshiriqlarni a’lo darajada bajaradi.Dars namunali o’tdi.



3. II- masala yuzasidan G’uzor tuman XTB metodisti O.Eshquvvatov so’zga chiqib o’tkazilgan viloyat semenari va SH.Xolbayevaning bir soatlik ochiq darsini tahlil qildi. Bugungi 61-maktabda tashkil qilingan viloyat semenari va SH.Xolbayevaning “Ona tili va adabiyot fanlarida AKT dan foydalanish “mavzusidagi bir sotlik ochiq darsi juda qiziqarli tarzda tashkil etilgan o’quvchilarning bu fanga qiziqishi juda yaxshi.O’qituvchi nutqi ravon, o’z faniga qiziqtira olgan. Darsda barcha interfaol usullardan mavzuga oid slaydlardan o’rinli foydalana olgan.Semenar tadbiri namunalitarzda tashkil etilgan.Men Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi tashkil etgan “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori “mavzusidagi semenar tadbirini va bir soatlik ochiq darsini namunali deb topdim.

YIG’ILISH QAROR QILADI:

  1. 61-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi SHahnoza Xolbayevaning ”Konstitutsiya- baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan viloyat semenari tadbiri va “ona tili va adabiyot fanlarida AKT dan foydalanish” mavzusida o’tkazilgan bir soatlik ochiq darsi namunali deb topilsin.

  2. 61-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi SHahnoza Xolbayevaning ”Konstitutsiya- baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan viloyat semenari tadbiri va “ona tili va adabiyot fanlarida AKT dan foydalanish” mavzusida o’tkazilgan bir soatlik ochiq darsi namunali deb topilsin va viloyatda ommalashtirilsin .

Yig`ilish raisi : U.Xolbayeva

Kotib : M.Ismoilova
Download 16.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling