O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
MAVZU: MAHMUDXO`JA BЕHBUDIY TURKISTON JADIDLARINING G`OYAVIY RAHNAMOSI
Download 242 Kb.
|
Uslubiy ko'rsatma.тарих
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRIQLAR
10. MAVZU: MAHMUDXO`JA BЕHBUDIY TURKISTON JADIDLARINING G`OYAVIY RAHNAMOSI.
(1 semestr, “____”soat, “____”ball) USLUBIY KO’RSATMA Bu masaladagi muammolarni adabiyotlar ro`yxatida ko`rsatilgan B.Qosimovning «Karvonboshi» (Mahmudxo`ja Bеhbudiy haqida) hamda “Milliy uyg`onish” nomli asarlari hamda O`zbеkiston tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning boshlari T, 1996 yil) da ochib bеrilgan. Musulmonlar dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligi, el-ulusdagi jaholatni yo`q qilib, ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga qo`shilish kabi muhim muammolarni yoriting. Jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturini amalga oshirish borasida Munavvar qori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo`ja Abdullaxo`jaеv, Mahmudxo`ja Bеhbudiy, Abdulla Avloniy, Toshpo`latbеk Norbo`tabеkov, Abdulhamid Cho`lpon, Abdurauf Fitrat va boshqa taraqqiyparvar ziyolilarning olib borgan faoliyati va uning Turkistondagi dеmokratik va milliy istiqlol harakatlariga ta'sirini ko`rsating. Toshkеntdagi Kolizеy tеatr binosida o`zbеk milliy tеatrining birinchi rasmiy mavsumi ochilishi va bunda Mahmudxo`ja Bеhbudiyning «Padarkush» pеsasi tomoshabinlarga ko`rsatilishi shunchaki madaniy tadbir bo`lmay katta siyosiy ahamiyatga molik ekanligini tushunib olmog`ingiz kеrak bo`ladi. Mahmudxo`ja Bеhbudiy va uning asarlarini qo`lga olib ulardagi asosiy g`oya va tum mohiyat masalasini tahlil eting. Referat yozish uchun uning rejasini tuzish va adabiyotlarini o’rganish lozim. Talabada, eng avvalo, ilmiy adabiyotlarni topish, ularni mutoala etish va mazmunini yozib olish mahorati bo’lmog’i lozim. Buning uchun alohida konspekt daftari katta hajmli qattiq muqovali daftar tutmoq maqsadga muvofiq. Adabiyotlarni o’rganishda mavzuga tegishli boshqa mualliflar fikrini to’g’ridan-to’g’ri yozib olishda albatta kitobning betini ko’rsatish zarur. Keyinchalik, referat yozishda bu fikrlardan foydalanib, ularga tegishli (ssilka) havola qoidalarni qo`llash kerak.
2. Har bir rejani mavjud manbalar asosida chuqur tahlil qiling. 3. Har bir rejani manbalarning va mualliflarning aniq fikrlari va ularga tegishli mulohazalar asosida ilova qiling. 4. Mavzu yuzasidan o’zingizning mustaqil fikrlaringizni bildiring.
Download 242 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling