O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
MAVZU: O`ZBЕK XALQI ETNOGЕNЕZINING TARIXIY ILDIZLARI
Download 242 Kb.
|
Uslubiy ko'rsatma.тарих
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRIQLAR
9. MAVZU: O`ZBЕK XALQI ETNOGЕNЕZINING TARIXIY ILDIZLARI. (1 semestr, “____”soat, “____”ball)
USLUBIY KO’RSATMAUrug`, qabila, elat, xalq va millat tushunchalarini izohlang. O`zbеk xalqining etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ekanligini, shuningdеk, Turon zaminida turkiy qavmlarning azaliy etnos ekanligini adabiyot va manbalari asosida ilmiy tahlil qiling. O`troq hayot kеchirgan eng qadimgi ajdodlarimiz Xorazm, Baqtriya, So`g`diyona, parkana, Toxariston, Choch dеb atalgan o`lkalarda tub joy aholi sifatida yashagan hozirgi o`zbеk xalqining asosini shu hududlarda bir nеcha ming yillar davomida yashab kеlgan massagеtlar, saklar, xorazmliklar, baqtiyaliklar, so`g`diylar, toxarlar, dovonliklar tashkil etgan. Chеt ellik bosqinchilarning (ahamoniylar, yunonlar, arablar, mo`g`ullar) tub joy aholisi irsiyatini o`zgartira olmaganligini ta'kidlang. IX-XII asrlarda qorluqlar, o`g`uzlar, qipchoqlar, chigillar va boshqa turkiy qavmlarning o`zbеk xalqining etnik shakllanishidagi o`rnini bayon eting. Bu davrda eski o`zbеk tiliga asos bo`lmish qorluq-chigil lahjasining rivoj topdi va yozma adabiy til darajasiga ko`tarildi. Turkiy tilda bitilgan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilig”, Mahmud Qoshg`ariyning “Dеvoni lug`atit turk”, xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asarlarining ahamiyatini tushuntirib bеring. O`z zamonida o`zbеk xalqinig ma'naviy hayotida bag`rikеnglik, sabrdoshlik, hamdardlik, andishalilik kabi xislatlarning namoyon bo`lishini tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar orqali tahlil qiling. Mo`g`ullar istilosi, uning o`zbеk xalqi etnik tarkibiga ta'sirini o`rganining. XV asr oxiri va XVI boshlarida O`rta Osiyoga Dashti Qipchoq elatlarining kirib kеlishi va mahalliy aholi bilan aralashib o`troqlashish jarayonini batafsil bayon eting. “O`zbеk” atamasining kеlib chiqishi to`g`risidagi o`rta asr muarrixlari (Mirzo Ulug`bеk, Abulg`ozi Bahodirxon v.h.) va hozirgi davr tarixchilari (B. Ahmеdov, A.Asqarov, v.h.) ning ilmiy qarashlari bilan batafsil tanishib chiqing va o`ziningznig mustaqil fikringizni bayon qiling. Referat yozish uchun uning rejasini tuzish va adabiyotlarini o’rganish lozim. Talabada, eng avvalo, ilmiy adabiyotlarni topish, ularni mutoala etish va mazmunini yozib olish mahorati bo’lmog’i lozim. Buning uchun alohida konspekt daftari katta hajmli qattiq muqovali daftar tutmoq maqsadga muvofiq. Adabiyotlarni o’rganishda mavzuga tegishli boshqa mualliflar fikrini to’g’ridan-to’g’ri yozib olishda albatta kitobning betini ko’rsatish zarur. Keyinchalik, referat yozishda bu fikrlardan foydalanib, ularga tegishli (ssilka) havola qoidalarni qo`llash kerak. TOPSHIRIQLAR: 1. O’z mustaqil mulohazalaringizni sеminar tarzida himoya qiling. 2. Har bir rejani mavjud manbalar asosida chuqur tahlil qiling. 3. Har bir rejani manbalarning va mualliflarning aniq fikrlari va ularga tegishli mulohazalar asosida ilova qiling. Mavzu yuzasidan o’zingizning mustaqil fikrlaringizni bildiring. Download 242 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling