O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Pedagogik psixologik metodlari


Download 7.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana06.11.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1751759
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi

 
Pedagogik psixologik metodlari 
Pedagogik psixologiyada umumiy va yosh psixologiyada foydalanilgan 
metodlar qo`llaniladi. Ular: kuzatish yozma va og`zaki savolnomalar, eksperiment 
va boshqalar. Lekin ular bolalarning yoshi, psixologik va pedagogik muammolariga 
bog`liq ravishda qo`llaniladi. 
Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus 
metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-pedagogik eksperiment, maxsus 
psixologik-pedagogik testlar kiradi. Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u 
yoki bu pedagogik ta‘sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus 
rivojlantiruvchi maqsadni ko`zlab o`tkaziladi. 
Psixologik-pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat: 
1. Aniqlovchi eksperiment. 
2. Shakllantiruvchn eksperiment. 
3. Nazorat eksperimentlari. 
Rus psixologi B.G. Ananev bo`yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga 
bo`linadi: 
I. Tashqiliiy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari 
kiradi. 
Takkoslash-umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato- psixologiya 
va defektologiyada keng qo`llaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada 
o`rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo`llaniladi. 
Longityud -(o‘zluksiz) o‘zoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o`rganiladi. 
Kompleks - psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida o`tkaziladi. 
(shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi). 
II.  Empirik metodlar: kuzatish va o`z-o‘zini kuzatish; eksperimental
psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); 
faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari. 
III. 
 Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy 
(statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga 
bo`linadi. 
IV. 
 Sharhlash metodlari: Genetik va "donalash" metodlari.


101 
Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog`onalar, inqiroz holatlari 
ajratib ko`rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha 
xarakteristikalari o‘rtasidagi "gorizontal'' aloqalar aniqlanadi. 
Bu metodlardan ayrimlarini ko`rib chiqamiz. 

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling