O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
O`zbekistonda mulk islohoti va mulkchilikning turli tuman
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
O`zbekistonda mulk islohoti va mulkchilikning turli tuman
shakllarini tashkil etish. «O`zbekiston Respublikasining mulkchilik to`g`risida»gi qonunida mulkning turli-tuman shakllari sanab o`tilgan: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk. Davlat mulki- mulk davlatga tegishli bo`lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish davlat ixtiyorida bo`ladi. Davlat mulki asosan ikki yo`l bilan hosil bo`ladi. Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo`liga olish. Davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyani amalga oshirish yo`li bilan. Jamoa mulki- muayyan maqsad yo`lida jamoaga birlashgan ki- shilar tomonidan moddiy va ma'naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o`zlashtirishdan iborat. Jamoa mulki- kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlik jamiyatlari, xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulkidir. Kooperativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o`zlashtirishning jamoa guruh xususiyatidir. Kooperativ faoliyat uchta asosiy turga ajraladi; ishlab chiqarish, matlubot kooperativlar va aralash kooperativlar. Shaxsiy mulk- mulk shakllari ichida kishilarning shaxsiy mulki muhim o`rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a'zolarining mehnati asosida ko`payadi va rivoj topadi. Xususiy mulk- ayrim sohibkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va o`z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Xususiy mulk ham, boshqa mulk shakllari kabi, o`zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so`zsiz tashabbuskorlik va ishchanlikni, mehnatga mas'uliyatlilik munosabatlarini rag`batlantiradi. Shu bilan birga tovar ishlab chiqarish sharoitida u tekin daromad orttirishga intilish hissini uyg`otadi. Turli shakllardagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo`ladi. Bu mulk alohida olingan ob'ektning turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirilishini bildiradi. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o`tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish esa xususiylashtirishdan tashqari bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko`zda tutadi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitiga qarab pullik, pulsiz yoki imtiyozli tarzda o`tkaziladi. O`z shakli va usulidan qat'iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta'minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkning barcha shakllari va turlari rivojlanadi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo`yib jamiyatda faollik ko`rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo`l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o`ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: A)davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo`ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; B) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; V) xususiylashtirishni huquqiy-normativ jihatdan ta'minlashda qonunlarga rioya qilinadi. Respublikamizda xususiylashtirish bo`yicha qo`yilgan vazifalar davlat sektorining bozor sharoitida ham sezilarli rol o`ynashini inkor qilmaydi, chunki bozor iqtisodiyotida davlat korxonalarining saqlanib qolishi kerak bo`lgan sohalari ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo`jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling