O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Inflyatsiya va uning turlari, oqibatlari
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
Inflyatsiya va uning turlari, oqibatlari.
Muomalada bo`lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta'minlanmagan pulning paydo bo`lishi pulning qadrsizlanishi, ya'ni inflyatsiyani bildiradi. Inflyatsiya- pulning qadrsizlanishi, xarid qobiliyatining pasayishidir. Inflyatsiya so`zining tom ma'nosi lotinchadan tarjima qilinganida «shishish», ya'ni o`sib boradigan tegishlicha tovar massasi bilan ta'minlanmagan ortiqcha qog`oz pullar bilan muomala kanallarining to`lib -toshishi, degan ma'noni bildiradi Inflyatsiyaning sababi har xil. Inflyatsiyaning asosida odatda pul talabi bilan tovar massasining bir-biriga nomuvofiqligi yotadi. Tovarlar bilan xizmatlarga bo`lgan talab tovar aylanishi hajmidan oshib ketadiki, bu narsa tovar ishlab chiqaruvchilar va uni yetkazib beruvchilarning sarf-xarajatlar miqdori qanchaligidan qat'iy nazar narx-navoni kutarishlari uchun sharoit yaratib beradi. Davlat byudjetining taqchilligi (davlatning sarf-xarajatlari daromadlaridan ortib ketadi), xaddan tashqari investitsiyalash (investitsiyalar hajmi iqtisodiyot imkoniyatlaridan ortib ketadi); ishlab chiqarishning o`sishiga va mehnat unumdorligining ko`tarilishiga karaganda ish haqining ko`proq o`sib borishi; davlat narxlarining ixtiyoriy sur'atda belgilanishi; boshqa omillar talab bilan taklif o`rtasidagi nomutanosiblikka, daromadlarning iste'mol sarflaridan ortib ketishiga sabab bo`ladi. Birinchidan, - markaziy bankning pul siyosatining noto`g`ri yurgizishi natijasida muomalada tovarlar bilan ta'minlanmagan ortikcha pul massasi paydo bo`ladi. Ikkinchidan, - byudjet tankisligi muqarrar ravishda inflyatsiyaga olib boradi. Uchinchidan, - iqtisodiyotni xarbiylashtirish loakal uch xil inflyatsion natija kelib chiqishiga yo`l ochib beradi. Chunonchi, harbiy sanoat majmuasini haddan tashqari rivojlantirish davlat byudjetining chiqimlar qismida doimo keskinlikni yuzaga keltiradi. Tanqislik paydo bo`ladi, undan keyin esa inflyatsion tazyiq ham vujudga keladi. To`rtinchidan, - bozorni monopollashtirish inflyatsiya jarayonining jadalligiga ta'sir o`tkazadi. Qaerdaki, bozorni monopollashtirish yuqori darajaga yetgan bo`lsa, o`sha iqtisodiyotda inflyatsiyaning ko`proq avj olib borishi amaliyotdan ma'lum. Kelib chiqish sabablari va o`sish sur'atlariga qarab, inflyatsiyaning ikki turi mavjud. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling