O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


MAVZU : JAHON BOZORI. XALQARO SAVDO. XALQARO VALYuTA VA KREDIT MUNOSABATLARI


Download 0.94 Mb.
bet113/115
Sana31.01.2024
Hajmi0.94 Mb.
#1833138
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

MAVZU : JAHON BOZORI. XALQARO SAVDO. XALQARO VALYuTA VA KREDIT MUNOSABATLARI.


Asosiy savollar:



  1. Xalqaro savdo, jahon bozori va uning tarkibi.

  2. Tashqi iqtisodiy siyosat va xalqaro savdo tashkilotlari.

  3. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari.



Tayanch iboralar :


Jahon bozori. Xalqaro kredit. Valyuta munosabatlari. Me'yoriy valyuta kursi. yevropa erkin savdo uyushmasi. Bevosita investitsiya. Portfel kapitali. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Eksport kvotasi. Konvertirlangan valyuta. Oltin standart.
1.Xalqaro savdo, jahon bozori va uning tarkibi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar dunyo mamlakatlarining tovar-pul munosabatlari tarzida yuzaga chiqib, u jahon savdosi va mamlakatlar tashqi savdosi orqali amalga oshadi.
Bu munosabatlar keyingi yillarda ma'lum tarkibiy o`zgarishlarga uchrab, ularga xos zamonaviy xususiyatlar quyidagilarda ko`rinadi:
a) Rivojlangan mamlakatlarda tashqi savdo oborotining o`sish darajasi ijtimoiy maxsulot ishlab chiqarishning o`sish darajasidan tezroq bulayotganligi, ishlab chiqarishning tobora eksport ehtiyojlariga yo`naltirilayotganligi M:1950-80 yillarda rivojlangan mamlakatlarda jami ijtimoiy maxsulot 16 marta ko`paygan holda tovarlar eksporti (tashqi savdo oboroti). 33 marta oshdi.
b) Rivojlangan mamlakatlar tomonidan xom ashyolar savdosining qisqarib, qayta ishlash sanoati maxsulotlar savdosining kengayishi. M: umumiy savdo balansida xom ashyo savdosining hissasi shu yillar ichida 3G`5 dan 1G`3 ga kamaydi va tayyor maxsulotlar savdosining hissasi 2G`3 ga oshdi.Bu o`z navbatida jahon savdosida asosan agrar-xom ashyo bilan qatnashadigan mamlakatlarning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
v) Tashqi bozorning ajralmas qismi kapital bozori, kapitalni eksport qilish, kapital chiqarish bo`lib, uning hozirgi shakllari;

  • bevosita investitsiya - unumli kapital chiqarish;

  • portfel kapitali - chet el obligatsiyalari va boshqa qimmatbaho qog`ozlarni sotib olish;

  • turli kredit va ssuda kapitallari bozori.

M., 1985 yilda AQSh ning chetga chiqarilgan xususiy aktivlari (uzoq muddatli) 819 mlrd.dollarni tashkil qilib, uning 28%- unumli 14%-portfel va 58%-ssuda kapitallaridan iborat bo`ldi.
Bevosita investitsiya trans milliy kompaniyalar hukmronligining bevosita moddiy asosi, chunki ular aktivining uncha katta bo`lmagan qismi (taxminan 10%) ga ega bo`lgani holda o`zining «kiz» korxonalari orqali ko`p sonli «nevara» korxonalari ustidan kompaniya nazoratini amalga oshiradi.
g) Kapital bozoridagi hozirgi xususiyatlardan biri esa mamlakatlarning kapital taklifidagi hissasining o`sib, unda Garbiy yevropa mamlakatlari hamda Yaponiya hissasining orta borayotganligidir. M: 1960-1985 yillar ichida chetga bevosita investitsiya (unumli kapital) chiqarishda AQSh hissasi 40, 0% dan 44, 1% ga Yaponiya hissasi 0, 6% dan 12, 6 % ortdi.
Biroq bu kapital bozoridagi AQSh mavqeining mutloq hajmlarda pasayishini bildirmaydi. Hozir ham uning yillik hajmi o`rtacha 200-225 mlrd.dollarni tashkil etib, bu sohada u 1-o`rinda.
Kapital bozorining hozirgi muhim xususiyati ssuda (pul bozori-qisqa muddatli kredit-1 oygacha; kredit bozori-o`rta va uzoq muddatli -2-10 yil) bozorining beqiyos kengashidan iborat. M., 1960-1985 yillar ichida xalqaro ssuda kapitallari hajmi 10 mlrd.dollar.2 tril.395 mlrd.ga yetdi yoki 239, 5 marta ko`paydi.
d) Tashqi savdo munosabatlarining hozirgi xususiyatlari-dan biri ko`pgina, hatto rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo balansining kamomadli ekanligidir. M., 1987 yil AQSh tashqi savdo balansida kamomad (156 mlrd.dollar) bilan, Yaponiya (86 mlrd.dollar.) va GFR (44mlrd.dollar.) bilan yakunlanadi.
j) Jahon bozori faqat tovar savdosidan yoki kapital bozoridan iborat bo`lib qolmasdan faoliyat turlari bilan ayriboshlashni ham o`z ichiga olmoqda. Jumladan, marketing xizmati, injeneriya (injener-loyiha, injener-konsultatsiya, injener-qurilish xizmatlari) lizing (asbob, qurilma mashina kabilarni uzoq muddatga ijaraga berish xizmati) kabilar.
z) Hozirgi davr jahon savdosining muhim xususiyati bu jarayonga uzoq yillar davomida qat'iy cheklashlar doirasidagi qatnashgan sobik sotsialistik mamlakatlarning tobora faol sur'atlar bilan tortilayotganligidir.
Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini xarakterlovchi ko`rsatkichlaridan biri-xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi darajasi ko`rsatkichidir.U eksport hajmining yalpi milliy maxsulotga nisbati bilan belgilanadi: va mamlakatning eksport kvotosi deb yuritiladi.Bu ko`rsatkich qancha yuqori bo`lsa, mamlakatning xalqaro munosabatlardan salmogi shuncha yuqori bo`ladi.M., AQSh eksport kvotasi 10-15 foiz, Germaniya, Frantsiya, Angliya, Italiyaning kvotasi-25-30 foiz, Yaponiyaniki 18-20 foiz, Belgiya, Vengriya, Singapur, Shvetsiya kabi mamlakatlarniki 110-135 foizni tashkil etadi.
Mamlakat iqtisodiyotining xalqaro munosabatlarda ishtiroqining sifat jihatini xarakterlovchi ko`rsatkich-real eksport kvotasidir. U eksport hajmini sanoat maxsulotiga nisbati bilan ifodalanib, uning darajasi rivojlangan mamlakatlarda 40-50 foizni tashkil etadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda mamlakatning turli korxonalari, kompaniyalari, birlashmalari va kontsernlari ham qatnashadi. O`zbekiston iqtisodiy siyosatida korxonalarning eksportni ko`zlab faoliyat qilish masalasi juda dorzarb qilib qo`yilganligi ma'lum. Shuning uchun ularning tashqi faoliyatini xarakterlovchi ko`rsatkich ham qo`llaniladi. Bu ko`rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalq xo`jalik samaradorligi deb yuritiladi. U tovarlar va xizmatlarni o`zida ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog`liq xarajatlar bilan ularni tashqi bozordan sotib olish xarajatlari o`rtasidagi miqdoriy farqdir.Agar tashqaridan olib kelingan tovarlar o`zida ishlab chiqarish xarajatlaridan past bo`lsa, import samaradorligini ifodalaydi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakli xalqaro savdo bo`lib, uning hissasiga iqtisodiy munosabatlarning 80 foizi to`g`ri keladi:
Ma'lumki, har qanday mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari uning milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashuviga yordam beruvchi iqtisodiy vositadir. Tashqi iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish siyosatida ikkita yo`l bo`lishi mumkin. Birinchi- yo`l-jahon iqtisodiyoti integratsiyalashuviga olib keluvchi, xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan va uning afzalliklariga suyanadigan, eksportga mo`ljallangan ishlab chiqarishni ko`zlovchi ochiq iqtisodiyotni qurish yo`li; ikkinchisi-bikik iqtisodiyot kurishga asoslangan, ya'ni o`zining milliy iqtisodiyoti bilan milliy ehtiyojlarni barpo etish yo`li. O`zbekiston, tabiiyki birinchi yo`lni tanladi va ana shu yo`ldan rivojlanib borayotir. Zero, Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, biz o`z iqtisodiyotimizni dunyo uchun ochib qo`ydik, ularning biz uchun ochik siyosat yurgizishni istaymiz.
Jahon hamjamiyatiga kirishga intilish va u bilan hamkorlikda iqtisodiyot yurgizish ob'ektiv zaruratdir, chunki hozirgi zamon maxsulotlarini integratsiyalashuv orqaligina arzon, sifatli va ko`p ishlab chiqarish mumkin. Ikkinchi, o`sib borayotgan ehtiyojlarni faqat jahon bozori bilan bog`lanibgina qondirishga erishish mumkin.
Davlat va xalqlarning jahon hamjamiyatiga intilishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarni kuchayishiga qiziqish shundan kelib chiqadiki, bunday munosabatlar bir qancha afzalliklarga ega.
Birinchidan, boshqa mamlakatlardan sifatli tovarlar, asbob-uskunalar, texnologiya va ilmiy ishlanmalarning keltirilishi mamlakatda zamonaviy korxonalar qurilishiga xizmat qiladi, qurilish muddatlarini qisqartiradi, zero bunday loyixalash xarajatlaridan, ularni ishlab chiqarish bilan bog`liq tashvishlaridan xalos bo`linadi.
Ikkinchidan, eksport qilish imkoniyati o`zida ancha arzon ommaviy ishlab chiqariladigan maxsulotlarni sotish, maxsulot tannarxini pasaytirish, milliy iqtisodiyot tuzilishini o`zgartirish, qo`shimcha milliy daromad olish kabi imkoniyatni yaratadi.
Uchinchidan, jahon bozori baholari ta'sir etadi, chunki bunday baholar o`rtacha ishlab chiqarish sharoitiga asoslanganligi uchun mamlakat o`ziga jahon bozoridan nisbatan arzon maxsulotlarni keltiradi, bundan esa arzonroq tushgan tovar va xizmatlarni eksport qiladi.
Boshqa tomondan jahon bozori baholari talablari asosida ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga majbur etadi ham.
To`rtinchidan, mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirishga ijobiy ta'sir etadi.
Bunda davlatlar ilmiy ishlanmalar, texnika-texnologiya kommunikatsiyalarini birgalikda yaratishga intiladilar.
Beshinchidan, xalqaro iqtisodiy aloqalar ishchi kuchi sifatini yaxshilashga, ishchi va mutaxassislarning zamonaviy kasblar, tajriba va boshqaruv usullarini o`zlashtirib borishlariga undaydi.
Oltinchidan, eng muhimi, aholini eng yaxshi sanoat tovarlari, sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta'minlashga yordam beradi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling