O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy jarayonlarni bilishning uslublari
- Dialektik usul
- -Analiz va sintez
- Eksperiment usuli
Makroiqtisodiyot iqtisodiyotning rivojlanishi, uning hajmi va sifati, yalpi daromad, bandlik, tovarlarni ko`paytirish muammolari bilan shug`ullanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo`l qo`ymaslik ustivor vazifamizdir. Shuningdek, pul qadrsizlanishining, pul emissiyasining boshqarilishini ta'minlash, to`lov balansini bir me'yorda saqlash…» dir, degan edi o`zining «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida» nomli asarida.
Iqtisodiy jarayonlarni bilishning uslublari Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, balki uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog`liqdir. Uslubiyat- bu ilmiy bilishning printsiplar tizimi, yo`llari, qonun-qoidalari va aniq hodisalaridir. Bu ob'ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o`z ichiga oluvchi bir butun ta'limotdir. Uslubiyat umummilliy xarakterga ega, lekin har bir fan o`zining predmetidan kelib chiqib, o`zining ilmiy bilish usullariga egadir. Shuning uchun uslubiyat umummilliy va ayni vaqtda xususiy bo`ladi. Dialektik usul printsiplari ilmiy bilishning umumusuli bo`lib xizmat qiladi. Bu printsiplar quyidagilardan iborat: -iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog`liqlikda, ziddiyatda, o`zaro ta'sir qilib turadigan turli bo`g`inlardan, bo`laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda bo`ladi. - iqtisodiy jarayonning har bir bo`lagini alohida olib uning o`ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo`q bo`lish sabablari hamda oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik, shuningdek bog`liqlik tomonlarini makon va zamonda o`rganish; - iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga rivojlanishda deb qarash muhimdir. Bu yerda son jihatdan o`zgarishlar to`plana borib, sifat jihatdan o`zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur; -ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o`zaro kurashiga erishishini rivojlanishning manbai deb hisoblash. Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o`ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiya usulidir. - Ilmiy abstraktsiya usuli- tahlil paytida halal berishi mumkin bo`lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea - hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o`rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e'tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o`rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko`zga ko`rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. -Analiz va sintez usuli. Analiz-bu o`rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez bu o`rganilayotgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan olib borish zarur bo`lgan tadqiqotni taqozo qiladi, chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar ichki zaruriy qonuniy bog`lanishlar bo`yicha tahlil qilinadi. Eksperiment usuli - iqtisodiy usishning keskin o`zgarish bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalanishdir. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida ahamiyatga ega. Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullardan keng foydalaniladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanini o`rganish va tushuntirishda uning vazifalariga e'tibor berish lozim. Jamiyatning iqtisodiy munosabatlari va hodisalarini turli iqtisodiy tizimlarini materialistik dialektika metodi bilan o`rganish va tushuntirish jarayonida iqtisodiyot nazariyasi fani qator vazifalarni bajaradi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling