O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasi
Download 0.52 Mb.
|
1 2
Bog'liq2-sinf-o’qish-Mehnat-baxt-keltirar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: 3.Yangi mavzu bayoni
Sinf: 2 -sinf.
Vaqt: 45daqiqa. Fan: O`qish. Mavzu: ”Mehnat baxt keltirar” bo`limi yuzasidan savol va topshiriqlar. Darsning maqsadi: a)ta`limiy maqsad: O`quvchilarni “Mehnat baxt keltirar” bo`limi yuzasidan olgan bilim larine mustahkamlash. b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni dunyo qarashini kengaytirish,mehnatga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, mehnat sevarlikka undash. d)rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning og`zaki nutqi, bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish. Dars turi: noan`anaviy, mustahkamlovchi. Dars usuli: aralash, savol-javob, klaster. Dars jixozi: netbook, rasmlar, krassvord. Darsning borishi: Tashkiliy qism: a) o`quvchilarning darsga tayyorgarligi; b) navbatchi axborotini tinglash; d) fasl haqida suhbat; 2. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: 3.Yangi mavzu bayoni: O`quvchilar 3 guruhga bo`linadilar. 1-guruh-“Zukkolar”. 2-guruh- “Topqirlar”. 3-guruh-“Bilimdonlar”. Guruhlar nomi sharhlanadi.Har bir guruh o`z shiorlarini aytadilar.So`ngra o`tilgan mavzular bo`yicha savol-javob qilinadi. Savollar: 1- guruh. 1. Hozir o`lkamizda qaysi fasl hukm surmoqda ? 2. Qish fasli qachondan boshlanadi ? 3. Qaysi oylar qish fasliga kiradi ? 4.”Odam bo`laman “she`rining muallifi kim? 5. Shu she`r nimalar haqida ? 6. Keksa kulol va shogird ertagining qahramonlari kimlar ? 7. Qishda ob-havo qanday bo`ladi ? 8.”Hunar - bebaho boylik “she`ri kim haqida yozilgan ? 2-guruh: 1. Mening do`stim kompyusha mavzusi nima haqida yozilgan ? 2.”Non aziz “she`rining muallifi kim ? 3. Non haqida maqol bilasizmi ? 4. Biz nima uchun nonni e`zozlaymiz ? 5.”Uch o`g`il “ertagining qahramonlarini sanab bering? 6. To`ng`ich o`g`li qanday bo`lgan? 7. Kenja o`g`il-chi ? 3-guruh: 1. Qaysi qahramon to`g`ri ish qildi? 2. Dekabr oyining oxirida qaysi bayram nishonlanadi? 3. Mehnatdan kelsa boylik …….. 4. D.T.S. bo`yicha o`qish fanidan nimalarni bilishimiz kerak ? 5. Prezidentimiz kim? 6. 41 –modda . 7”Saxna ko’rinishi “ “Quvnoq daqiqa “o’tkaziladi . Konstitutsiya bo’yicha ma’lumot beriladi. Bayroq ,gerblar ta’riflanadi.”Non haqida “qo’shiq aytiladi . “Maqol yig’ish “ o’yini . Guruhga testlar berib javobi olinadi . 1-guruh Kenja o’gil qanday bola? Aqlli Aqilsiz Hunarsiz Oppoqgina dasturxon yer yuzini qoplagan. Topishmoqning javobini toping. Muz b) qor d) suv Sarvarjon kichik dehqon yashar yer-la sirlashib. Bu misra qaysi sherdan olingan? a)Non aziz b) odam bo’laman d) hunar bebaho boylik. 2-guruh Kezaman ko’p joylarni moy tomchigan kiyimda . Bu misra qaysi she’rdan olingan ? a) Hunar bebaho boylik b) Odam bo’laman d) Non aziz 2. Qo’lsiz, oyoqsiz gul solidi.Topishmoqning javobini toping. a) muz b) qor d) ayoz “Odam bo’laman” she’rining muallifi kim? a) Anvar b) Po’lat Mo’min d) O Po’lat 3-guruh Obro’ning onasi –mehnat , Otasi -…….kerakli so’zni qo’ying . a) harakat b) gul d) mehnat 2. Dalalarda qor , Daryolarda muz bor . Bu qaysi fasl , Yozmi yo bahor topishmoqning javobini toping . a)kuz b) qish d) yoz 3.”Uch o’g’il “ ertagida qaysi o’g’il to’g’ri ish qiladi ? a) Katta o’g’il b) o’rtanchi d) kenja o’g’il Kasblar bo’yicha “klaster “ usulidan foydalaniladi. Kasblar. Kasblar bo’yicha bir o’quvchi interyu oladi .Barcha o’quvchilar o’z sevgan kasblarini she’ri bilan aytadilar. Darsni mustahkamlash : 4.Barcha o’quvchiga maqol ayttirish . 5.Uyga vazifa: o’qib kelish . Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling