O’zbekiston Respublikasi Xalq
Download 2.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
«Donishmandlar uyi» da qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr ibn Iroq
kabi olimlar ijod bilan shug‘ullandilar. Bu keyinchalik «Ma’mun» akademiyasi nomi bilan dunyoga mashhur bо‘lgan. Sharq «Uyg‘onish davri» da ilm-fan rivojlanishi uch yо‘nalishda bо‘ldi. Birinchi yо‘nalish matematika-tibbiyot yо‘nalishi bо‘lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik kabi fanlar kiritilib, al-Xorazmiy, Ahmad Farobiylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy, Kimyo va tibbiyotga oid ibn Sino tibbiyot va falsafa, Beruniy tibbiyotga oid, Jurjoniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdilar. Ikkinchi yо‘nalish ijtimoiy-falsafiy yо‘nalish bо‘lib, bunda falsafa, tarix, manti, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bо‘lib, bu sohada Farobiy, al- Kixdiy, Ibn Sino, Muhammad Narshahiy kabilar faoliyat kо‘rsatgan. Yuqorida aytib о‘tilgan olimlar qomusiy olimlardir. Uchinchi yо‘nalish ta’limiy-ahloqiy yо‘nalish bо‘lib, bu sohada qomusiy olimlar о‘z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki ahloqiy 28 asarlarida bayon etganlar. Sharq Uyg‘onish davrida inson muamosi ma’naviy sohasidagi asosiy masala bо‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalasiga katta e’tibor berilgan, yaratilgan asarlarda sharqqa xos bо‘lgan insonning axloiy- ruhiy kamolotini ulug‘lash yetakchi о‘rin tutgan. Mazkur ta’limiy-axloiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga yetishi yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin degan g‘oya ilgari surildi. Ilmiy bilimga asoslanuvchi metod shakllandi, natijada aliy tarbiya olimlar e’tiborida bо‘ldi: Xorazmiy, Farobiylar bu metodni asoslab berishgan buyuk mutaffakkirlar edi. Tabiat va unga bog‘liq ta’lim tarbiyani rivojlantirish bо‘yicha Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning qarashlari alohida ahamiyatga ega. Bular haqida qisacha tо‘htalib о‘tamiz. Download 2.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling