O’zbekiston Respublikasi Xalq
Download 2.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiya о‘qitish metodikasi
Taqrizchilar:
Qarshi davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n SH.A.Samadova Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasi dotsenti, D.N.Qodirova 3 KIRISH О‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi halqimiz uchun juda katta tarixiy ahami yatga ega bо‘lgan voqiylikdir. Mustaqillik deganda davlatning о‘zi tarixiy va madaniy an’analariga suyangan holda rivojlanishning konkret sharoitlaridan kelib chiqib, о‘zining yaqin kelajagini rivojlantirishga yо‘llarini belgilaydi. Ana shunday yо‘llardan biri ta’lim sohasining barcha jabxalarida islohatlar о‘tkazishdan iborat. Bu isloxatlar ta’lim tо‘g‘risidagi qonunda о‘z ifodasini topgan. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning 2017 – 2021 yillarga mo’ljallangan beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha qabul qilingan “Harakatlar strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalishi – ijtimoiy sohani rivojlantirishga bag’ishlangan". Huddi shu yo’nalishning to’rtinchi bandida ta’lim va ilm fanga alohida e’tibor berilgan bo’lib, ta’lim tizimida jahon andozalariga mos ta’lim shakllarini tashkil etish, bilim berishning ustuvor metodlaridan foydalanishni yanada takomillashtirishga qaratilgan. Oliy ta’lim tizimida bu borada bir qator amaliy ishlarga, jumladan moddiy- texnika asosini tubdan yaxshilashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Shulardan biri oliy ta’lim tizimida о‘qitiladigan barcha fanlar bо‘yicha ma’ruzalar matni kurslarini tayyorlashdir. Biologiya о‘qitish metodikasi fani bо‘yicha tayyorlangan ushbu kurs ham yuqorida yuritilgan muloxazalarga asoslangan. O’quv qo’llanmada VI bob asosida tuzilgan 29 ta ma’ruzadan iborat. Matnlarni tayyorlashda о‘zbek tilida chop etilgan darslik va qо‘llanmalar asos qilib olindi. Malaka talablari bilan birga ma’ruzalarda rus tilida chop etilgan darslik va qо‘llanmalar, shuningdek keyingi yillarda fan sohasida erishilgan yutuqlar ham matnda о‘z о‘rnini topgan. Ma’ruzalar matni о‘quv qо‘llanmalarga nisbatan ancha qisqa, ammo masalalar lо‘nda qilib keltirilgan. U yoki bu masala yuzasidan kengroq ma’lumot olish uchun albatta darsliklarga murojaat qilish shart. 4 Buning uchun har bir ma’ruza oxirida mustaqil о‘qish uchun savollar keltirilgan. Ma’ruzalar ketma-ketligi о‘qituvchining xoxishiga kо‘ra almashtirishi mumkin. Ma’ruzalar matnida talabalar Biologiya о‘qitish metodikasi bо‘yicha hozirda ma’lum bо‘lgan qonun va qonuniyatlar, qoidalar va tadqiqotlar natijalari bilan tanishib qolmay, balki hali yechilmagan, hal qilinishi zarur bо‘lgan muammolar bilan ham tanishadilar va bu о‘z navbatida ushbu sohaga yangi, yosh talantlarni kirib kelishiga yо‘l ochadi. Bizning kelajagimiz xalqimiz va davlatimiz kelajagi esa yoshlarimizning qо‘lidadir. Maskur o’quv qo’llanma 2018-yilda ishlab chiqilgan 5140100-biologiya ta’lim yo’nalishi bakalaviriat talabalari uchun malaka talablari va o’quv rejasi, dasturi asosida yozilgan. Qo’llanma kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim to’g’risidagi qonunlarga asoslanib yozilgan darsliklar o’quv qo’llanmalar, monografiyalar, ilmiy-ommobop kitoblar, ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalardan foydalanildi. Download 2.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling