O’zbekiston Respublikasi Xalq
umumiy tushuncha», «zoologiya», «botanika», «mineralogiya», «odam
Download 2.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
umumiy tushuncha», «zoologiya», «botanika», «mineralogiya», «odam
anatomiyasi va fiziologiyasi» kabi fanlar о‘qitila boshlandi. Mazkur о‘quv fanlar bо‘yicha yozilgan darsliklar xajmi nihoyatda katta bо‘lib, undagi о‘quv materiallar juda murakkab bо‘lgani sababli о‘quvchilarda hech qanday qiziish uyg‘otmadi. Faqat V.I.Dal tomonidan yozilgan botanika darsligi ekologiya va tabiatni muhofaza qilish bо‘yicha boy ma’lumotga ega bо‘lgani uchun u tushunarli bо‘lib о‘quvchilarda shu fanga nisbatan qiziqish uyg‘ota oldi. 2.Tabiiyotshunoslikni maktablarda о‘qitilishi va uning metodikasi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib CH.Darvinning organik olam evolyusiyasi tо‘g‘risidagi ta’limoti e’lon qilingandan keyin olimlardan A.N.Beketov, K.A.Timiryazev maktab tabiiyotshunoslik о‘quv fanini asosiy vazifasi о‘quvchilarning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va tarbiyalashdan iborat 12 ekanligini e’tirof etdilar. A.N.Beketov о‘quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy tafakkurini rivojlanishida tabiiyotshunoslik muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd qiladi. U tabiiyotshunoslikni о‘qitishda kо‘rgazma qurollardan keng foydalanish, tajribalar olib borish nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlaydi. A.N.Beketovning о‘qitish sohasidagi fikrlari kо‘p jihatdan nemis tabiiyotshunos pedagogi Avgust Lyuben (1804-1873) qarashlarini eslatadi. Tabiiyotshunoslikga bag‘ishlangan uning darsligida bu fanning tarbiyaviy ahamiyati, xususan, о‘quvchilar olib boradigan mustaqil ishlarda, ekskursiyalarda ularni tadqiqot ishlar о‘tkazish kо‘nikmalarini hosil etish lozimligi ta’kidlanadi. A.Lyuben metodi bо‘yicha о‘quvchilar avvalo organik olamning alohida vakillari bilan mahalliy obektlar misolida tanishishlari kerak. Bunda iloji boricha tabiiy о‘simliklar, xayvonlar bilan boshqa holatlarda esa ularning yaxshi ishlangan tasvirlari bilan mashg‘ulot olib borish lozimligi uqtiriladi. О‘quvchilar о‘qituvchi taklif etgan reja asosida mustaqil о‘quv materiallarini о‘rganishlari bunda oddiydan murakkab, ma’lumdan no’malum tomon yо‘nalish ya’ni induktiv metod asosiy о‘rin egallashi kerak. Biroq maktablarda kо‘rgazmali vositalarning kamligi A.Lyubenning ilg‘or metodik kо‘rsatmalarini joriy yetishga tо‘sqinlik qildi. Bundan tasharqi A.Lyuben darsligida diqqat e’tibor faqat о‘simliklar morfologiyasi va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki pedagogik jamoatchilikni qanoatlantirmas edi. Bu esa о‘z navbatida tabiiyotshunoslikning mazmuniga mos bо‘lgan yangi pedagogik muammolarni hal etish zarurligini kо‘rsatardi. Tabiiyotshunos pedagog A.Y.Gerdning (1841-1888) faoliyati ana shu muammolarni hal etishga qaratildi. A.Y.Gerd fikricha Lyuben tabiiyotshunosligining eng katta kamchiligi uning mazmunini zamon talablariga mos emasligidir. A.Y.Gerd XIX asrning tabiiyotshunoslikning yirik metodisti sanaladi. Uning qayd etishicha maktab tabiiyotshunoslikining asosiy maqsadi о‘quvchilarga rivojlantiruvchi bilim berishdan hamda bilim olishdagi ularning mustaqilligini taraqqiy etdirishdan iboratdir. A.Y.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar о‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlar olib borish muhim о‘rin tutadi. Olimning qayd 13 etishicha, tabiiyotshunoslikni о‘qitishdan kо‘zlangan vazifa organizmlarning xilma-xilligi bilan tanishtirish, ularning hayoti yorug‘lik, xarorat, namlik, havo va va boshqa organizmlarga bog‘liqligini tushuntirish, tabiatdagi sabab bilan oqibatning о‘zaro bog‘liqligini idrok etishdan iborat bо‘lmog‘i kerak. A.Y.Gerd Darvin tomonidan asoslangan evolyusion nazariya ta’sirida bо‘lgan va о‘z darsliklariga evolyusion prinsipini joriy etgan. U maktab tabiiyotshunoslik kursi: 1. Anorganik dunyo; 2.О‘simliklar dunyosi; 3. «Xayvonot dunyosi», «Odam», «Yer tarixi» kabi о‘quv fanlaridan tuzilgan bо‘lishi kerak deb ta’kidlqaydi. A.Y.Gerd faoliyati tufayli tabiiyotshunoslikni о‘qitish metodikasi pedagogika fanining alohida ilmiy shaxobchasi sifatida e’tirof etila boshlandi. 3.XX asrda biologiya о‘qitish metodikasining xolati. XX asrdagi biologiya о‘qitish metodikasiga V.V.Polovstov katta xissa qо‘shdi. U 1907 yili Download 2.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling