O`zbekiston respublikasi xorazm viloyat urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat


Download 13.53 Kb.
Sana03.10.2023
Hajmi13.53 Kb.
#1690915
Bog'liq
T A V S I F N O M A


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYAT URGANCH SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT
220100, Xorazm, Urganch,
Sheroziy ko'chasi 2-uy,
Tel: (+998) 62-223-20-31



SPECIALIZED BOARDING SCHOOL №1 IN URGENCH, KHOREZM REGION, REPUBLIK OF
UZBEKISTAN

220100, 2, Sheraziy street,


Urgench, Khorezm,
Tel: (+998) 62-223-20-31

_____” _______________ 2023-yil


____
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan
maktab-internati 10-sinf o`quvchisi
Urazmatova Sevinchoy Jasur qiziga


T A V S I F N O M A


Urazmatova Sevinchoy Jasur qizi 2006-yilning 9-sentabr sanasida Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Hozirda Urganch shahar
1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tahsil olmoqda.
Urazmatova Sevinchoy Jasur qizi maktab-internatining faol, iqtidorli, a’lochi, tashabbuskor o‘quvchilaridan biri.
U 2022-yildan test sinovi asosida qabul qilindi. O‘qish davomida o‘zining zukkoligi, tirishqoqligi bilan ustozlar nazariga tushdi. Maktab-internatida o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi.
Maktab-internatidagi zakavot klubining “Leaders” jamoasi yetakchisi. U o‘zining odobi, kamtarinligi, yuksak ma’naviyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Urazmatova Sevinchoy Jasur qizi tashabbuskor, jamoat ishlarida ham faol. Uning xorijiy tillarga qiziqishi katta. U ingliz, rus, turk, ispan tillarini ishtiyoq bilan o‘rganmoqda. Uning yutuqlari talaygina. Jumladan,
2022-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika fani bo’yicha fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlangan xotira turniridagi faol ishtiroki uchun “USTOZ E’TIROFI” nominatsiyasi bilan taqdirlangan.
2022-yilda AIMO(Asia International Mathematical Olympiad) olimpiadasining 1-bosqichida bronza medalni qo‘lga kiritib, final bosqichiga yo‘l olgan.
2022-yil 15-avgustda Toshkentda AIMO olimpiadasining final bosqichida ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgan.
2022-yil 24-sentabrda IELTS (International English Language Testing System) xalqaro imtihonini topshirib, 7 ballik(C1) xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Sevinchoy 2022-yilda o’tkazilgan “Linguist” olimpiadasida faol ishtirok etgan va eng yuqori ball olgan o‘quvchilarning 20 talik ro‘yxatiga kirgan.
Hozirda 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano bo‘limida 6-sinfda o‘qimoqda. Shu bilan birga dutor milliy cholg‘u asbobini chalish bilan ham shug‘ullanmoqda.
Coursera onlayn darslar platformasida Meta kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Front-End Web Development onlayn dasturlash kurslari yordamida dasturlash sohasini o‘rganmoqda.
Sinf rahbari: B.Jumaniyozov
O‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari: Sh.R.Yusupov


Maktab-internati direktori: G‘.J.Axmedov
Download 13.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling