O'zbekiston Respublikasi yer osti suv resurslari


Download 31.85 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi31.85 Kb.
#1770047
  1   2
Bog'liq
Dunyoda va O\'zbekiston Respublikasi suvni ishlatish xajmi.


O'zbekiston Respublikasi yer osti suv resurslari.

Reja:
1. Yer osti suv konlarni geologik sharoitlarini shakllanishi: allyuvial yotqiziqlar tog' oldi, tog'li hududlar .


2. Yer osti suv konlarni turlari va O'zbekiston Respublikasi viloyatlarida tarqalishi.


Yer osti suv konlarni geologik sharoitlarini shakllanishi: allyuvial yotqiziqlar tog' oldi, tog'li hududlar .
Er osti suv konlari deb xalq xo'jaligi ob'ektlarini suv bilan ta'minlashga mo'ljallangan ma'lum muddat oralig'ida, kerakli miqdorda, qoniqarli sifatga ega bo'lgan bir joyda to'plangan er osti suvlariga aytiladi.
Bundan ko'rinib turibdiki er osti suv konlari uch xil talabga: sifat, miqdor va ulardan foydalanish qulayliklariga javob berishi kerak. Konlarni zaxiralarini hisoblashda asosan 25-30 yil olinib, shu muddat ichida xalq xo'jaligining u yoki bu tarmoqlari uchun kerakli miqdorda va sifatli suv bilan taminlash lozim.
Er osti suv konlarini ishlatish maqsadlariga ko'ra 6 turga ajratiladi:
1.Ichimlik va xo'jalik maqsadlari uchun mo'ljallangan er osti suv konlari.
Yil sayin er osti suvlariga bo'lgan talab ortib bormoqda. Er yuzida insonlarni hamda ishlab chiqarish korxonalarini sonini tobora ortib borish, er usti suvlarini ichimlik maqsadida ishlatish uchun yaroqsiz bo'lib qolishi va er osti suvlaridan foydalanishni taqozo etadi.
2.Texnik maqsadlarda ishlaydigan er osti suv konlari. Ishlab chiqarish korxonalari uchun ishlatiladigan er osti suv konlari turlicha bo'lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak: 2 bug'qozonlari uchun yumshoq suv tarkibida mineral tuzlar kam bo'lishi, asboblarni sovutish uchun suvlarni harakati bir xil bo'lishi yog'och maxsulotlarining qayta ishlashda natriy xloridli sho'r suvlar ishlatilishi.
3.qishloq xo'jalik soxasidagi ishlatiladigan er osti suv konlari arid hududlarida chorva mollarini suv bilan ta'minlash va erlarni sug'orishda er osti suvlari asosiy manba hisoblanadi. Suvlarni ishlatishda sifatiga ya'ni tarkibiga bo'lgan talab bir muncha o'ziga xos. Mineralizasiya darajasi ko'p hollarda ikki uch, ayrim hollarda 8-10 g/l gacha borishi mumkin.
4.Davolash maqsadida ishlatiladigan er osti suv konlari. Eramizdan oldingi VI asrda Gresiyada Epidavr kurorti tarkibida temir elementi bilan boyitilgan er osti mineral suvidan, davolanish maqsadida foydalanilgan. Hozirgi kunda O'zbekistonda bir nechta davolanish sanatoriyalari mavjud bo'lib, ularda er osti mineral suvlaridan foydalaniladi.
5.Sanoat ahamiyatiga ega er osti suv konlari. Hozirgi vaqtda dunyodagi brom va yod zaxiralarini asosiy qismini er osti suv konlari tashkil etadi. Ulardan tashqari er osti suvlaridan tosh tuzi, mirabilish, soda, bor, litiy tseziy, rubidiy, Strantsiy, radiy va boshqa komponentlarni ajratib olish mumkin.
6.Termal suv konlari. Hozirgi zamon vulqonlari rivojlangan hududlarda harorati 80-1000S ni tashkil qiluvchi buloqlar mavjud bo'lib, ularni geyzerlar deb ham yuritiladi. 1914 yili Italiyada birinchi bo'lib termal suvga ishlaydigan elektrostantsiya qurilgan. Hozirgi kunda esa bunday elektron stantsiyalar yangi Zilandiya, Yaponiya va Rossiya davlatlarida muvofaqiyat bilan ishlab kelmoqda.
Termal suvlardan faqat issiqlik manbai sifatida emas, shifobahsh suv sifatida ham ishlatsa bo'ladi. Bundan tashqari ulardan bor kislotasi va tosh tuzlari ajratib olinadi.
Er osti suv konlarini xalq xo'jaligini qaysi sohasida qanday maqsadlarda ishlatishdan qatiy nazar ularni qidiruv ishlarini asosiy maqsadi quyidagilardan iborat bo'lib, ular hosil bo'lish sharoiti, tarqalishi, gidrodinamik, gidroximik va boshqa qonuniyatlarini o'z ichiga oladi.
Konlarni tabiiy sharoitini o'rganishdagi amaliy masalalarini xal etishda ular geologiya qidiruv ishlarini umumiy printsiplariga asoslangan bo'ladi.
Bu printsiplariga quyidagilar kiradi:
1.Tadqiqot ishlarini olib borishni to'liq printsiplari. Bunda er osti suvlarini vertikal va gorizontal xolatlari bo'yicha filtrasiya chegaralarini, zaxirasini hosil bo'lishi, asosiy gidrodinamik parametrlarini, tabiiy va sun'iy yo'llar orqali ta'sir etuvchi omillarga hamda ularni sifatini aniqlovchi ko'rsatgichlarga katta e'tibor beriladi. Tadqiqotlarni to'liqli darajasini oshirish maqsadida boshqa turdagi qazilma boyliklarini ham qo'shib o'rganiladi.
2.Ularga yondoshish ketma-ketlik printsiplari. Bu printsip va kon to'g'risidagi bilimlarini sekin-asta boyitib borish orqali amalga oshiriladi. Har bir konni o'rganishning ketma-ketligiga asoslangan holda bosqichma-bosqich olib boriladi.
3.Konlarni o'rganilishining teng o'lchamli printsiplari. Konlarni teng o'lchamli printsiplari asosan konlarni murakkab qismlarini ya'ni suv o'tkazuvchanligi turlicha bo'lgan joylardagi suv sifatlarini o'zgarishini va ularni hosil bo'lish sharoitlarini chuqur o'rganiladi, oddiy joylarini qisman oddiyroq o'rganiladi.
Er osti suvlarini o'rganilishini teng o'lchamli printsiplari quyidagi talablarga asoslanadi: 1.Butun kon bo'yicha yoki uning alohijda qismlarini bir tekis burg'u quduqlari orqali olish; 2.Butun kon maydoni bo'yicha to'liq ma'lumot beruvchi, o'rganish nuqtalarini teng joylashtirish; 3.Konning har xil qismlarini o'lchay oladigan (tadqiq qila oladigan) texnik manbalarini qo'llash; 4.Butun kon maydoni bo'yicha er osti suvlarini baholovchi sifat va miqdori qiymatlari bir xil bo'lgan qismlarda bir xil turdagi tadqiqot uslublarini qo'llash.
4.Kam mehnat sarflash va tejamkorlik printsiplari. Bu printsipni asosiy talabi suv konlarini o'rganishda kam mehnat sarf etib, harajatlarni tejash orqali qo'yilgan maqsadga erishish. Bu printsip qidiruv razvedka ishlarida yuqori darajada iqtisodiy samara beradi.
5.Tabiiy resurslardan rasional va kompleks foydalanish printsiplari. Er osti suvlaridan ilmga asoslangan holda rasional foydalanish xalq xo'jaligida yuqori darajala samara beradi. Er osti suv resurslardan kompleks foydalanish deganda suvini hamma hususiyatlaridan (harorati, sifati, tarkibidan turdi elementlarni ajratib olish va x.k.) foydalanish ko'zda tutiladi.
Gidrogeologik tadqiqot ishlarining asosiy turlari va ularni olib borish tartibi, er osti suvlarini o'rganish ishlarini olib borish masshtabiga qo'yilgan maqsadni o'ziga xosliligiga, dolzarbligiga, hududni o'rganilganlik darajasiga, tabiiy sharoitiga, texnik iqtisodiy ko'rsatgichlariga asoslangan holda tanlab olinadi. P.V.Tardeevni fikri bo'yicha gidrogeologik tadqiqot ishlari olib borish quyidagi turlariga ajratiladi:
1.Hudud bo'yicha oldin olib borilgan tadqiqotlarni natijalari bilan tanishish.
2.Gidrogeologik rekognisirovka (asosiy tadqiqot ishlaridan ilgari o'tkaziladigan ishlari).
3.Gidrogeologik s'yomka.
4.qidiruv ishlari.
5.Dala tajriba filtrasion ishlar.
6.Er osti suvlarini rejimini kuzatish.
7.Namunalar olish va laboratoriya ishlari.
O'rganilayotgan hudud bo'yicha bajarilgan tadqiqot natijalari bilan fondlardagi mavjud hisobotlar hamda chop etilgan monografiya maqolalar bilan yaqindan tanishiladi. E'tiyuorni ishlab turgan suv omborlari va ayrim yakkaxon tartibdagi burg'u quduqlariga, hududni injener geologik va gidrogeologik sharoitlariga qaratiladi.
Gidrogeologik rekognisirovka tadqiqot ishlarini olib borishda asosiy e'tiyuorni hududni geologik va gidrogeologik sharoitiga hamda olib boriladigan tadqiqotlarni kam sarf asosida yuqori darajadagi ma'lumotlar olishga qaratildi.
Gidrogeologik s'yomka ishlariga hududni gidrogeologik sharoitini o'rganish va xaritalari turli ginetik turdagi er osti suv qatlamlarini tarqalishi va sifatini o'rganish qonuniyatlarini o'rganish ishlari kiradi.
Qidiruv ishlari. Burg'u qudug'i va ayrim hollarda shurflar va kanvalarni qazish orqali amalga oshiriladi. Burg'u qudug'i gidrogeologik tadqiqot ishlarini asosiy qismi bo'lib, u orqali er osti suv qatlamlarini yuqori va quyi chegaralarini qalinligini, er osti suvini p'ezometrik sathini, bosim balandligi aniqlanadi.
Dala tajriba filtrasion ishlar. Tajriba filtrasion ishlarni o'tkazishdan maqsad suvli qatlamlarni va aerasiya zonasi jinslarini gidrogeologik parametrlarini aniqlashdan iborat bo'lib, ularni aniqlash burg'u qudug'i, qudug'lar va shurflardan suvni tortib (so'rib) olish va quyish hamda burg'u quduqlariga ma'lum muddatga dam berib suvni quyish orqali amalga oshiriladi.
Er osti rejim kuzatuvi. Er osti suvlarini rejimini bashoratlash ishlari, zaxirasini baholash, suvlarni ifloslanishi va zaxirasini kamayib ketishini oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. Rejim kuzatuvlari burg'u quduqlarini, buloqlarni, quduqlarni va er usti suv oqim miqdorini o'lchash maxsus qurilmalar asosida amalga oshiriladi.
Namunalar olish va laboratoriya ishlarini asosiy maqsadi gruntlarni suvli fizik hususiyatlarini, er osti suvlarini kimyoviy va gazli tarkibini o'rganishdan iborat. Bu ishlarni amalga oshirishda grunt va suvlardan namunalar olinadi va ularni tekshirish uchun laboratoriyaga olib kelinadi va o'rganiladi.


Download 31.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling