Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalaridagi vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom


-bob. Test sinovlarini oʻtkazish tartibi


Download 69.72 Kb.
bet4/7
Sana03.11.2023
Hajmi69.72 Kb.
#1742582
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Танлов тартиби

4-bob. Test sinovlarini oʻtkazish tartibi
22. Test sinovlari nomzodlarning shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
23. Test savollari (topshiriqlari) Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va doimiy ravishda yangilab boriladi.
Bunda, savollar Agentlikning darajasi (respublika, hudud va tuman)ga muvofiq hamda vakant lavozimning xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi.
24. Test sinovlari ishchi organ tomonidan Agentlik belgilagan tartibda alohida bino yoki inshootida yoxud onlayn tarzda (masofadan turib) tashkil qilinadi.
25. Nomzodlarning Agentlik markaziy apparatidagi vakant lavozimlar uchun test savollari umumiy koʻrsatkichining kamida 70 foiziga, hududiy tuzilmalaridagi vakant lavozimlar uchun kamida 60 foiziga teng ball toʻplashi imtihon natijalarini ijobiy deb topish uchun asos boʻladi.
Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridagi vakant lavozimlarga nomzodlar Agentlik tizimi xodimlari orasida mavjud bo‘lgan taqdirda, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida nomzodlarni lavozimga tayinlash uchun o‘tkaziladigan tanlov Nizomning 2-bob, 11-bandidagi birinchi–uchinchi bosqichlarni o‘tkazmasdan, to‘rtinchi (suhbat o‘tkazish) va beshinchi (suhbat natijasi bo‘yicha xulosa berish) bosqichlarni o‘tkazish orqali xodimlar rotatsiya qilinadi.
26. Test sinovlari natijalari tanlov komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va test sinovlari oʻtkazilgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmasdan saytda eʼlon qilinadi.
27. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodlar ushbu Nizomga muvofiq eʼlon qilingan yangi tanlovda qatnashish uchun hujjat topshirishi mumkin.
28. Test sinovlari oʻtkazilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan lekin unda ishtirok etmagan nomzodlar testdan oʻtmagan deb hisoblanadi.

5-bob. Suhbat oʻtkazish tartibi
29. Suhbat tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Suhbatda tanlov komissiyasi aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
Agar tanlov komissiyasi aʼzosi suhbatdan oʻtayotgan shaxsning yaqin qarindoshi boʻlsa, suhbat natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa, aʼzo oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz berishi shart.
30. Suhbat ishchi organ tomonidan Agentlik belgilagan tartibda alohida bino yoki inshootida yoxud onlayn tarzda (masofadan turib) tashkil qilinadi.
Test-sinovlari va suhbat orqali nomzodni baholash uning kasbiy mahorati
va shaxsiy fazilatlari vakant lavozimni egallash boʻyicha malakaviy talablarga mos kelishini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Suhbat jarayonida tanlov komissiyasi aʼzolari har bir nomzodga koʻpi bilan beshta savol beradi. Tanlov komissiyasi aʼzolari har bir savolga berilgan javobni baholaydi.
31. Har bir nomzod bilan oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda suhbat varaqasi toʻldiriladi.
32. Tanlov komissiyasining har bir aʼzosi suhbat varaqasida quyidagi jumlalardan birini tanlash orqali oʻz tavsiyalarini koʻrsatadi:
mehnat shartnomasini tuzish tavsiya etiladi;
dastlabki sinov muddati bilan mehnat shartnomasi tuzish tavsiya etiladi;
mehnat shartnomasi tuzish tavsiya etilmaydi.
33. Ishga qabul qilishda ustunlik mehnat shartnomasi tuzish boʻyicha tanlov komissiyasi aʼzolarining eng koʻp ijobiy tavsiyalarini olgan nomzodga beriladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Agar tanlov komissiyasi aʼzolarining ijobiy xulosalari teng boʻlsa, tanlov komissiyasi raisi va aʼzolari xulosalariga asoslanib yakuniy xulosa beriladi.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz vakili orqali suhbat vaqtida tartib-taomillar tanlovlarni tashkillashtirish va oʻtkazish qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining vakili tomonidan bayonnomada keltirilgan holatlar boʻyicha tekshirish oʻtkazish va davlat organi yoki tashkilotiga suhbat natijalarini yoki tanlovni butunlay bekor qilish boʻyicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega.
35. Nomzodlar tanlov komissiyasi xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda xulosa qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda tanlov natijalari boʻyicha komissiya xulosasi ustidan davlat organi yoki tashkiloti rahbariga, yuqori turuvchi davlat organi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suhbat oʻtkazilishi toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda xabardor qilingan lekin unda ishtirok etmagan nomzodlar suhbatdan oʻtmagan hisoblanadi.
36. Tanlov komissiyasining nomzodni ishga qabul qilish boʻyicha tavsiya berilgan (Agentlik yoki idora tomonidan ijobiy xulosa berilgan) kundan eʼtiboran belgilangan tartibda bir hafta mobaynida davlat organi yoki tashkilotining rahbari tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzadi.
37. Agar qonun hujjatlarida vakant lavozimga tayinlashda nomzodni tegishli agentlik yoki idora bilan kelishish lozimligi belgilangan boʻlsa, masʼul kotib uning tegishli hujjatlarini agentlik yoki idoraga kelishish uchun yuborishi lozim hamda ijobiy javob olingandan soʻng belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzish choralarini koʻradi.


Download 69.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling