Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalaridagi vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
Download 69.72 Kb.
|
Танлов тартиби
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlonni joylashtirish
birinchi bosqich – tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilish;
ikkinchi bosqich – hujjatlarni qabul qilish va saralash; uchinchi bosqich – nomzodlarni test sinovlaridan oʻtkazish; toʻrtinchi bosqich – suhbat oʻtkazish; beshinchi bosqich – nomzodni ishga qabul qilish yoki rad etish boʻyicha xulosa berish. 12. Tanlov oʻtkazishda oshkoralik va xolislikni taʼminlash maqsadida nomzodning roziligiga asosan uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarda audio va videoyozuvi qurilmalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Tanlovda ishtirok etish bilan bogʻliq barcha (transport xarajatlari, yashash, ovqatlanish va boshqa xizmatlardan foydalanish) xarajatlar nomzodning oʻz hisobidan qoplanadi. 3-bob. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlonni joylashtirish 13. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon vakant lavozimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” apparat-dasturiy kompleksiga (vacancy.argos.uz) (keyingi oʻrinlarda – sayt) qoʻyiladi. Shu bilan birga, vakant lavozimlar toʻgʻrisidagi eʼlon Agentlikning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi. Agentlikning ehtiyojidan kelib chiqib davriy nashrlarda ham joylashtirilishi mumkin. 14. Masʼul kotib vakant lavozimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga belgilangan tartibda joylashtirilishi hamda vakant lavozimni egallash boʻyicha tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni ommaviy axborot vositalarida joylashtirilishini taʼminlaydi. 15. Lavozimlarning ayrim toifalariga tayinlash uchun qoʻshimcha talablar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu lavozimlarga eʼlon berishda eʼlonga qoʻshimcha talablar haqida maʼlumot kiritiladi. 16. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha nomzodlarning arizalarini qabul qilish muddati tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kunni tashkil qiladi. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, arizalarni qabul qilish muddati avtomatik tarzda 10 kunga uzaytiriladi. 17. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi. Bunda nomzodga bir vaqtning oʻzida uchtadan ortiq boʻlmagan davlat vakant lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Nomzodning xohishiga koʻra arizada oʻz malakasini tasdiqlovchi diplom, sertifikat va boshqa hujjatlarning elektron nusxalarini ham ilova qilishi mumkin. Arizalar qabul qilishda nomzodlardan hujjatlari va ularning nusxalarini qogʻoz shaklida talab qilish taqiqlanadi. 18. Nomzodlar tomonidan tanlovda ishtirok etish boʻyicha ariza taqdim qilishda yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etilganligi aniqlanishi ularni tanlovdan chetlatish uchun asos hisoblanadi. 19. Tanlov unda ishtirok etish uchun kamida ikkita nomzoddan ariza kelib tushgan taqdirda oʻtkaziladi. Tanlovda ishtirok etish uchun bitta ariza kelib tushgan taqdirda, istisno tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda tanlov komissiyasi rahbarining qarori bilan tanlov oʻtkazilishi mumkin. 20. Masʼul kotib tomonidan ariza qabul qilish muddati tugagan kundan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida: nomzodning taqdim etgan hujjatlarini vakant lavozimni egallash boʻyicha malaka talablarga mosligi oʻrganib chiqiladi; oʻrganish natijasida malaka talablariga muvofiq boʻlgan nomzodlar tanlov ishtirokchilari roʻyxatiga kiritiladi, malaka talablariga muvofiq boʻlmagan nomzodlar tanlov ishtirokchilari roʻyxatiga kiritilmaydi va belgilangan tartibda xabardor qilinadi; nomzodlar roʻyxati tanlov komissiyasiga taqdim qilinadi va tanlov komissiyasi tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; elektron sayt orqali tanlov bosqichi oʻtish joyi va vaqti toʻgʻrisida nomzodlarga xabar berilishini taʼminlaydi. Tanlov unda ishtirok etish boʻyicha arizalar qabul qilish muddati tugagan kundan boshlab yetti ish kuni ichida oʻtkazilishi lozim. 21. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan qoidaga rioya etmaslik holatlari, shuningdek, tanlov komissiyasining xolis qaror qabul qilishiga taʼsir oʻtkazgan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda, Agentlik tanlov natijasini toʻliq yoki qisman bekor qilish huquqiga ega. Download 69.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling