Xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovсhilarining malaka oshirganlik to’g‘risidagi diplom va sertifikatlarini ro‘yxatga olish tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma


Download 1.73 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.73 Mb.
#1014486
  1   2   3
Bog'liq
QULLANMA


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi





Xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovсhilarining malaka oshirganlik to’g‘risidagi diplom va sertifikatlarini ro‘yxatga olish tizimidan foydalanish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Toshkent – 2013
Xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovchilarining malaka oshirganlik to’g’risidagi diplom va sertifikatlarini ro’yxatga olish tizimidan foydalanish bo’yicha


YO’RIQNOMA

Tizimga kirish ushun internetga ulangan kompyuterning internet brauzeridan http://malaka.uzedu.uz domen orqali kiriladi.



1 – rasm. Tizimga kirish qismi.

2 – rasm. Tinglovchilar haqida statistik ma’lumotlar.
Tizim sahifasining yuqori o’ng burchagidan foydalanuvchining ism sharifi, uning roli va tizimdan chiqish yo’li joy olgan. Asosiy bannerning chap tomonida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi emblemasi, markazida tizimning to’liq nomi va o’ng tomonda Mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi emblemasi joy olgan. Tizimning asosiy menyusi “Bosh sahifa”, “Malaka oshirish”, “Qayta tayyorlash”, “Sertifikat”, “Diplom” , “Qidiruv” , “Buyruqlar” , “Ma’lumotnoma” , “Foydalanuvchi” , “Sozlash” bo’limlaridan tashkil topgan.
Tizimdan foydalanishni ko’rsatishni “Foydalanuvshilar” bo’limidan boshlaymiz.
Foydalanuvshilar” bo’limi.
Bu bo’limga kirishni asosiy menyudagi “Foydalanuvchilar”ni sishqonshaning chap tugmasini bir marta bosish orqali amalga oсhiramiz.
Qaysi MOI uсhun foydalanuvshi yaratmoqshi bo’lsak sahifaning chap tomonidagi tuzilmadan shu organ yozuvi ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz. Masalan “Toshkent shahar PKQTMOI” uсhun foydalanuvshi yaratamiz(3 – rasm).



3 – rasm. “Foydalanuvchilar” sahifasi.
Yangi foydalanuvchi qo’shish uchun “Yangi ma’lumot qo’shish” tugmasini bosamiz va 4 – rasmda keltirilgan sahifadagi maydonlarni to’ldirib “Saqlash” tugmasini bosamiz. Loginni yagonaligini login yozib bo’lganinggizdan so’ng tizimning o’zi tekshiradi. Agar yozilgan login mavjud bo’lsa bu haqida xabar beradi. Agar foydalanuvchi statusini passiv deb belgilasak bu foydalanuvсhi o’z loginidan foydalana olmaydi. Yaratilgan foydalanuvchi ma’lumotlarini o’zgartirishda login va parolidan boshqa barсha ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin. Parolni o’zgartirish ushun faqat shu foydalanuvchiga imkoniyati berilgan.

4 – rasm. Yangi foydalanuvchi qo’shish sahifasi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling