didan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilanadi:
yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi, uning xalqi va Prezidentiga sadoqat, yuksak vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish;
yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasi va qatʼiy эʼtiqodini, Vatan taqdiri uchun masʼuliyatini kuchaytirish, ularning turli ko‘rinishdagi ax-
borot-psixologik hurujlarga nisbatan mafkuraviy immunitetini mustahka-
mlash;
yoshlarda Vatan ozodligi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan buyuk ajdod- larimiz hamda O‘zbekiston mustaqilligini himoya qilish uchun jon fido эtgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʼlish tuyg‘usini shakllantirish;
yoshlarga buyuk tariximiz, milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlarn- ing hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tushuntirish, ular qalbida milliy gʼurur va iftixor tuygʼularini kuchaytirish;
yoshlarning qalbi va ongiga jonajon Vatanimizni himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi эkanligi, Vatan chaqirig‘iga asosan uni himoya qilishga doim shay turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish lozimligini chuqur singdirish;
yoshlarga Vatanimizning mustaqilligi, yurtimiz barqarorligi va xavfsizligini, xalqimizning tinch va osuda hayotini himoyalashda milliy armiyamizning o‘rni va ahamiyatini, jangovar salohiyatini keng tushunt- irish;
bugungi kunda amalga oshirilayotgan Yoshlarga oid davlat si- yosatining mohiyatini, yosh avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan эʼtibor, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni aniq misollar bilan yoshlar ongiga singirib borish;
yoshlarning ongu shuuriga o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishlikni, эgallagan kasbiga sadoqati va fidoyiligi bilan Vatan ravnaqi va yurt taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shish tushunchalarini yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |