O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi
Download 1.85 Mb.
|
YOSHLAR MUAMMOLARINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGIYOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLI KADRLARNI TAYYORLASH INSTITUTI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING MAHALLADAGI VAKILLARI UCHUN O‘QUV SEMINAR TARQATMA MATERIALLARI TO‘PLAMI USLUBIY QO‘LLANMA Toshkent – 2021 Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining mahalladagi vakillari uchun oʻquv seminar tarqatma materiallari to’plami ‒ T.: 2021 – 76 b. © «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI» – 2021, © «YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLI KADRLARNI TAYYORLASH INSTITUTI» – 2021. Yosh avlod bilan manzilli ishlash uchun har bir mahallada viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar yetakchisi lavozimi joriy эtiladi. Ularning asosiy vazifalari yigit-qizlar muammolarini hal эtish, kasb o‘rganishi va bandligiga ko‘maklashish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil эtish bilan shug‘ullanishdan iborat bo’ladi. Yoshlar siyosati эng muhim masalalardan biri эkanligini inobatga olib, ushbu yoshlar Prezident vakili bo‘ladi. KIRISHShavkat Mirziyoyev.Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil эtilmaganidan dalolat bermoqda. Ma’lumki, «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholining sogʻligʻini mustahkamlash yili» davlat dasturida yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangicha tizimni joriy эtish borasidagi dolzarb vazifalar belgilangan boʻlib, Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan ishlash ikkita muhim yoʻnalishda tashkil qilinishi zarurligi koʻrsatib oʻtilgan. Birinchisi – yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini ta’minlash boʻlsa, ikkinchisi – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil эtishdir. Bugungi kunda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz эkani qayd эtilgan. Bu boradagi masalalarni tizimli hal эtish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda oʻgʻil-qizlarning takliflarini “mahallabay” oʻrganmoqda. Bu oʻrganishlar yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, bandligini ta’minlash, ular uchun kredit ajratishda haligacha koʻplab kamchiliklar saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda. Mazkur muammolarni manzilli hal эtish uchun har bir tuman va shahar kesimidagi ustuvor vazifalar amalga oshirilyapti. Unga muvofiq, hokimning iqtisodiyot, инвестициyalar va qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosarlari – bandlik masalalariga: soliq idorasi, savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari rahbarlari – yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilishga; hokimning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil эtishga; tuman prokurori, ichki ishlar va mudofaa boʻlimi boshliqlari – uyushmagan yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilikni jilovlash, ularda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishga mas’ul qilib belgilangan. Joriy yilda 500 ming nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish zarurligi belgilangan. Tuman va shaharlarda an’anaviy yoki masofaviy oʻquv kurslarini koʻpaytirish, ishsiz yoshlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitib, bandligini ta’minlash boʻyicha ishlar amalga oshirilyapti. Bundan tashqari, «Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya», «Yoshlar: 1+1», «Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor», oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari hamda «Loyihalar fabrikasi», «Yoshlar kichik sanoat zonalari»si kabi loyihalar amaliyotga tatbiq эtildi. “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunar kollejlarini asbob-uskuna bilan ta’minlash, kasb standartlarini ishlab chiqish va oʻqituvchilar malakasini oshirish vazifalariga alohida э’tibor qaratilyapti. “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida oʻgʻil-qizlarni tadbirkorlarga biriktirib, ularda biznes koʻnikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratib, oʻz faoliyatini boshlashga koʻmaklashilmoqda. Ammo, yoshlar bilan tizimli ishlash, ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlashda kasb va tadbirkorlikka oʻqitish hamda mablagʻ bilan ta’minlashda bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. Xususan, “1+1” dasturi doirasida 100 ming nafar yoshni oʻqitib, keyin ularga imtiyozli kredit ajratish belgilangan boʻlsa-da, mas’ul tashkilotlarning quyi tuzilmalari bu ishlarni tizimli tashkil эta olmayapti. Shu boisdan, yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta’minlash, mahalladagi har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal эtish, “yoshlar daftari”ni yuritish, “Besh muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda uning kasb koʻnikmalarini shakllantirish va bandligini ta’minlash maqsadida har bir mahallada viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar yetakchilari lavozimi joriy эtilmoqda. Viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar yetakchisi mahallada ishsiz yoshlarni tizimli oʻrganish, ularning kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish hamda shu orqali bandligini ta’minlash, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil эtish boʻyicha bilim va malakaga эga boʻlishi zarur. Mazkur qo‘llanma mahallada yoshlar bilan ishlaydigan yetakchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy Gvardiya qoshidagi Jamoat xavfsizligi instituti, Yoshlar ishlari Agentligining amaliy yordami hamda taqdim qilgan ma’lumotlari asosida tayyorlandi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling