O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi


Download 1.85 Mb.
bet6/56
Sana25.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1718711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
YOSHLAR MUAMMOLARINI

Avtoritar muloqot turi. Ushbu uslub odatda kichik mavqeli shaxs bilan aloqa qilish paytida “kuch-quvvat pozitsiyasi”ga tayanadi. Ushbu uslubda “yuqoridan” pozitsiyasi namoyish эttirilib, bu koʻpincha muloqot sherigining shaxsiy fikriga sabrsizlik bildirish bilan tavsiflanadi. Hamkor э’tiroz bildirganida, ogʻzaki taʻsirning kuchi odatda nutqning ta’sirchanligi- ni yoki toʻgʻridan toʻgʻri ogʻzaki tajovuzni kuchaytirib boradi.

Boshqaruvdagi oʻzaro ta’sirlar doirasida muloqotning avtoritar uslubi odatda avtoritar boshqaruv usulini talab эtuvchi vaziyatlarda, shuningdek tarbiyaviy ta’sirlar shakli sifatida samarali boʻlishi mumkin. Ikkinchi holat- da muhimi oshirvormaslik. Avtoritar uslubdagi tarbiyaviy ta’sirning muhim sharti – bu inson shaxsiyatiga эmas, balki insonning sodir эtgan xatti- harakatlariga munosabat bildirish hisoblanadi.

  1. Manipulativ aloqa uslubi. Ushbu muloqot uslubi manipulatorn- ing oʻz maqsadlariga эrishish vositasi sifatida sherigidan foydalanishga asoslangan boʻlib, sherikni boshqa vaziyatlarda qilishni istamagan harakat va amallarni bajarishga undashga qaratilgan. Ushbu uslubni muvaffaqi- yatli qoʻllashga эrishish suhbatdoshning ma’lum psixologik bilimlari va shaxsiy xususiyatlaridan foydalanish qobiliyatiga bogʻliq. Ushbu uslub har xil psixotexnika va ta’sir usullariga asoslanadi, bu эsa sherikni muayyan soʻzlar yoki xatti-harakatlarni bajarishlariga da’vat эtadi. Biroq, manipu-



latsiyani mutlaqo salbiy hodisa deb hisoblash toʻgʻri эmas. Manipulatsion muloqot – tez-tez uchraydigan aloqa shakli boʻlib, koʻpincha birgalikdagi faoliyat mavjud jamoalarda uchrab turadi. Koʻp sonli professional vazi- falar aniq manipulyatsion muloqotni nazarda tutadi. Ushbu muloqot uslu- biga muntazam ravishda, oʻz farzandlariga nisbatan ota-ona, oʻquvchilar- ga nisbatan oʻqituvchilar va boshqalar amal qilishadi.
Boshqarish faoliyati uning tabiati boʻyicha ham, asosan, shaxs yoki guruhga ta’sir oʻtkazib, ularni tayinlangan vazifalarni bajarishga yoʻnal- tiradi. Boshqaruvchilik va manipulatsion ta’sirlar oʻrtasidagi axloqiy farq, keyingi holatda, odamning keyinchalik afsuslanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar kuzatiladi.


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling